Yorug’likning ikkilamchi sinishi
Kuchli yorug’lik impulsining elektr maydoni tufayli yuz bergan Kerr hodisasi
Download 1.19 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u
Kuchli yorug’lik impulsining elektr maydoni tufayli yuz bergan Kerr hodisasi.
Yuqorida izotrop muhitda o’zgarmas elektr maydoni ta’siri ostida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi yuz berishi to’g’risida gapirib keldik.O'zgaruvchan elektr maydonida va xatto yorug’lik to’lqinining maydonida ham shunday hodisa yuz beradi. Lazerlar texnikasining rivojlanishi elektr maydonining kuchlanganligi juda katta qiymatlarga erishadigan yorug’lik impulslari chiqarishga imkon berdi; kuchli yorug’lik impulsining maydoni ta’siri ostida suyuqliklarda nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi yuz berishi eksperimentda isbot etildi. Bu turdagi dastlabki tajribada (Mayer va Jire, 1964 y.) yorug’lik impulsining davom etish vaqti 5,5 s, energiyasi 0,14 J. Kuchlanganlikning o’rta kvadratik qiymati = 39 bo’lgan. Bu tajribaning prinsipial sxemasi 5-rasmda ko’rsatilgan.F svetofiltrdan o’tgach, zangori yorug’lik ( 500 nm) o’ngdan chapga tomon yurib, ichiga tekshirilayotgan suyuqlik quyilgan yacheyka orqali o’tadi va S plastinkadan qaytib, FEK fotoko’paytirgichga tushadi. Polyarizatorlar 7 - rasmdagi kabi ayqashtirib quyilganda zangori yorug’lik FEK ga tusholmaydi. 15-rasm. Kuchli yorug’lik impulsi ta’siri ostida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini yuzaga keltirish tajribasining prinsipal sxemasi. Agar bunday surilmaga chapdan o’ngga tomon kuchli yorug’lik impulsi kirsa, bu impuls suyuqlikda nurning ikkiga ajralib sinish hodisasini yuzaga keltiradi va suyuqlik quyib qo’yilgan yacheykadan impuls o’tib turgan vaqt davomida zangori yorug’lik FEK ga tushib turadi. Vdoimiyni aniqlash uchun lazer impulsining maydoni ta’siri ostida paydo bo’ladigan yo’l farqi o’lchanadi, keyin esa ichidagi suyuqligi va uzunligi avvalgicha bo’lgan yacheykaga o’zgarmas maydon bilan ta’sir etib, o’sha yo’l farqi hosil qilinadi. Suyuqlikning molekulalari dipolsiz bo’lgan holda maydonining kuchlanganliklari deyarli bir xil bo’lganda teng yo’l farqlari hosil bo’lar ekan; bu esa Kerr doimiysi statik maydonda ham, yorug’lik chastotasidek chastotali maydonda ham bir xil bo’lishini bildiradi. Biroq suyuqlikning molekulalari dipolli molekulalar bo’lganda natija juda boshqacha bo’lar ekan. Masalan, nitrobenzolda Kerr doimiysi yorug’lik chastotasidek chastotali maydon ta’sirida statik yoki kvazistatik maydon holidagi qiymatidan taxminan 100 marta kichik bo’ladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling