Yordamida ma’lumotlarni shifrlash


Download 0.6 Mb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1126583
1   2
Bog'liq
8-amaliy ish

MOV, ADD va XOR amallari zamonaviy mikroprotsessor arxitekturalarida effektiv qo‘llaniladi. Blowfish algoritmida chap yarim blokning o‘zgarishi o‘ng yarim blok o‘zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari kalitning o‘zgarishi har bir raunddan so‘ng chap va o‘ng yarim bloklarga ham ta’sir etadi. Algoritmda to‘rtta S-blok qo‘llanilgan bo‘lib, bu S- bloklarning kirishi 8 bitga va chiqishi 32 bitga teng, ya’ni har bir S-blokda 32 razradli 256 ta bir-birini takrorlamaydigan sonlar qatnashgan. S-bloklar maxfiy bo‘lgan holatda bitta S-blokni to‘liq tanlash 256! ni tashkil etadi. Bu algoritm Sbloklar ma’lum bo‘lgan holatda kalitlar generatsiyasida ishtirok etgan R -massivni differensial kriptotahlil usulida 28r1 ta tanlab olingan ochiq ma’lumot va shifrma’lumot yordamida kalitni topish mumkin. r 16 da bu qiymat 2129ga teng. Akslantirishlarning keltirilgan xususiyatlari algoritmning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Amaliy qism
Openssl kutubxonasidan foydalanish uchun cmd buyrug’idan foydalaniladi (pusk va R teng bosiladi):


  1. 7-rasm. Cmd buyrug’ini ishga tushiriladi

Cmd oynasidagi joriy papkasidan chiqish uchun cd.. buyrug’idan foydalaniladi:

5.7.1-rasm. cd.. buyrug’idan foydalanish
Openssl kutubxonasi uchun foydalanadigan shohrux papkasiga quyidagi buyrug’ orqali ochiq ma’lumotni xosil qilib olamiz:

5.7.2-rasm. Ochiq ma’lumotni yaratib olish shohrux papkasida xosil bo’lgan butun.txt fayl:



5.7.3-rasm. Ochiq ma’lumot
Openssl kutubxonasini aktiv holatga o’tkazishimiz uchun quydagi buyrug’dan foydalanamiz:

5.7.4-rasm. Opensslni aktiv holati
Help buyrug’i orqali kerakli bo’lgan shifrlash algoritmlarini va ulardan foydalanish tartibini ko’rish mumkin bo’ladi:

5.7.5-rasm. Opensslda help buyrug’i
Ochiq ma’lumotni shifrlash uchun AES shifrlash algoritmidan foydalanish aes-256-cbc -e -in butun.txt -out butun.txt.enc buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Bu yerda –e = encryption(shifrlash), -in= faylni nomi va formati, -out=shifr fayl.
Shiflash davomida parol qo’yish talab etiladi va ko’rinmagan holda kiritamiz:

5.7.6-rasm. Opensslda ma’lumotni shifrlash
Shifrlangan ma’lumotni ko’rish quydagicha:

5.7.7-rasm. AES-256 shifrlash algoritmida shifrlash
Shifr ma’lumotni deshifrlash uchun aes-256-cbc -d -in butun.txt.enc -out butun.txt.dec buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Bu yerda –d = decryption (deshifrlash), -in= faylni nomi va formati, -out=ochiq matn fayl. Deshiflash davomida parolga oldingi kiritgan paroldan foydaniladi:




5.7.8-rasm. AES-256 shifrlash algoritmida deshifrlash
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling