Yordamchi qadoqlash vositalari Yelim


Download 20.65 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1090208
Bog'liq
Yordamchi qadoqlash vositalari


Yordamchi qadoqlash vositalari
Yelim. Qadoqlash uchun tabiiy va sintetik yelimdan foydalaniladi. Tabiiy yelimlar minerallardan, o‘simliklardan va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Sintetik yelimlarni ishlab chiqarish uchun issiqlik ta’sirida yumshaydigan va qotadigan sintetik smolalar va sun’iy moddalardan foydalaniladi.
Tarkibi va konsistensiyasiga ko‘ra yelimlar qattiq, suyuq, suvda yoki organik erituvchilarda eriydigan, suvli dispersiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
O‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan yelimlar. O‘simliklardan tayyorlangan yelimlar orasida tarkibida kraxmal mavjud bo‘lgan yelimlar katta ahamiyatga ega. Termik ishlov berish natijasida suvga aralashtirilgan bug‘doy, makkajuxori va kartoshka kraxmali kleysterlanadi, natijada qog‘ozlarni yelimlash uchun yaroqli, quruq moddalarining miqdori kam bo‘lgan yelim tayyor bo‘ladi, ammo yelimlash jarayoni uzoq davom etadi. Kimyoviy moddalar qo‘shilganda kraxmalning eruvchanligi ortadi va yelimlash mustahkamligi oshadi.
Foydalanishdan oldin bunday yelimni sovuq suvda eritish kerak, xolos.
Kraxmal dekstrin yelimi - modifikatsiyalangan kraxmaldan iborat. U och sariq rangdagi kukun, issiq suvda istalgan nisbatlarda eriydi. Dekstrindan quruq moddalarining miqdori katta bo‘lgan va bog‘lanish kuchi yuqori bo‘lgan yelim tayyorlanadi. Yelimlash tez amalga oshadi va bu yelimdan katta tezlikda ishlovchi qadoqlash mashinalarida foydalanish mumkin. Kraxmal asosida tayyorlangan yelim qutilar va xaltalarni tayyorlash va berkitishda, turli xil qog‘ozlarni yelimlash, yorliqlarni yopishtirishda keng qo‘llaniladi.
Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yelimlar. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yelimlarda oqsillar asos bo‘ladi.
Kazein - sutdan kislotalar yordamida cho‘ktirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Kazein oddiy suvda bo‘kadi, ammo ishqorli suvda eriydi. Quriganidan so‘ng kazein elastik, yaxshi yopishuvchi qatlam hosil qiladi; kazein yelimi asosan qog‘oz va pergamentni ishonchli yelimlaydi, u ko‘pincha metall bankalar, shisha va chinni idishlarga yorliqlarni yopishtirishda ishlatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan qadoqlash vositalarini yelimlashda shuni unutmaslik kerakki, barcha o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yelimlar mikroorganizmlar uchun yaxshi oziqaviy muhit hisoblanadi, shuning uchun ularga konservlovchi moddalar qo‘shish kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda hayvonlardan tayyorlangan yelimlar hidining yoqimsizligi uchun qo‘llanilishi chegaralangan.
Sintetik yelimlar. Keyingi yillarda sintetik smolalar asosida tay-yorlangan yelimlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning tez ommaviylashuviga sabab, ular qadoqlash vositalarini yelimlashga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi.
Sintetik yelimlardan polivinilatsetat yelimi kengroq tarqalgan. Bu yelim oq rangli elastik plyonka hosil qiluvchi tez boshlang‘ich yelimlash xususiyatiga ega. Yelimning xossalarini yaxshilash uchun plastifi-katorlar va to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Sintetik yelimlar qog‘oz, karton, viskoza plyonkasi, aluminiyli folga va sintetik materiallarni yelimlashga yaroqli hisoblanadi, qutilar va paketlarni tayyorlash va berkitish, yorliq-larni yopishtirishda keng qo‘llaniladi.
Yelimlovchi qatlamning yuqori turg‘unligi yelimning turiga bog‘liq. Sintetik yelimlarning haroratga bardoshliligi o‘rtacha.
Polivinilalkagol - kolloidlardan tuzilgan va suvli eritma ko‘rinishida qo‘llaniladigan yuqori sifatli yelim. Uning yelimlash kuchi tabiiy manbalardan tayyorlangan yelimlarga qaraganda ancha baland. Yelimning kamchiligi bo‘lib suvga chidamliligining pastligi hisoblanadi.
Lateks sun’iy kauchukning suvdagi dispersiyasidan iborat. U yelimlovchi moddasining elastikligi sababli keng qo‘llanilmoqda. Lateks namlanganidan so‘ng yelimlovchi xususiyatga ega bo‘ladigan tasmalar va etiket-kalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yopishqoq tasmalar. Yopishqoq tasmalar qadoqlash va joylash vositalirining tarkibiy qismlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Tasmalarning o‘zi yelimlanuvchi, namlangandan yoki qizdirilgandan so‘ng yopishqoq bo‘ladigan turlari ham mavjud.
Yopishqoq qog‘oz tasmalar. 1 m2 ning massasi 40...50 yoki 70...90 g bo‘lgan natron qog‘ozdan tayyorlanadi. Qog‘ozning 1 m2 yuzasiga 20...24 g suyakdan tayyorlangan yelim surkaladi. Yelimlash kuchi yelimlovchi qavatning sifati va yelimlash sharoitlariga (masalan nisbiy namlikka) bog‘liq bo‘ladi.
O‘zi yelimlanuvchi yopishqoq tasmalar - bir tomonidan yelimlovchi moddali qavatga, ikkinchi tomonidan ajratuvchi (qoidasiga ko‘ra silikon qavati) qavatga ega bo‘ladi.
Tasmaning yelimlash kuchi deyarli o‘zgarmaydi va atrof muhit sharoilariga bog‘liq bo‘lmaydi.
O‘zi yelimlanuvchi tasmaga viskoza, polivinilxlorid yoki poliester plyonka va qog‘oz material bo‘lib xizmat qiladi.
Bog‘lagichlar. Qandolat mahsulotlari qadoqlangan qutichalar, paketlar va xaltachalarni bezatish va bog‘lash uchun turli materiallar ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda buldyug va ipak tasmalar bog‘lagich sifatida qo‘llaniladi.
Buldyug - tolalarni yelimlab tayyorlangan kambar (ensiz) tasma ko‘ri-nishidagi sariq, qizil va yashil rangli bog‘lagichdir. U qandolatchilik kor-xonalariga g‘altakka o‘ralgan 1000 yoki 2000 m uzunlikdagi tasma ko‘rinishida keltiriladi.
Ipak tasma viskoza ipagidan tayyorlanadi va uni eni 12 mm ga teng. Bu bog‘lagichning ko‘pincha ochiqroq ranglari ishlatiladi.

Nazorat savollari



Qadoqlash va joylash vositalari qanday vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan?
Qadoqlash materiallari qanday xossalarga ega bo‘lishi kerak?
Qog‘oz qadoqlovchi material sifatida qanday xususiyatlarga ega va uning qanaqa turlari mavjud?
Qanaqa qog‘oz etiketkalar tayyorlash uchun qo‘llaniladi?
Pergament va podpergament qanday xususiyatlarga ega?
Kartonning qanday turlari mavjud va ular qaysi maqsadlar uchun ish-latiladi?
Tabiiy manbalardan qanaqa plyonkali materiallar olinadi va ular qanday xususiyatlarga ega?
Sun’iy manbalar asosida qanaqa plyonkali materiallar tayyorlanadi?
Sun’iy manbalardan tayyorlangan plyonkali materiallarning qisqacha tavsifini keltiring.
«Kombinatsiyalangan qadoqlash materiallari» iborasi nimani angla- tadi?
Kombinatsiyalangan qadoqlash materiallarning qisqacha tavsifini kel-tiring.
Qadoqlash va joylash vositaliri qanday guruhlarga bo‘linadi?
Yumshoq qadoqlash va joylash vositalarning qanaqa turlari mavjud?
Paketlar va xalatachalar qanday materiallardan tayyorlanadi va qaysi maqsad uchun qo‘llaniladi?
Xaltalar va to‘rxaltalar qanday materiallardan tayyorlanadi va qaysi maqsadlar uchun qo‘llaniladi?
Qattiq qadoqlash va joylash vositalarning qanaqa turlari mavjud?
Qutilar va bankalar qanday materiallardan tayyorlanadi va qaysi maqsad uchun qo‘llaniladi?
Qadoqlash va joylash uchun qo‘llaniladigan yelimlarning qisqacha tavsi-fini keltiring.
Yopishqoq tasmalarning qisqacha tavsifini keltiring.
Bog‘lagichlarning tavsifini keltiring.
Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling