Yorug‘likning yutilishi. Buger-Beer qonuni
Download 10.79 Kb.
|
8-amaliy mashg\'ulot
Yorug‘likning yutilishi. Buger-Beer qonuni. Q alinligi l bo‘lgan modda qatlamidan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (Buger-Beer qonuni): bu yerda I0 – moddaga tushuvchi yorug‘lik intensivligi, k – yutilish koeffitsienti. Yorug‘likning eritmalarda yutilishi: bu yerda kl – moddaning birlik konsentratsiyaga to‘g‘ri keluvchi yutilish koeffitsienti, C – eritilgan modda konsentratsiyasi. Eritmaning optik zichligi: Yorug‘lik intensivligining sochilish tufayli kamayishi: bu yerda k' – sochilish koeffitsienti. Yutilish va sochilish bir vaqtda yuz berganda yorug‘lik intensivligining o‘zgarishi: bu yerda . Shaffof plastinka unga tushayotgan yorug‘likning yarmini o‘tkazadi. Agar plastinkaning qalinligi 4,2 sm bo‘lsa, yutish koeffitsientini toping. Yorug‘likning sochilishini hisobga olmang. Issiqxona oynasining qalinligi 2 mm. Spektrning infraqizil nurlar sohasi uchun yutish koeffitsienti 0,62 sm-1. Energiyaning qancha qismi o‘simliklarga yetib boradi? Qalinligi 3,8 sm bo‘lgan plastinka unga tushayotgan yorug‘lik oqimining 0,84 qismini o‘tkazadi. Aynan shunday moddadan tayyorlanga, qalinligi 9 sm bo‘lgan plastinka esa o‘sha yorug‘lik oqimining 0,7 qismini o‘tkazadi. Shu moddaning yutish koeffitsientini toping. Yorug‘lik sirtga normal tushadi. Moddaning shaffof erituvchidagi 4 % li eritmasida 20 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi 2 marta susayadi. Shu moddaning 8 % li eritmasida 30 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi necha marta susayadi? Agar fotometrik maydonlarning bir xil yorituvchanligi 3 % li etalon eritmaning 8 mm qalinligida, tekshirilayotgan eritmaning esa 24 qalinligida olingan bo‘lsa, tekshirilayotgan eritmaning konsentratsiyasini toping. Yorug‘lik eritma qatlamidan o‘tganda boshlang‘ich yorug‘lik energiyasini 1/3 qismi yutiladi. O‘tkazish koeffitsientini toping. Eritmaning o‘tkazish koeffitsienti 0,3 bo‘lsa, uning optik zichligini toping. Monoxromatik yorug‘lik qalinligi 15 cm bo’lgan modda qatlamidan o‘tganda uning intensivligi 4 marta kamaydi. Agar yutilish koeffitsienti 0,025 cm-1 bo‘lsa, sochilish koeffitsientini toping. Ko‘k yorug‘lik (λ1=410 nm) ning molekulyar sochilish intensivligi qizil yorug‘lik (λ2=650 nm) ning sochilish intensivligidan necha marta katta? Download 10.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling