Yormabop ekin donlariga gidrometrik ishlov berish mashinalari


Download 427.75 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi427.75 Kb.
#1795847
Bog'liq
Yormabop ekin donlariga gidrometrik ishlov berish mashinalari.

Yormabop ekin donlariga gidrometrik ishlov berish mashinalari.

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismining birini un va yorma tashkil etadi. Un va yorma ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida bug’doy, javdar, sholi, arpa va boshqa donlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bunda yuqori navli un va yormalar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Tarkibida oqsil miqdori va tolasimon moddalar miqdori har xil bo’lgan unlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan unlar, pishirish vaqti qisqartirilgan va pishirishni talab qilmaydigan yorma va un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ilm va amaliyotning yutuqlarini keng tadbiq etish natijasida donni qo’llash samaradorligi sezilarli darajada oshdi, elektr energiya sarfi kamaydi, un va yormalarning oziqaviy qimmati oshdi.

Un donni maydalash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qism endospermidan olingan bo’lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda to’liq maydalangan bo’lsa jaydari un deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo’llaniladi. YOrma asosan bu donning gul, meva va urug’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo’lakchalaridir. YOrma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no’xat va oq jo’xori donlaridan ishlab chiqariladi.

Un va yorma sonsiz miqdordagi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo’lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko’p bo’lgan oddiy yanchilgan jaydari uni hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida maydalangan qobiq­lar hisobidan tolasimon moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.

O’zbekiston Rspublikasida zamonaviy komplekt jihozlangan yuqori unumdorli tegirmonlar (unumdorligi bir kunda 250 tonnadan 500 tonnagacha bo’lgan tegirmonlar) va yorma zavodlari mavjud. Bu tegirmonlarda 75 % gacha yuqori navli unlar olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda unumdorligi 50 – 70 t/sut bo’lgan kichkina tegirmonlar qurilmoqda. Bu korxonalarda sifatli un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda ilg’or chet el texnologiyasidan va fan yangiliklaridan unumli foydalanilmoqda.


Download 427.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling