Yorug’likning suyuqliklarda sochilishini tadqiq qilish orqali suyuqliklarda sodir bo’layotgan fazaviy o’tishlar, nozik strukturaviy jarayonlar, ularning tabiati haqida muhim ma’lumotlar olish mumkin
Download 34 Kb.
|
Abdulaziz taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti Aniq fanlar assistenti Sh.E Qarshiboyev
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Muhandislik Fizikasi Instituti II – bosqich magistranti Norjigitov Abdulaziz Abdumannab oʻgʻlining 70530901- Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxasisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan “Suvli eritmalarning dispersion muhitda yorugʻlikning sochilishi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyyasiga TAQRIZ Ushbu magistrlik ishda eritmalarda yorug’lik sochilishi intensivligining sochilish burchagiga bog’liqligi (yorug’lik sochilish indikatrissasi) γ-pikolinning bir nechta konsentrsiyada va keng temperatura intervalida tadqiq qilingan va bir qator muhim ma’lumotlar olingan. Yorug’likning suyuqliklarda sochilishini tadqiq qilish orqali suyuqliklarda sodir bo’layotgan fazaviy o’tishlar, nozik strukturaviy jarayonlar, ularning tabiati haqida muhim ma’lumotlar olish mumkin. Yorug’lik sochilishining burchak bo’lab taqsimlanishsini o’rganish ushbu metodning keng diapazondagi molekulyar massalarni (104-108) o’lchash imkoniyati mavjudligi sababli muhitdagi zarrachalarning olchamlarini aniqlashning eng ishonchli metodlaridan biri bo’lib qolmoqda. Sochilgan yo’rug’likni burchak taqsimotini o’rganish suvli eritmalarida struktura hosil bo’lish jarayonlari haqida ma’lumot hamda strukturaviy fazaviy o’tishlar atrofida muhim ma]lumotlar olish imkonini beradi. Dissertatsiya ishi III bobdan iborat bo’lib, I- bobida yorug’likning sochilish intensivligining burchakka bog’liqligi, suyuqliklarda elastik to'lqinlar tarqalishining, yorug’lik sochilishi nazariyasi, yorug`likning eritmalarda molekular sochilishining spektral tarkibi, suyuqlik va eritmalarda molekular sochilgan yorug`likning intensivligi aniqlash msaslalarining nazariy jihatlari keltirilgan. II- bobda mayda dispersion muhitda yorug’lik sochilishining intensivligini aniqlash metodi yoritilgan bo’lib, eritmalarda yorug’lik sochilish intensivligining burchakka bog’liqlik nazariyasi, yorug’lik sochilishi intensivligining burchakka bog’liqligini organuvchi spektrаl qurilmа tuzilishi vа uning аsоsiy qismlаri to’g’risidagi malumotlar batafsil yoritilgan. Dissertatsiyaning III- bobi tajriba natijalari va ularning tahliliga bag’ishlangan bo’lib, mayda dispersion muhitda yorug’lik sochilish nazariyasiga, sochuvchi zarracha o’lchamini indikatritsion usul yordamida aniqlash metodikasiga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek γ-pikolinning 0.015, 0.06 mol.qismdagi suvdagi eritmalarida 30, 40, 45 0C temperaturalarda yoruglik sochilishi intensivligining sochilish burchagiga bog’liqligi o’rganilgan. Olingan natijalar jadval va grafik ko’rinishda tasvirlangan. Olinga natijalar bo’yicha xulosalar qilingan va ilmiy maqolalar chop etilgan. Norjigitov Abdulaziz Abdumannab oʻgʻlining magistirlik ishida ba’zi stilistik va orfografik xatoliklar ko’zga tashlanadi, shuningdek, tajriba yo’li bilan olingan natijalarni keltirishda o’lchash aniqliklari ham ko’rsatilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Lekin bu kamchiliklar ishning saviyasiga, qo’yilgan vazifaning bajarilishiga ta’sir qilmaydi. “Suvli eritmalarning dispersion muhitda yorugʻlikning sochilishi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi, magistrlik dissertatsiya ishini yuqori bahaolayman va himoyaga tavsiya etaman. Taqrizchi: O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti Aniq fanlar assistenti Sh.E Qarshiboyev Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling