Yoril, chaqmoqqa aylan sen
Download 19 Kb.
|
YORIL, CHAQMOQQA AYLAN SEN!
YORIL, CHAQMOQQA AYLAN SEN Bobom bilan suhbatlashganda: “Bolalarim, sizlarga juda havasim keladi, ulkan baxt egasisizlar! Ehhe, bizda bir-biridan keng, shinam xonalarda ta’lim olish u yoqda tursin, juda xohlasak-da ba’zan qornimiz to’yib ovqat ham yeyolmaganmiz. Juda og’ir zamonlar edi, hatto kishining eslagisi ham kelmaydi. Hozir esa bari o’zgargan. Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari tufayli siz-yoshlarga ko’lami keng imkoniyatlar eshigi ochib berilayotgani bizdek nuroniy insonlarini benihoya quvontiradi. Qaysi sohaga qo’l urmang yurtboshimiz sizlarni qanoti ostiga olib, kelajak bunyodkorlarining ulkan yutuqlarga erishishida katta ishonch bildirayotgani naqadar quvonarli. Sizga berilayotgan har bir imkoniyatdan unumli foydalanib, mamlakatimiz sharafini yuksaklarga ko’taradigan kamarbasta farzandlar bo’ling. Har bir oningizni qadriga yeting. Zero, vaqt oltinga qiyos. Izlanishdan also to’xtamang. Yangi O’zbekistonimizga ulkan zafarlar kerak”,- deydilar. Bobomning bu nasihatlaridan so’ng shu xususida mushohada yuritib, ularning bu so’zlari qanchalik to’g’riligiga yana bir karra amin bo’ldim. Darhaqiqat, vaqt eng oliy ne’mat. Bizga berilgan har bir kun, har bir daqiqa in’omdir. Bu tuhfani nimalarga va qay tarzda sarflash, eng avvalo, bizning o’zimizga bog’liq: xohlasak uni bema’ni narsalarga ishlatib isrof qilamiz yoki, aksincha, har bir daqiqaning qadriga yetib, undan unumli foydalanamiz. Bobom ta’kidlaganlaridek, biz yuqori darajada ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayniqsa, o’quvchi-yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish borasida so’nggi besh yil mobaynida ulkan islohotlar amalga oshirildi. Oliy o’quv yurtida tahsil olarkanman, yildan yilga qabul kvotalarining yurtboshimiz tomonidan oshirilayotganidan, talaba bo’lishdek ajib bir baxtga intilayotgan ukalarim va singilllarimning yuragidagi o’tli ishtiyoqni ko’rib ko’zim quvnaydi. Biz vatan rizoligi va ana shu ishonchni oqlash uchun imkoniyat va sharoitlardan odilona foydalanib yaxshi o’qishimiz, o’z ustimizda tinimsiz ishlashimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadimizga erishish uchun mehnat qilishimiz, intishimiz lozimdir. Zero, intilganga tole’ yor deydilar. Xalqimizning suyukli shoiri Usmon Nosir o’zining she’rlaridan birida: “Yoril, chaqmoqqa aylan, sen vatan rozi emas bo’lsa”,- degan da’vatkorona xitobi shiorimiz bo’lsin. Yaxshi kasb egasi bo’lib, o’z yurtiga naf keltiradigan farzanddan ona vatan ham rozi bo’ladi. Bu ulug’ burchimizni ado etish- biz uchun ham qarz, ham farz. Ey, aziz do’stlarim! Keling, qaysi kasb yoki hunar egasi bo’lishimizdan qat’iy nazar el koriga yaraydigan, dardiga darmon bo’ladigan farzandlar bo’laylik! Bizga yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish barobarida bildirilayotgan mana shunday ulkan ishonchni oqlash, yurtimiz bayrog’ini yuksaklarga ko’tarib, uning sharafini jahon minbarlaridan turib himoya qilish- bizning ona vatan oldidagi oliy burchlarimizdan biri. Vatan rizoligi uchun, prezidentimiz ishonchi uchun, yurt farovonligi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, yangi O’zbekistonimizni yuqori pog’onalarga olib chiqaylik va bu yo’lda yakdillik bizning doimiy hamrohimiz bo’lsin! Zotan, shu xalq bizniki, vatan bizniki! Har birimizning yuragimizda ana shunday ishtiyoq gulxan kabi gurkirab yonsin! Temur bobom ta’biri bilan aytganda, elim deb, yurtim deb yonib yashaylik! Sanjar ERGASHOV, O’zMU, Jurnalistika fakulteti talabasi Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling