Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik
Download 36.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi so'z turkumi leksiya
Yordamchi so'zlar. Yordamchi so'zlar haqida ma'lumot
Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik munosabatlami shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi.
Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha: ko'makchilar, bog'lovchilar, yuklamalar. Ko'makchilar haqida ma'lumot
Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi. Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi. Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma'nosini, tomon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mai.)
Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yozildi.'Kitobni o'zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim.
Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha:
1. Sof ko'makchilar. 2. Ot ko'makchilar. 3. Fe'l ko'makchilar. 4 Ko'makchi otlar. Sof ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi.
Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi. Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi so'zni boshqaradigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra; b) jo'nalish kelishigidagi otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha; c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, boshqa, tashqari. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish
munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur.
Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan:
Nizomjon nimalar bo’layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S.A.) Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mai.) Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. (P.Q.) Ular ma'no jihatdan quyidagicha: 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa. 2. Gorizontal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur. 3. Fikrning nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otiar: to'g'ri, xusus, yuza, Bog'lovchilar haqida ma'lumot
So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bog'lovchilar, takrorlanuvchi bog'lovchilar.
Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir, na (yo, yoki bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.)
Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni qay tarzda bog'lasliiga ko'ra ikki xil: teng bog'lovchilar, ergashtiruvchi bog'lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi.
Biriktiruv bog'lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovcliilar uyushiq bo'laklarni va gaplarni bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'rnida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.)
Zidlov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq. Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga zid qo'yilgan gap va gap bo'laklarini bog'laydi. Tavba! Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. (O'. U.)
-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi. Qzroq mizg'ib olmoqchi bo'ldi-yu, tanasining zirqirab og'riganidan ko'z ilmadi.(S.A.)
Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan holda qo'llanilib, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz beradigan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi g'amgin kulimsirab goh xomush beg ‘ubor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.)
Inkor bog'lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyushiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotgan ishlarini ko'rib na yaxshi, na yomon derdi. (S.A.)
Ergashtiruvchi bog'lovchilar qo'shma-gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go'yo, go'yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-kim). Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab bog'lovchilari, maqsad bog'lovchisi, chog'ishtiruv bog'lovchilari, shart va to'siqsizlik bog'lovchilari:
Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o'zaro bog'lab, gapning biror bo'lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A.Q.) Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrning yuzaga kelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam. (A. Q.)
Maqsad bog'lovchisi: toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi.
Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni, narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni bog'lashda qo'llaniladi. "Bog'i maydon" darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q bo'ldi-qoldi:(O.Yo.)
Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham qo'llaniladi. Go'yo Shohrah Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan. temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik bog'Iovchilari: agar, agarda, garchi , basharti, Bti bog'lovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo uning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi.
Download 36.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling