Yosh avlodni sog'lig'ini muhofaza qilishda o'zbekiston respublikasining olib borayotgan ishlari


Mazkur targ‘ibot tadbirlariga 55 ming nafarga yaqin aholi vakillari, xususan yoshlar jalb etildi


Download 275.44 Kb.
bet9/9
Sana08.05.2023
Hajmi275.44 Kb.
#1443685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlari

Mazkur targ‘ibot tadbirlariga 55 ming nafarga yaqin aholi vakillari, xususan yoshlar jalb etildi.

  • Mazkur targ‘ibot tadbirlariga 55 ming nafarga yaqin aholi vakillari, xususan yoshlar jalb etildi.
  • Ikkinchi bosqichda oliy o‘quv yurtlarining magistratura bosqichi talabalari Konsepsiyaning har bir yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida yil oxirigacha yurtimizning barcha hududlarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar.
  • Aholi, birinchi navbatda, yoshlar siyosiy madaniyatini oshirish, ularda siyosiy tafakkurni rivojlantirish uchun “Kamolot” tomonidan 2011 yil 11 martdan 11 aprelga qadar “Konsepsiyani o‘rganish oyligi” e’lon qilindi. Oylikda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi, yoshlar Konsepsiya doirasida ishlab chiqilgan yangi qonun loyihalari muhokamalarida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini bildirdilar. Misol uchun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yoshlar o‘rtasida keng muhokama qilindi. Ushbu tadbirlarda yoshlar tomonidan bildirilgan o‘ttizga yaqin aniq, konstruktiv takliflar inobatga olindi.
  • – Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida ham aytib o‘tsangiz.
  • – Prezidentimizning 2011 yil 7 fevraldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘lami tobora kengaymoqda. Jumladan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh tadbirkor kamoloti – qishloq taraqqiyoti kafolati” tanlovi doirasini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. 2009 yildan buyon 13 nafar yosh tadbirkor mazkur tanlovning respublika bosqichi g‘olibi, deb topildi va “Agrobank”ning qariyb 200 million so‘mlik kreditini olishga muvaffaq bo‘ldi. Kredit foiz stavkalari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan to‘lab kelinmoqda.
  • 2008 yildan buyon “Mikrokreditbank” bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Yosh tadbirkor – elga madadkor” loyihasi doirasida 2 ming 253 nafar yosh tadbirkorning 1 ming 398 nafariga imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. Shundan 55 nafarining kredit foiz stavkalari “Kamolot” tomonidan to‘lanmoqda.
  • Joriy yilda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun sharoit yaratish maqsadida “Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazilmoqda. Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank”, “Agrobank” va “Ipotekabank” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalari ko‘rib chiqilib, yurtimiz bo‘ylab seminar-treninglar tashkil qilinadi va yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar olishiga ko‘mak beriladi.
  • Bundan tashqari, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Harakatning hududiy hamda mahalliy bo‘limlari qoshidagi “Yoshlar ijtimoiy xizmatlari” markazlari negizida 20 “Yosh tadbirkor” maslahat markazlari tashkil qilindi. Yosh tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar yechimini va ularni qiynayotgan savollarga javob topishga ko‘maklashish hamda yosh tadbirkorlar bilan mutaxassislar o‘rtasida doimiy muloqotni ta’minlash maqsadida http://yoshtadbirkor.kamolot.uz maxsus internet sahifasi tashkil qilindi. Unda tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari, uslubiy qo‘llanmalar, yangiliklar joylashtirilib, yosh tadbirkorlar uchun forum tashkil qilindi.
  • Bugun O‘zbekiston yoshlariga ko‘pchilik havas qiladi. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod tarbiyasi, yoshlarning bilim olishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan ulkan shart-sharoit samarasidir. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ana shu ezgu maqsad yo‘lida yoshlarimizning haqiqiy tayanchi va suyanchidir.

Download 275.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling