Yoritish va yorug’’lik darakchilari tizimiga texnik xizmat ko’rsatish. Tayanch so’z va iboralar
Download 20.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqYoritish va yorug’’lik darakchilari tizimiga texnik xizmat ko’rs
Aim.uz Yoritish va yorug’’lik darakchilari tizimiga texnik xizmat ko’rsatish. Tayanch so’z va iboralar Darakchi, TXK, elektr startyor, tizim, quvvat, kontakt, kuchlaniish, transistor, drossel, termokompensatsiya, cho’lg’am, rostlagich, kengayish jarayoni, kompensatsiya, koeffisent, generator, nixrom, tolalar. Reja: Yoritish va yorug’’lik darakchilari tizimi asboblarining asosiy nosozliklari. Nosozlikni yuzaga kelish sabablari. Nosozliklarni bartaraf qilish usullari. Transport vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida yoritish asbob tavsifnomalari quyidagi sabablarga ko'ra asta-sekin yomonlashadi: vibratsiya yukiamalari ta'sirida faralarning rostlanganilgini buzilishi, avtomobil osmasining bikrngini o'zgarishi, yorug’’lik manbalarini almashtirilishi, qaytargich va tarqatgichlarning ishchi yuzlari ifloslanishi natijasida yorug’’lik-texnik tavsiflarini yomonlashuvi, tarqatgich tashqi yuzini abraziv zarralar ta'sirida yeyilishi, kontaktllarni yemirilishi natijasida tok zanjiridagi klichlanish pasayishi hisobiga yorug’’lik manbalaridan chiqayotgan yorug’’lik oqimini kamayishi va hokazo. Yoritish asboblarining tavsifnomalarini yomonlashuvi yo'l-transport hodisalarini oshishiga, avtomobillarnung tashish samaradorligini kamayishiga olib keladi v a natijadabu jamiyatga sezilarn darajada ma'naviy va moddiy zarar keitirishi mumkin. Avtomobil transporti xavfsiz harakatlanishini va samarali ishlashini ta'minlash uchun Davlat standarti tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarga ko'ra, yoritish va yorug’’lik xabarchilari tizimiga kundalik xizmat ko'rsatish (KXK), TXK-I va TXK-2 da bajariladigan ishlar hajmi, ularning davriyligi belgilangan. KXK ga odatda, yuvish-yig'ishtirish va nazorat-ko'rikdan o'tkazish ishlari kiradi. TXK-I ga KXK da bajariladigan ishlarga qo'shimcha faralar to'g'ri o'rnatitganligini tekshirish va zarurat bo'yicha rostlash, faralar va yorug’lik - xabarchi chiroqlar yorug’'lik kuchini tekshirish, yoritish tizimidagi barcha jihozlarning yaxshi mahkamlanganligini nazorat qilish kabi ishlar- amalga oshiriladi. TXK- 1 dagi ishlar yoritish jihozlarini avtomobildan yechmasdan bajariladi. TXK-I o'tkazilayotganda nisbatan ko'proq uchraydigan nosozlik-faralarning noto'g'ri o'rnatilganligidir. Bu mahkamlanadigan elementlarni bo'shab qolishi, avtomobilning og'irlik markazini o'zgarishi va uning osmasini elastik qismlarini deformatsiyalanishi sababli yuzaga keladi. Faralarni rostlash tegishli chiziqlar bilan belgilangan ekran yoki maxsus optik asboblar yordamida amalga oshiriladi. Ekran yordamida rostlanganda amerika yorug’lik taqsimlash tizimidagi faralar uzoqni yoritish yorug'lik dastasi bo'yicha, yevropa yorug’lik taqsimlash tizimdagi faralar yaqinni yoritish yorug’lik dastasi bo'yicha-rostlanadi. Yoritish va yorug’lik darakchtlari tizimidagi uchraydigan nosozliklar 5.1-jadvalda keltirilgan. 5.1-jadval Yorug’lik va yorug’lik darakchilari tizimi asboblarining asosiy nosozliklari
Download 20.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling