Yoʻriqnomalar, qoidalar


Download 13.79 Kb.
Sana16.07.2023
Hajmi13.79 Kb.
#1660646

Yoʻriqnomalar, qoidalar.
Korxonada mehnat xavfsizligini taʼminlashning muhim qoidasi yoʻl-yoʻriq berish, mehnat muhofazasi boʻyicha oqitish va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlar sinovi hisoblanadi.
Ishga yangi qabul qilinayotganlar kirish yoʻl-yoʻrigʻidan, yangi ishga qabul qilinayotganlar va boshqa ishga oʻtayotganlarning barchasi ish joyida dastlabki yoʻl-yoʻriqdan oʻtadilar, bevosita ish joyining oʻzida xavfsiz ishlash usullari oʻqitiladi va dastlabki bilimlar sinovidan hamda amaliyotdan oʻtadilar. Alohida hollarda, kirish yoʻl-yoʻrigʻidan va ish joyida dastlabki yoʻl-yoʻriqdan, dastlabki bilim sinovidan song ishga qabul qiluvchilar amaliyot oʻtamaydilar.
Kirish yoʻl-yoʻrigʻining maqsadi korxonaga mehnat muhofazasi boʻyicha umumiy holat bilan, sharoiti va mehnat tarkibi qoidalari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ish joyida dastlabki yoʻl-yoʻriq birinchi ish kunining boshida aniq ishlab chiqarish sharoitlari bilan va xavfsiz mehnat usullarini koʻrsatish bilan birga tanishtirish maqsadida oʻtkaziladi. Malakali ishchilar yuqori xavfli sharoitlar bilan bogʻliq ishga mustaqil kirishishlaridan oldin amaliyot oʻtadilar. Amaliyotlar texnika xavfsizligi buyicha imtihonlar topshirib boʻlganidan soʻng mahalliy shart-sharoitlar bilan tanishtirish va amaliy mehnat koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Amaliyotdan muvaffaqiyatli oʻtganlaridan keyin mustaqil ishlashlariga ruxsat beriladi.
Ish jarayonida ishchilar davriy va navbatdan tashqari yoʻl-yoʻriqlardan, shuningdek, tizimli ravishda oʻqitilib bilimlari davriy sinovdan oʻtkazilib turiladi. Yol yoriqlar muhandis-texnik xodimlar tomonidan sexda otkaziladi. Bunda quyidagi adabiyotlar qoʻllaniladi: "Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar, yoʻl-yoʻriqlar konspekti, texnologik kartalar, asbob-uskunalar, ish qurollari, moslamalarning texnikaviy tavsilotlari va hokazo.
Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling