Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


Download 14.45 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1454319
  1   2   3
Bog'liq
inson xavfsizligi 1


Yoritilganlik va ularning asosiy turlari 
 
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan 
foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. 
a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh 
nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. 
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan 
kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. 
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha 
va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat 
qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. 
Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, 
devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan 
tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
-Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan 
yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; 
-Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. 
b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini 
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash 
ko`rinishda bo`ladi. 
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. 
-Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi 
darajasida ta`minlaydi. 
-Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan 
birgalikda qo`llanilganligidir. 
Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. 
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana 
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va 
evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.  

Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling