Yoqilg’i-energetika sanoati
Download 20.34 Kb.
|
Yoqilg`i-energetika sanoati
Yoqilg`i-energetika sanoati Reja: 1. Umumiy ma`lumot 2. Yoqilg`i sanoati 3. Ko`mir va neft sanoati 4. Gaz sanoati , uran sanoati 5. Elektr- energiya sanoati Energetika sanoati har qanday mamlakat yoki rayonning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishining asosini tashkil qiladi. Energetika sanoati xalq xo`jaligining asosiy bo`g`inlaridan bo`lib, u sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda muhim omil bo`lib hisoblanadi. U iqtisodiy rayonlarning ixtisoslashuvini ko`p jixatdan aniqlab beradi. Energetika sanoati yoqilg`i xom ashyosini qazib olish va iste`mol qilish, elektr energiya ishlab chiqarish va uni taqsimlash tarmoqlarining o`zaro va bir-biri bilan bog`langan yig`indisidir. Demak, yoqilg`i-energetika majmuasi yoqilg`i va elektroenergetika sanoatining o`zaro bir-biri bilan bog`langan tarmoqlari yig`indisidan iborat. Mamlakat yoki xudud qancha ko`p energiya ishlab chiqarsa va iste`mol qilsa, u shuncha ko`p maxsulot ishlab chiqaradi va iqtisodiy rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo`ladi. Energetika sanoatining xom ashyosi bo`lib, yoqilg`i (neft, gaz, ko`mir, torf, yonuvchi slanets, yog`och, uran) va gidroresurslar (daryo va dengiz oqimi, qalqish energiyalari) hisoblanadi. Hozirgi paytda energiyani noan`anaviy usullar bilan olishning rivojlanishi tufayli quyosh energiyasi, shamol kuchi, yerning ichki issiqligi ham energetika xom ashyosi sifatida qaralmoqda. Yoqilg`i resurslari xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo`lib hisoblanadi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi bilan u yoki bu energiya manbaining xalq xo`jaligidagi ahamiyati o`zgarib turadi. Yoqilg`ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli yoqilg`iga aylantiriladi. Shartli yoqilg`i deb, 1 kg yoqilg`i yonganda 7 ming kkal (29 MJ/kg) energiya beradigan, issiqlik koeffitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg`iga aytiladi. Yoqilg`ini shartli yoqilg`iga aylantirish uchun, yoqilg`ilar haqidagi ma`lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko`paytiriladi. Hisoblashlarda 1 kg shartli yoqilg`i o`rta hisobda 2 kVt/soat elektr energiyasiga teng deb ham qabul qilinadi, lekin bunda elektr stantsiyalarining foydali ish koeffitsenti hisobga olinadi. Demak, jadvaldan ko`rinib turibdiki, 1 kg toshko`mirning issiqligi 1 kg shartli yoqilg`ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo`lgan yoqilg`i xom ashyolari torf, slanets, qo`ng`ir ko`mir va yog`och hisoblanadi. Shuning uchun ularni uzoq masofalarga tashib yurishning iqtisodiy foydasi yo`q. Ular maxalliy yoqilg`i bo`lib hisoblanadi. Qo`ng`ir ko`mir ham issiqlik koeffitsenti kam bo`lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin bo`lgan xududlarda ishlatiladi. Masalan, O`zbekistonda Angren ko`ng`ir ko`mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» GRESlari kurilgan. Ushbu GRESlarda ko`mir yoqilib, olingan elektroenergiya iste`molchilarga jo`natiladi, chunki ko`mirning kuli ko`p bo`lganligi uchun uni o`zoq masofaga tashish iqtisodiy jixatdan o`zini oqlamaydi. Yoqilg`i resurslarining qiymati faqat ularning kaloriyasigagina bog`liq bo`lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish harajatlariga ham bog`liq. Eng tejamli yoqilg`i xom ashyosi neft va gazdir, chunki ularni qazib olish va quvurlar orqali iste`molchiga jo`natish arzonga tushadi.
Download 20.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling