Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
Download 14.45 Kb.
|
inson xavfsizligi 1
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m 2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: -Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; -Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko`rinishda bo`ladi. -Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. -Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi darajasida ta`minlaydi. -Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo`llanilganligidir. Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti- kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi. Download 14.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling