Yorug’liknining q


Download 60 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi60 Kb.
#1410671
Bog'liq
YORUG


YORUG’LIKNINING QUTBLANISHINI O’RGANISH .


Ishning maqsadi: Yorug’lik to’lqininig qutblanishini kuzatish va Malyus qonunini tekshirish,
Kerakli asboblar: Qutblanishni kuzatish uchun asbob,polyarizator disklar.

Nazariy qism.


Elektromagnit nazariyaga ko’ra yorug’lik ko’ndalang elektromagnit to’lqindir.(Rasm1)

Bu rasmda muayyan yo’nalishda V tezlik bilan tarqalayotgan yuguruvchi: elektromagnit to’lqin grafik tarzda tasvirlangan. Rasmdan ko’rinishicha, elektromagnit to’lqinda elektr va magnit maydonlari kuchlanganligi vektorlari E va H o’zaro perpekdikulyar tekisliklarda bir xil fazada tebranadilar.
Yorug’lik modda ichida tarqalayotgan to’lqindagi elektr maydoni moddaning atom va molekulalaridagi elektronlarga ta’sir ko’rsatadi, maydoni esa deyarli ta’sir qilmaydi. SHuning uchun yorug’likning tarqalish protsesslarida asosiy rolni elektr maydoni o’ynaydi.
Odatda tabiy yorug’lik biror manba tarqatayotgan juda ko’p to’lqin tizmalaridan iborat bo’lib, tizmalarda E va N vektorlarning tebranish tekisliklari tasodifiy joylashadi.
Agar elektromagnit to’lqinda elektr maydoni kuchlanganligi vektori doimo muayyan tekislikda tebransa, bunday to’lqin yassi (chizikli) qutblangan deyiladi, 1-rasmda yassi qutblangan yuguruvchi elektromagnit to’lqin tasvirlangan,
Elektr maydon kuchlanganligi vektori tebranadigan tekislik tebranish tikisligi deb, unga perpendikulyar tekislikni (magnit vektori tebranayotgan) esa qutblanish tekisligi deyiladi .
Yassi qutblangan yorug’likni tabiiy yorug’likdan polyarizator (qutblagich) deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin. Bunday asboblar qutblanish tekisligi deb yuritiladigan tekislikka parallel tebranishlarni to’liq o’tkazib, unga perpendikulyar tebranishlarni esa - butunlay ushlab qoladi. Natijada polyarizatordan o’tgan yorug’lik y assi qutblangan bo’ladi. Agar qutblangan yorug’likning yana bir marta polyarizatordan o’tkazilsa (bu polyarizator endi analizator vazifasini bajaradi) bundan o’tayotgan yorug’lik intensivligi polyarizatorning qutblanish tekisligi bilan tushayotgan qutblangan yorug’likdagi elektr maydon kuchlanganligi vektori orasidagi burchak qiymatiga bog’liq bo’ladi (2-rasm).
Analizatordan o’tayotgan yorug’lik I intensivligining unga tushayotgan yorug’lik intensivligi I0 ga bog’lanishi Malyus qonuniga bo’ysunadi. (1)


Ishni bajarish tartibi.
1.Optik taglikka joylashtirilgan analizatorni o’z o’qi atrofida burab polyarizator va analizatorlarni yorug’likni o’tkazish tekisliklari o’zaro parallel joylashgan xolat tekshiriladi.
2.Analizatorni asta sekin burab xar yorug’likning o’zgarishi kuzatiladi.
3. ga bo’ysunishini kuzatiladi.


Nazorat savollar:


1. Yorug’likning qutblanishi nima?
2. Malyus qonunini tushuntiring?
3. E va H vektorlarning o’zaro bog’lanishi qanday?
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling