Yoqilgʻi reja: Yoqilgʻi va uning xossalari Yoqilgʻi tarkibi va tavsiflari


Download 104.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.07.2017
Hajmi104.51 Kb.
#12401

YOQILGʻI 

Reja: 

1. Yoqilgʻi va uning xossalari 

2. Yoqilgʻi tarkibi va tavsiflari 

 

1. Yoqilgʻi va uning xossalari 

Asosiy  tarkibiy  qismi  ugleroddan  iborat  yonuvchi  moddaga  yoqilgʻi  deyiladi. 

Kimyoviy  reaktsiyaning  jadal  borishi  natijasida  yoqilgʻi  oʻzidan  issiqlik  chiqaradi. 

Yoqilgʻiga quyidagi talablar qoʻyiladi:  

-

 

yonish vaqtida koʻp miqdorda issiqlik chiqarish;  



-

 

yonish  mahsulotining  tarkibida  tabiatga  zarar  yetkazadigan  moddalar 



miqdorining kam boʻlishi;  

-

 



tez va toʻla yonishi; qazib olish oson boʻlishi;  

-

 



qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishning oson 

boʻlishi.  

Yoqilgʻi  qazib  olinishi  va  tayyorlanishiga  koʻra  tabiiy  va  sun’iy  boʻladi. 

Tabiatda  ishlatishga  tayyor  mavjud  boʻlgan  yoqilgʻilar  tabiiy  yoqilgʻilar  deyiladi. 

Qazib  olinadigan  toshkoʻmir,  yonuvchi  slanetslar,  torf,  neft,  gaz,  oʻtin,  qishloq 

xoʻjaligi  ishdab  chiqarishi  chiqindilari  tabiiy  yoqilgʻi  hisoblanadi.  Tabiatdagi 

yoqilgʻilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash natijasida olinadigan yoqilgʻilar 

sun’iy  yoqilgʻilar  deyiladi.  Bularga  koks,  kukun  holatigacha  maydalangan  qattiq 

yoqilgʻi, briketlar, yogʻoch koʻmiri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoyl, motor moyi, 

mazut,  domna  va  koks  batareyasi  gazlari  va  tabiiy  gazni  qayta  ishlashda  olinadigan 

gazlar kiradi. 

Issiqlik  energiyasining  asosiy  manbai  yoqilgʻi  boʻlib,  D.I.  Mendeleev 

tahriflashicha  yoqilgʻi  “issiqlik  olish  uchun  atayin  yondiriladigan  yonuvchi  modda”. 

Agregat  holati  boʻyicha  yoqilgʻini  qattiq,  suyuq  va  gaz  koʻrinishidagi  turlarga 

boʻlinadi.  Yoqilgʻi  organik  va  yadroviy,  kelib  chiqishi  boʻyicha  tabiiy  va  sun’iy 

boʻlishi mumkin.  

  Jadval  14.1  da  yoqilgʻining  kelib  chiqishi  va  agregat  holati  boʻyicha  tavsifi 

keltirilgan. 

Organik yoqilgʻilarni  yoqqanda issiqlik ajralishi havodagi kislorod bilan yonish 

elementlari  bogʻlanishi  reaktsiyasi  natijasida  amalga  oshadi.  Yadroviy  yoqilgʻi 

ishlatilganda  issiqlik  energiyasi  ba’zi  ogʻir  elementlar  (U

235

,  Pu


239

,  U


233

)  ning  atom 

yadrolari  yemirilishi  reaktsiyalarida  ajraladi.  Yadroviy  yoqilgʻi  eng  yaxshi  organik 

yoqilgʻilarga nisbatan ham million baravar koʻp issiqlik ajratadi. 



                                                                                          Jadval 1 

Agregat  

Kelib chiqishi 

holati 


tabiiy 

sun’iy 


Gaz 

Tabiiy va yoʻlovchi  gazlar 

 

Generator,  domna,  chiroq,  koks 



biogazi va boshqalar 

Suyuqlik  Neft 

Mazut, 

uy-roʻzgʻor 



yoqilgʻisi, 

dizelgʻ 


yoqilgʻisi, 

benzinlar, 

kerosinlar va boshqalar 

Qattiq 


Antratsit,  toshkoʻmir,  yonuvchi 

slantslar,  torf,  yogʻoch  oʻtin, 

qishloq 

xoʻjaligi 

ishlab 

chiqarishi  chiqindilari 



Koks, 

yarimkoks, 

torfli 

va 


toshkoʻmirli 

briketlar, 

yogʻoch 

koʻmir 


 

Hozirgi vaqtda issiqlik enegiyasi olishning asosiy manbai boʻlib organik yoqilgʻi 

ishlatiladi.  Yer  sharida  ishlab  chiqarilayotgan  va  istehmol  qilinayotgan  energiyaning 

taxminan  70%  i  organik  yoqilgʻi  yoqish  hisobiga  olinadi  va  30%  -  suv,  shamol, 

qoʻyosh va yadroviy yoqilgʻilar hisobidan olinadi.  

Yil sayin qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida neft mahsulotlariga va tabiiy gazga 

ehtiyoj  oshib  bormoqda.  Kelajakda  joylardagi  yoqilgʻi  turlarini  keng  miqyosda 

ishlatish koʻzda tutilmoqda. 

 

2. Yoqilgʻi tarkibi va tavsiflari 

Umumiy  ma’lumotlar.  Organik  yoqilgʻi  tarkibiga  yonuvchi  va  yonmaydigan 

elementlar  birikmalari  kiradi.  Qattiq  va  suyuq  yoqilgʻi  tarkibiga  quyidagi  yonuvchi 

moddalar: uglerod C, kislorod O, azot N, kul A va namlik W kiradi. 

Yoqilgʻi  tarkibidagi  oltingugurt  odatda  yonuvchi  va  yonmaydiganga  boʻlinadi. 

Yonmaydigan  oltingugurt  yoqilgʻining  mineral  qismi  tarkibiga  kiradi.  Yonuvchi 

oltingugurt  (uchuvchan)  organik  S

or

  va  kolchedan  S



k

  turlarga  boʻlinadi.  Kolchedan 

oltingugurt  tarkibi  FeS

2

;  S



uch

=S

or



+S

k

.  Kolchedan  oltingugurt  mineral  qism  tarkibiga 



kirsada, u yonish jarayonida ishtirok etadi. 

Yoqilgʻiga kirgan mineral aralashmalar kul (A) ni tashkil qiladi, kul esa yonish 

jarayonida ishtirok etmaydi va yoqilgʻining issiqlik qimmatini kamaytiradi. 

Organik  yoqilgʻilar  organik,  yonuvchi,  quruq  va  ishchi  massalari  bilan 

tavsiflanadi.  Yoqilgʻi  massasini  har  bir  tashkil  etuvchiga  mos  ravishda  darajasi 

koʻrinishida indeks bilan belgilanadi. 

 


Organik massa: 

Cº + Hº + Sº + Oº + Nº = 100%                                       (1) 

Organik massadagi oltingugurt tarkibiga kolchedanli oltingugurt kirmaydi. 

Yonuvchi massa (quruq kulsiz): 

C

yo 


+ H

yo 


+ S

yo

uch 



+ O

yo 


+ N

yo 


= 100%                                   (2) 

Yonuvchi  massa  tarkibi  yoqilgʻini  yonish  materiali  sifatidagi  xossalarini 

aniqlaydi. 

Quruq massa: 

C



+ H



+S

q



uch 

+O



+ N

= 100%                                         (3) 



Quruq massa tarkibiga hamma moddalar, shu jumladan kul ham kiradi. 

Ishchi massa: 

C



+ H



+ S


i

uch 


+ O

+ N



+ A


+ W


= 100%                                 (4) 

Yoqilgʻining  umumiy  massasi,  shu  jumladan  kul  va  namlik,  ishchi  massasi 

deyiladi.  Yonish  jarayoni  tahlili  bilan  bogʻliq  hisoblar,  qoida  boʻyicha  ishchi  massa 

boʻyicha olib boriladi. 

Yoqilgʻi element tarkibini bir massadan boshqasiga kiritish proportsiya yoki mos 

keluvchi koeffitsientlar yordamida amalga oshiriladi. 

Gazlar tarkibi komponentlar hajmiy tarkiblari yigʻindisi koʻrinishida yoziladi: 

CH



+ H



+ CO + C


n

H



+ O

+N



+ H


2

S = 100%                        (5) 

Yoqilgi  tarkibini  bir  massadan  ikkinchi  massaga  oʻtkazib  hisoblash  kotffisientlari  

2- jadvalda keltirilgan.  

2- jadval 

Yoqilgining 

berilgan massasi 

Massaga otkazib hisoblashМассага ўтказиб ҳисоблаш 

kotffisientlari 

ishchi 


yonuvchi 

quruq 


ishchi 

 



)

W



100

100


и

и



 

и



W

100


100

 



yonuvchi 

100


)

W



100

и

и



 



 

100



100

к

А

 

quruq 



100

W

100



и

 



к

100


100

A

 



 

 



 

 

 



 

3-jadval 

Qattiq va suyuq yoqilgʻining tarkibiy qismi 

 

Yoqilgʻi turi 

Yoqilgʻi tarkibidagi yonuvchi elementlar, % 

 

S



yo 

N

yo 



O

yo 


S

yo 


Yogʻoch 

50 


43 


Torf 


53 - 62 

5,2 - 6,2 

32 - 37 

0,1 – 0,3 

Qoʻngʻir koʻmir 

62 - 72 


4,4 –  6,2 

18 - 27 


0,5 – 6,0 

Toshkoʻmir 

75 - 90 

4,5 – 5,5 

4 - 15 

0,6 – 6,0 



Antratsit 

90 - 96 


1,0- 2,0 

1 - 2 


0,5 – 7,0 

Neft 


83 - 86 

11 - 13 


1 - 3 

0,2 – 4,0 

 

4-jadval 



Yonuvchi gazning tarkibiy qismi 

 

Gaz turi 



Quruq gaz hajmidagi modda miqdorlari, % 

SN



N

SO 



S

 N



O



SO

N



2

N



Tabiiy 


(Buxoro) 

94,6 


 



3,8 

0,4 



0,9 


Koks gazi 

(tozalangan) 

22,5 

57,5 


6,8 

1,9 


0,8 

2,3 


0,4 

7,8 


Domna gazi 

 

0,3 



2,7 

28 


10,2 



0,3 

58,5 


Suyultirilgan 

gaz 


qolgani boshqa gazlar: propan 79%, etan 6%, vodorod, 

izobutan 11% 

 

Yoqilgʻi tarkibida uglerod qancha koʻp boʻlsa, kislorod shuncha kam boʻladi va 



aksincha.  Kislorod  miqdorining  yoqilgʻi  tarkibida  ortishi  uning  issiqlik  berishini 

pasaytiradi.  Yoqilgʻi  tarkibidagi  kimyoviy  elementlarning  reaktsiyaga  kirishi 

(yonishi)da xar xil miqdordagi issiqlik ajraladi. 

Kam  miqdorda  vodorod  gazi  suvni  elektroliz  qilish  usuli  bilan  olinadi  va  ilmiy 

tadqiqot  laboratoriyalarida  qoʻllaniladi.  Tabiiy  va  sun’iy  gaz  yoqilgʻi  sifatida 

sanoatning va qishloq xoʻjaligining turli tarmoqlarida, avtomobilda, aviatsiyada oxirgi 

oʻn yil mobaynida keng qoʻllanilmoqda. 


Yoqilgʻi  tarkibini  bilish  zarurati  yonish  jarayonining  material  muvozanati 

mahsulotini olish uchun kerak. Bundan tashqari, yoqilgʻi tarkibi yoqilgʻining issiqlik 

qimmatini aniqlaydi, bu esa uning yonish solishtirma issiqligi Q ni, ya’ni 1 kg suyuq 

yoki  qattiq  yoqilgʻi  yoki  1  m

3

  gaz  yoqilgʻi  normal  sharoitlarda  toʻliq  yonishida 



ajraladigan  issiqlik  miqdori  (mos  ravishda  kJ/kg,  kJ/m

3

  oʻlchov  birliklarida)ni 



tavsiflaydi.  Yonishning  solishtirma  issiqligini  hisoblab  topish  yoki  kalometrik 

uskunada tajriba usuli bilan aniqlash mumkin. Yoqilgʻi yonish solishtirma issiqligini 

aniqlashda yoqilgʻi element tarkibi boʻyicha D.I.Mendeleev taklif qilgan formuladan 

foydalaniladi.  Undan  koʻrinadiki,  yoqilgʻi  yonish  issiqligi  uning  alohida  elementlari 

yonganda ajraladigan issiqliklar yigʻindisiga teng. 

Suyuq  yoki  qattiq  yoqilgʻining  yuqori  solishtirma  yonish  issiqligi  uchun 

formula quyidagi koʻrinishga ega: 

Q

yu



 = 339C + 1256H - 109(O - S),  kJ/kg                               (6) 

1kg  suvni  bugʻlantirish  uchun  2512  kJ  issiqlik  sarf  qilinadi,  W  foizlarga 

berilganligini hisobga olib, namlikni bugʻlantirishga ketayotgan issiqlik 25W ga teng. 

Suyuq  yoki  qattiq  ishchi  yoqilgʻining  quyi  solishtirma  yonish  issiqligi  ushbu 

formuladan aniqlanadi: 

Q

q



= 339C + 1030H - 109(O-S) - 25W,  kJ/kg,                        (7) 

bunda  koeffitsientlar  alohida  elementlarning  yonish  issiqligini  ifodalaydi  va  100  ga 

boʻlingan soni keltiriladi; C,H,O,S-yoqilgʻidagi har xil elementlar tarkibi,  %. 

Gaz  yoqilgʻisining  yonish  issiqligi  1m

3

  quruq  gazga  nisbatan  normal  sharoitlar 



uchun olinadi va tashkil etuvchi elementlar yonish issiqligi orqali toʻiladi: 

Q

q



= 358CH


+638C


2

H



+913C

3

H



+108H


+126CO+590C

2

H



+234H

2

S ; kJ/m



3         

(8) 


 

bunda  CH

4

  ,C


2

H

6



  va  boshqalar  –gaz  aralashmasidagi  mos  komponentlarning 

tarkibi, hajm boʻyicha % da. 

Issiqlik  energetik  uskunalarining  koʻrsatkichlarini  rejalashtirish,  iqtisodiy 

hisoblashlar  va  solishtirishlar  yagona  asosda  amalga  oshirilishi  zarur.  Buning  uchun 



shartli yoqilgʻi tushunchasi kiritiladi, uning yonish issiqligi 29,35 MJ/kg ga teng qilib 

qabul qilinadi, bu quruq kam kulli koʻmirning yonish issiqligiga toʻgʻri keladi. 



Gaz  yoqilgʻisi.  U  qozon  qurilmalarida,  issiqlik  generatorlarida,  suv 

qizdirgichlarda,  gazli  isitish  asboblarida,  shuningdek  ichki  yonuv  dvigatellarida 

ishlatiladi.  Tabiiy  gaz  asosan  metandan  va  qisman  boshqa  uglevodorodlar  va  inert 

gazlar aralashmalaridan tashkil topgan. Tabiiy gazning taxminiy tarkibi hajm boʻyicha 

quyidagicha:  metan  –  85  ...  99;  etan  1,0  ...  8.0;  propan-butan-0,5...3;  azot  0,5...0,7;  

uglekislota 1,8 gacha. 



Siqilgan  gaz  tabiiy,  neft  olishdagi  yoʻlovchi,  koksli  gazlar  va  boshqalardan 

olinadi. Siqilgan  gazlarning asosiy  komponentlariga  metan, uglerod oksidi, vodorod, 

azot,  uklekislota  gazi  suv  bugʻlari  vodorodli  oltingugurt,  ammiak  va  boshqa 

aralashmalar kiradi. 

Siqilgan  gazlarni  gaz  magistrallariga,  shuningdek  gaz  olish  va  qayta  ishlash 

joylari  yaqin  joylashgan  qishloq  tumanlarida  qoʻllash  juda  qulay.  Siqilgan  gazlar 

avtomobillarda  ishlatiladi,  buning  uchun  ularga  50l  sigʻimli  balonlar  oʻrnatiladi, 

balonlarda ishchi bosim 20 MPa ga teng. 



Suyultirilgan  gazlar  roʻzgʻorda  keng  qoʻllaniladi,  shuningdek  avtomobil 

transportlarida  ishlatiladi. Bu  gazlar neftni  birlamchi qayta  ishlash  mahsulotlari  yoki 

yoʻlovchi  gazlar  boʻladi.  Suyultirilgan  gazlarning  asosiy  komponentlari  butan  va 

propan  boʻladi  va  uncha  koʻp  boʻlmagan  miqdorda  metan,  etan,  etilen,  propilen  va 

butilen  boʻlishi  mumkin.  propan  va  butan  ma’lum  bosim  ostiga  suyuqlik  holatiga 

oson oʻtadi. 

Uy-roʻzgʻor  iste’moli  uchun  uch  xil  markali  siqilgan  gazlar  ishlab  chiqiladi: 

SPBTZ  -propan  va  butan  aralashmali  texnikaviy  qishki,  SPBTL  -propan  va  butan 

aralashmali  texnikaviy  yozgi  va  BT-texnikaviy  butan.  SPBTZ  aralashma  75%dan 

kam  boʻlmagan  propan  va  propilen,  SPBTL  60%dan  oshmagan  butan  va  butilen, 

texnikaviy butan BT-60%dan kam boʻlmagan butan va butilen tarkibli boʻladi. 

Generator  gazi  qattiq  yoqilgʻini  60%  havosiz  muhitda  haydaydigan  maxsus 

uskunalar  –  gaz  generatorlarida  olinadi.  Ishlatiladigan  qattiq  yoqilgʻi  sifatida 

toshkoʻmir,  oʻtin,  torf,  qishloq  xoʻjalik  chiqindilari  (qirindi,  kungaboqar  poyalari, 

kanop choʻplari va boshqalar)dan tayyorlangan briketlar, quymalar ishlatiladi. 

Gaz olish uchun qoʻllaniladigan qattiq yoqilgʻi turlariga bogʻliq holda generator 

gazi  tarkibi  quyidagi  oraliqlarda  oʻzgaradi:  CO  -  25..30%,  N

2

-12...15%;  CN



4

-

0,5...3,5%;  CO



2

-5...8%;  O

2

-0,2...0,5%;  N



2

-45...50%.  Generator  gazining  quyi  yonish 

issiqligi 5000...65000 kJ/m

ga teng. 



Biogaz.  Bizning  malakatimizda  va  jahonning  koʻpgina  davlatlarida  qisqa  vaqt 

ichida  chorva  chiqindilaridan  yuqori  sifatli  organik  sifatli  oʻgʻit  bilan  birgalikda 

metan  tarkibli  gaz  olish  muammosi  katta  qiziqish  uygʻotadi.  Shu  sababli  chorva 

goʻngini  achitish  uchun  turli  anaerobli  mikrobiologik  reaktorlar  konstruktsiyalari 

paydo boʻldi. 

Bu  reaktorlarda  reaktsiyalar  bir  vaqtda  amalga  oshadi.  Biogaz  tarkibida  metan 

70% gacha yetadi, uning quyi yonish issiqligi 23000 kJ/m

gachani tashkil etadi. 



Suyuq  yoqilgʻi.  Suyuq  yoqilgʻi  ishlab  chiqarish  uchun  asosiy  manba  neft 

hisoblanadi.  Neft  tarkibiga  koʻra  olinadigan  yoqilgʻi  zichligi  690  dan  1015  kg/m



gacha  oʻzgaradi.  Neft  qazib  olish  joylari  tarkibining  bir  xil  emasligidan  uning 

kimyoviy  tarkibi  turlicha.  Neftning  asosiy  elementlariga  uglerod  (83...87%)  va 

vodorod  (12...14%)  kiradi.  Bundan  tashqari  neft  tarkibida  kislorod  (0,1...0,3%), 

oltingugurt (kam oltin- gugurtli neftlarda 0,01% dan va yuqori oltingugurtli neftlarda 

5...7% gacha), azot (0,02...1,7) shuningdek kam miqdordagi boshqa elementlar kiradi. 

Qishloq  xoʻjaligi  ishlab  chiqarishida  quyidagi  neft  mahsulotlari  foydalaniladi: 

benzinlar, kerosinlar, dizel yoqilgʻilari, mazutlar, roʻzgʻor isitish yoqilgʻilari. 

Benzin. Karbyuratorli avtomobillar va mototsikllar dvigatellari uchun A-72, A-

76,  AI-80,  AI-93,  AI-98  markali  benzinlar  chiqariladi.  A  harfi  benzin  avtomobil 

uchun ekanligini bildiradi, sonlar oktan soni qiymatinini koʻrsatadi, oktan soni motor 

usulida aniqlanadi. 

AI-98  dan  tashqari  barcha  benzinlar  yozgi  va  qishkilarga  boʻlinadi.  Yozgi 

benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarda 1 a’reldan 1 oktyabrgacha, qolgan 

viloyatlarda  yil  davomida  qoʻllaniladi,  qishki  benzinlar  –  shimoliy  va  shimoliy 

sharqiy  viloyatlarda  yil  davomida,boshqa  viloyatlarda  1  oktyabrdan  1  aprelgacha 

qoʻllaniladi. 

Benzinlarning quyi yonish issiqligi oʻrtacha 44000 - 44500 kJ/kg ni tashkil etadi. 



Kerosin  issiqlik  generatorlarida,  quritgichlarda  hamda  roʻzgʻor  ehtiyojlarida 

yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. 



Dizel  yoqilgʻisi  katta  aylanish  sonli  dizellarda  qoʻllanilish  sharoitiga  bogʻliq 

holda  uchta:  L-yozgi,  Z-qishki  va  A-arktika  markada  ishlab  chiqiladi.  Oʻrtacha  va 

kichik aylanish chastotali dizellar uchun dizelgʻ yoqilgʻisi ikki-DT va DM markalarda 

ishlab chiqiladi. 

Yoqilgʻining  turgʻun  qurilmalarda  ishlatilishida  u  qizdiriladi,  tindiriladi    va  

filgʻtrlanadi. 

Dizelgʻ yoqilgʻilari quyi yonish issiqligi 42600 kJ/kg atrofida boʻladi. 

Oʻtxona  mazuti.  Qozonxona  yoqilgʻisi  sifatida  oʻtxona  mazutlari  ishlatiladi, 

mazutlar  neftni,  yonuvchi  slanetslarni,  toshkoʻmirlarni  qayta  ishlash  mahsuloti 

boʻladi. Oʻtxona mazutlaridan neftdan kelib chiqadigani koʻproq kengroq qoʻllaniladi. 

Mazutning  asosiy  sifat  koʻrsatkichi  quyushqoqligi  boʻlib,  u  mazutni 

markirovkalash asosiga qoʻyilgan. 

Qishloq  xoʻjaligiga  40  va  100  markali  oʻtxona  mazutlari  qozonxonalar  uchun 

keltiriladi. 

Quyi yonish issiqligi quruq yoqilgʻi hisobida kam oltingugurtli 40 markali mazut 

uchun  40740,  100  markali  uchun  -  40530  kJ/kg,  oltingugurtli  40  va  100  markali 

mazut uchun - 39900 kJ/kg . 



Qotish harorati 40 markali mazut uchun 10

o

S dan yuqori, 100 markali uchun 25



 

o

S dan yuqori boʻlishi kerak. 



Roʻzgʻor  oʻtxona  yoqilgʻisi  qishloq  xoʻjaligi  ishlab  chiqarishida  keng 

ishlatiladi.  Bu  yoqilgʻida  bugʻ  va  suv  qizdirish  qozonlari,  issiqlik  generatorlari,  don 

quritkichlar, uy-ruzgʻor ehtiyojlari uchun qurilmalarda ishlatiladi. Tashqi koʻrinishdan 

bu yengil harakatlanuvchi kam smolali (saqichli) suyuqlik boʻlib, neftdan olinadi. Bu 

yoqilgʻi dizel yoqilgʻisiga solishtirilganda keng fraktsiyali tarkibga ega, uning qotish 

harorati  keraklicha  yuqori  –  minus  15 

o

S,  bu  esa  uni  past  haroratlarda  ishlatishda 



qiyinchilik  tugʻdiradi.  Shuning  uchun  yoqilgʻi  saqlanadigan  idishlar  va  yoqish 

qurilmasiga uzatish quvurlari isitiladigan binolarga joylashtirilishi kerak.  

Ushbu yoqilgʻining quyushqoqligi 20 

o

S da 5 mm



2

/s (sSt) dan yuqori boʻlmasligi 

kerak,  uni  oltingugurti  kam  neftdan  tayyorlashda  oltingugurt  miqdori  0,5  %  dan 

oshmasligi  kerak.  Quyi  yonish  issiqligi  quruq  yoqilgʻiga  koʻra  hisoblanganda  41160 

kJ / kg dan oshmaydi. 

Qattiq  yoqilgʻi.  Qishloq  xoʻjaligi  ishlab  chiqarishida  tabiiy  qattiq  yoqilgʻilar 

(qazib  olinadigan  koʻmirlar,  torf,  yonuvchi  slanetslar,  oʻtinlar,  qishloq  xoʻjaligi 

chiqindilari) kabi sun’iy (har xil briketlar, yogʻoch koʻmir, koks) lar ham ishlatiladi. 

Koʻp hollarda mahalliy tabiiy yoqilgʻilar – torf va oʻtin, Oʻrta Osiyo respublikalarida 

qishloq xoʻjaligi chiqindilari ishlatiladi.  

Qoʻngʻir  koʻmir  yuqori  kullikka  (13...30  %)  va  namlikka  (13...50  %)  ega, 

shuning  uchun  ularning  yonish  issiqligi  qiymatlari  oraligʻi  8400...18800  kJ/kg.  Ular 

oson  yonadi,  uzoq  tutab  yonadi,  oksidlanishga  va  oʻz-oʻzidan  yonishga  layoqatli. 

Shuning uchun ularni shtabelda 2,5 m balandlikda taxlash tavsiya etiladi va bir oydan 

ortiq saqlanmaydi.  

Qoʻngʻir koʻmirlar organik massasi tarkibi boʻyicha bir jinsli emas: S

yo

= 65...78 



%, N

yo 


=  4,3...6,2 %, O

yo

= 16...27 %, N



yo

 = 0,7...1,8 %, S

yo

 = 0,4...3,9 %. 



Yonuvchi  massadagi  uchuvchan  moddalar  40...50  %  ni  tashkil  etadi,  ba’zi  xil 

koʻmirlarda 60% gacha yetadi. 



Toshkoʻmir qora rangga ega va qoʻngʻir koʻmirdan tarkibida kul va namlik kam 

miqdorda ekanligi bilan farq qiladi. Toshkoʻmir tarkibida organik massa boʻyicha bir 

jinsli emas: S

yo

= 78...90 %, N



yo 

=  4,0...5,8 %, O

yo

= 3...15 %, N



yo

 = 0,5...2,0 %, S

yo

 = 


1...6  %, A  =  13...27 %, koʻpincha  25%  atrofida, suv  – 4...12 %. Quyi  ishchi  yonish 

issiqligi 20730...31400 kJ /kg gacha oʻzgaradi. 

Qishloq  xoʻjaligida  temirchilikda  yoqish  uchun  yaroqli  toshkoʻmirlar 

qoʻllaniladi.  Bu  koʻmirlar  tarkibida  20%  dan  oshmagan  uchuvchi  birikmalar,  kam 

miqdorda  oltingugurt  boʻlishi,  yonish  issiqligi  25000...27000  kJ/kg  va  qotish 


qobiliyatiga  ya’ni  havo  yetishmaganda  parchalanishida  boʻlaklangan  koʻrinishdagi 

koks  (uvalanmasligi)  hosil  qilishi  kerak.  Bunday  koʻmirlar  odatda  temirchilik 



koʻmirlari deyiladi. 

Antratsit  qora  rangli  kulrang  aralashmali  koʻrinishga  ega,  yuqori  zichlik  va 

mustahkamlikka ega, uni uzoq masofalarga sezilarli maydalamasdan tashish mumkin. 

Antratsitda  uncha  koʻp  boʻlmagan  (3..5%)  suv,  kullar  (10...15%)  va  uchuvchi 

moddalar (2...9%) bor. Uning yonish issiqligi 25000...27000, ba’zida 30000 kJ/kg. 



Slanetslar tarkibida koʻp miqdorda kul (50...60%) va suv (13...20%) mavjudligi 

bilan  farq  qiladi.  Slanetslar  yonuvchi  qismi  tarkibida  koʻp  miqdorda  vodorod  (10 

%gacha) bor va uchuvchan moddalar chiqishi 90% ga yetadi, shuning uchun ular oson 

yonadi. Koʻp miqdorda kul va namlik borligi slanetslarning issiqlik qimmatini keskin 

kamaytiradi, ularning  yonish  issiqligi  yuqori emas  va  5800...108000 kJ/kg ni  tashkil 

etadi. Qishloq xoʻjaligida slanetslar mahalliy qozonxona yoqilgʻisi sifatida ishlatiladi. 



Torf har xil oʻsimliklar qoldiqlarining ortiqcha namlik va havo yetishmasligidan 

parchalanishi  natijasida  hosil  boʻladi.  Oʻsimliklar  qoldigʻidan  (qamish  va  boshqalar) 

hosil  boʻladigan  torf  mineral  tuzlarga  boy  boʻlib,  toʻqay  torflari  deyiladi.  Uning 

kulligi  8...16  %.  Agar  torf  mineral  tuzlari  kam  oʻsimliklar  qoldigʻidan  hosil  boʻlsa, 

ular moxli deyiladi, ular tarkibidagi kulligi 2...4 % miqdorda boʻladi. 

Torflarning aralash oʻtish jarayonlaridan kelib chiqadiganlari uchraydi, ularning 

kul miqdori 7...9 %. Torf asosan bir jinsli massa boʻlib rangi sariqdan qoramtir malla 

ranggacha, tabiiy namligi 85...95 % boʻladi.  

Torfning  organik  massasi  quyidagi  tarkibi  bilan  tavsiflanadi:        S

yo

=  55...56  %, 



N

yo 


=  5...6  %,  O

yo

=  35...40  %,  N



yo

  =  0,5...3  %,  S

yo

  =  0,12...1,5  %.  Quyi  yonish 



issiqligi yonuvchi massa uchun 12000 kJ/kg atrofida boʻladi.  

Qishloq  xoʻjaligida  torf  yoqilgʻi  sifatida  issiqlik  qurilmalarida  va  roʻzgʻor 

ehtiyojlarida, shuningdek oʻgʻit sifatida keng ishlatiladi. 

Oʻtin 60 % dan oshiq tsellyuloza, 30 % atrofida lignin va 1% atrofi-da mineral 

tuzlardan  tashkil  toʻadi.  Bu  yoqilgʻining  organik  qismidagi  elementlar  tarkibi 

quyidagicha:  S

yo

=  50  %,  N



yo 

=    6  %,  O

yo

=  43  %,      N



yo

  =  1  %.  Oʻtinlarda  asosiy 

yonmaydigan qismi namlik boʻlib, yangi qirqilgan yogʻoch-larda 50...60 % ga yetadi.  

Oʻtinlar quruq (namligi 25% dan kam), yarim quruq (namligi 25...30 %) va hoʻl 

(namligi  35%  dan  oshiq)  oʻtinlarga  boʻlinadi.  Quruq  oʻtinlarga  kuz  va  qish  davrida 

tayorlangan bir yildan kam boʻlmagan muddat saqlanganlari kiradi; yarim quruq – olti 

oydan kam boʻlmagan; hoʻl – qirqilgandan soʻng olti oydan kam. Oʻtinning yonuvchi 

massasi  yonish  issiqligi  18800...19200  kJ/kg  ni  tashkil  etadi,  biroq  30%  namlikda  u 

13300 kJ/kg gacha kamayadi. 


Qishloq  xoʻjaligi  chiqindilari  ishlab  chiqarish  va  roʻzgʻor  ehtiyojlari  uchun 

ayniqsa  oʻrmonga  yaqin  tumanlarda  keng  ishlatiladi.  Chiqindilarga  somon, 

kungaboqar boshogʻi, kanop poyasi, kungaboqar va gʻoʻza poyalari, sholi chiqindilari 

va boshqalar kiradi. Chiqindilar organik massa tarkibi boʻyicha koʻproq oʻtinga yaqin.  

Sun’iy yoqilgʻilar fizik-mexanik usullarda (saralash, boyitish, quritish, briketlash 

(qoʻyma),  va  boshqalar)  va  fizik  –  ximik  usullarda  (quruq  haydash,  yarim  kokslash, 

kokslash va boshqalar) olinadi.  

Briketlar  qishloq  xoʻjaligi  ishlab  chiqarishi  chiqindilaridan  yelimlab  bogʻlovchi 

moddalar qoʻllanib 100...150 MPa bosim  ostida  zichlanib  olinadi  (sovuq  briketlash). 

Torflarni, changlar va koʻmir uvoqlarini issiqlik bilan briketlashda bogʻlovchi modda 

sifatida yoqilgʻi qizdirilganida ajraladigan modda – mum ishlatiladi.  

 

Nazorat savollari  

 

1. Yuqori solishtirma yonish issiqligi deb nimaga aytiladi?  

2. Quyi solishtirma yonish issiqligi deb nimaga aytiladi?  

3. Shartli yoqilgʻining yonish issiqligi qanday?  

4.  Tabiiy  gazning  taxminiy  tarkibini  aytib  bering  va  uning  yonish  issiqligi 

qanday?  

5. Qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan qaysi qurilmalarda roʻzgʻor pechi yoqilgʻisi 

qoʻllaniladi?  

6.  Qishloq  xoʻjaligi  ishlab  chiqarilishining  qaysi  chiqindilari  yoqilgʻi  sifatida 

qoʻllaniladi?  



 

 

Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling