Yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik


Download 105.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.08.2020
Hajmi105.87 Kb.
#125466
Bog'liq
1-mavzu


Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik 

va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon 

turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni 

saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 

1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi 

kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini 

tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus 

xalqaro  komissiya  tuzilib,  1966  yildan  boshlab  boshqa  tabiatni  muhofaza  qilish 

tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar 

florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi. 

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi 

dastlabki  maʼlumotlar  1974  yil  taʼsis  etilgan  Qizil  kitobda  oʻz  aksini  topgan. 

Oʻzbekiston  Qizil  kitobi  1978  da  taʼsis  etildi.  Birinchi  marta  Oʻzbekiston  Qizil 

kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali 

hayvonlar  (baliqlar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar,  sut  emizuvchilar)  ning  63  turi 

kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 

turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda 

keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va 

hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 

4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza 

talab  etuvchi)  turlar;  2)  yoʻqolib  borayotgan  (areali  va  soni  kun  sayin  kamayib 

borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi 

boʻlmasada,  kichik  maydonlarda  kamdankam  uchraydigan  (muhofazaga  muhtoj) 

turlar; 4) muayyan vaqg davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga 

qoʻra  yoki  inson  taʼsirida  qisqarib  borayotgan  (sonini  nazorat  qilib  turish  talab 

qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus 

muhofaza  choralari  tufayli  baʼzi  turlar  sonining  tiklanishi,  aksincha,  yashash 

sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida 

boshqa  toifaga  oʻtkazilishini  yoritish  maqsadida  qayta  nashr  etiladi.  Oʻzbekiston 


florasining  yoʻqolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  301  turining  hozirgi  holatini 

tavsiflaydigan  Qizil  kitob  1998  yil  da  qayta  bosmadan  chiqdi.  Keyingi  yillarda 

Oʻzbekiston  faunasi  turlari  maqomini  baholashga  imkon  beruvchi  maʼlumotlar 

toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga 

sut  emizuvchilarning  —  24,  qushlarning  —  51,  sudralib  yuruvchilarning  —  16, 

baliqlarning  —  18,  halqali  chuvalchanglarning  —  3,  mollyuskalarning  —  15, 

boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan. 

Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini 

topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik 

yoki  hayvon  turining  oʻzbekcha,  ruscha,  lotincha  (ilmiy)  nomlari,  ularning 

sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi 

soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari 

va boshqalar bayon etilgan. 

Qizil  kitobga  kiritiladigan  hayvon  va  oʻsimlik  turlari  boʻyicha  taklifni  ilmiy 

tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi 

mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib 

ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. 

Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan 

yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar 

yo‘qolib  ketayotgan  bir  vaqtda  «Qizil  kitob»ning  qadri  juda  bilinishi  muqarrar. 

Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil 

kitob»  hayvonot  va  nabotot  turlarini  saqlashda  katta  o‘rin  tutishini  ham  inkor 

etmaslik  lozim.  Xo‘sh,  bu  kitob  qanday  dunyo  yuzini  ko‘rgan  edi? 

 

1948 yilda uncha katta bo‘lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan 



xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) 

tashkil  etildi.  TRAI  oldiga  qo‘yilgan  asosiy  vazifalardan  biri  yo‘qolib  ketish 

arafasida bo‘lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko‘rish 


shart 

bo‘lgan 


o‘simlik 

va 


hayvonot 

turini 


aniqlash 

bo‘lgan. 

 

Shu maqsadda 1949 yilda doimiy qutqarish qo‘mitasi xizmati tashkil etildi. Unga 



turli  mamlakatlarning  taniqli  zoologlari  kiritildi.  Bu  qo‘mitaga  tabiatni  asrash 

bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislardan biri - angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi. 

Qo‘mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo‘qolib 

ketish  xavfi  ostida  turgan  hayvonot  turlari  ro‘yxatini  tuzish  (  bilan)  va  nima 

sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. 

Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro‘yxat muvaffaqiyatli tarzda Qizil kitob, 

deb 

nomlandi. 



 

Qizil kitobning ilk ko‘rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og‘ir mehnat talab qilindi. 

U 1963 yilda ikki tomlik kitob ko‘rinishida dunyo yuzini ko‘rdi. Har bir hayvonot 

turi  uchun  alohida  sahifa  ajratildi  va  unda  qisqa  shaklda  ayni  vaqtdagi  va 

o‘tmishdagi  yashash  tarzi,  holati,  umumiy  soni,  himoya  qilish  bo‘yicha  qabul 

qilingan  va  qilinishi  lozim  bo‘lgan  chora-tadbirlar,  tutqinda  bo‘lgan  hayvonlar 

sanog‘i va ko‘payishi bilan bog‘liq ma’lumotlar kiritildi. Yo‘qolib borayotgan eng 

noyob 


hayvon 

turlari 


esa 

qizil 


sahifada 

chop 


etildi. 

 

Qizil  kitobning  ikkinchi  nashri  uch  tomdan  iborat  bo‘lib,  1966-1971  yillarda 



nashrdan chiqarildi.

 

Download 105.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling