Yorug‘likning yutilishi. Buger-Beer qonuni


Download 10.79 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi10.79 Kb.
#1536974
Bog'liq
8-amaliy mashg\'ulot


Yorug‘likning yutilishi. Buger-Beer qonuni.

  1. Q alinligi l bo‘lgan modda qatlamidan o‘tgan yorug‘lik intensivligi (Buger-Beer qonuni):


bu yerda I0 – moddaga tushuvchi yorug‘lik intensivligi, k – yutilish koeffitsienti.

  1. Yorug‘likning eritmalarda yutilishi:


bu yerda kl – moddaning birlik konsentratsiyaga to‘g‘ri keluvchi yutilish koeffitsienti, C – eritilgan modda konsentratsiyasi.

  1. Eritmaning optik zichligi:



  1. Yorug‘lik intensivligining sochilish tufayli kamayishi:


bu yerda k' – sochilish koeffitsienti.

  1. Yutilish va sochilish bir vaqtda yuz berganda yorug‘lik intensivligining o‘zgarishi:


bu yerda .

  1. Shaffof plastinka unga tushayotgan yorug‘likning yarmini o‘tkazadi. Agar plastinkaning qalinligi 4,2 sm bo‘lsa, yutish koeffitsientini toping. Yorug‘likning sochilishini hisobga olmang.

  2. Issiqxona oynasining qalinligi 2 mm. Spektrning infraqizil nurlar sohasi uchun yutish koeffitsienti 0,62 sm-1. Energiyaning qancha qismi o‘simliklarga yetib boradi?

  3. Qalinligi 3,8 sm bo‘lgan plastinka unga tushayotgan yorug‘lik oqimining 0,84 qismini o‘tkazadi. Aynan shunday moddadan tayyorlanga, qalinligi 9 sm bo‘lgan plastinka esa o‘sha yorug‘lik oqimining 0,7 qismini o‘tkazadi. Shu moddaning yutish koeffitsientini toping. Yorug‘lik sirtga normal tushadi.

  4. Moddaning shaffof erituvchidagi 4 % li eritmasida 20 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi 2 marta susayadi. Shu moddaning 8 % li eritmasida 30 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi necha marta susayadi?

  5. Agar fotometrik maydonlarning bir xil yorituvchanligi 3 % li etalon eritmaning 8 mm qalinligida, tekshirilayotgan eritmaning esa 24 qalinligida olingan bo‘lsa, tekshirilayotgan eritmaning konsentratsiyasini toping.

  6. Yorug‘lik eritma qatlamidan o‘tganda boshlang‘ich yorug‘lik energiyasini 1/3 qismi yutiladi. O‘tkazish koeffitsientini toping.

  7. Eritmaning o‘tkazish koeffitsienti 0,3 bo‘lsa, uning optik zichligini toping.

  8. Monoxromatik yorug‘lik qalinligi 15 cm bo’lgan modda qatlamidan o‘tganda uning intensivligi 4 marta kamaydi. Agar yutilish koeffitsienti 0,025 cm-1 bo‘lsa, sochilish koeffitsientini toping.

  9. Ko‘k yorug‘lik (λ1=410 nm) ning molekulyar sochilish intensivligi qizil yorug‘lik (λ2=650 nm) ning sochilish intensivligidan necha marta katta?

Download 10.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling