Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari
Insonning psixik rivojlanishini o’ziga xos muammolari
Download 0.63 Mb.
|
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)
Insonning psixik rivojlanishini o’ziga xos muammolari
Biologizatorlik, tarixiy bo’lmagan yondashuv, evolyutsionizm g`oyalariga L.S.Vigotskiy madaniy-tarixiy rivojlanish ta`limoti, tarixiylik g`oyalarini qarama-qarshi qo’ygan L.S.Vigotskiyga muvofiq, madaniy rivojlanishning har bir shakli oddiy organik etilish emas, balki insoniyat tarixiy rivojlanishining mahsulidir, ijtimoiy hayot jarayonida insoniyatning tabiiy ehtiyojlari chuqur o’zgarishlarga bardosh berdi, yangi insoniyat ehtiyojlari yuzaga keldi va rivojlandi. Insoniyat ontogenezining o’ziga xosligini tushunish uchun rivojlanishning real va ideal shakllari o’rtasidagi nisbat g`oyalari kalit hisoblanadi. L.S.Vigotskiy o’zining maruzalaridan birida bola taraqqiyotini rivojlanishning boshqa turlari bilan taqqoslab, embrional, geologik, tarixiy; shunday deydi `Eng qadimgi, ibtidoiy odam endigina er yuzida paydo bo’lgan damda, bu ilk shakl bilan bir vaqtning o’zida oliy, pirovard shakl kelajak insoni` mavjud bo’lganligini hamda o’sha ideal shakl qandaydir tarzda ibtidoiy odam qo’ygan birinchi qadamga bevosita ta`sir ko’rsatganligini tasavvur qilish mumkinmi. Buni tasavvur qilib bo’lmaydi. Bizga ma`lum bo’lgan rivojlanish turlarining hech birida, ilk shakl skakllanayotgan vaziyatda, rivojlanish so’ngida yuzaga keluvchi oliy shakl, ideal o’z o’rniga ega bo’lganligi hamda u ilk yoki birlamchi, shakllar rivojlanishi yo’lida bolaning qo’ygan birinchi qadami bilan bevosita o’zado ta`sirda bo’lganligi xech qachon sodir bo’lmagan. Rivojlanishning boshqa turlaridan farqli ravishda bolalar rivojlanishining eng katta o’ziga xosligi shundan iboratdir, bunday holat rivojlanishning boshqa turlari o’rtasida aniqlay olinmagan va topolmaymiz ham. Bu, o’z navbatida, bolaning rivojlanishida, shaxs rivojlanish mazmunida va uning o’ziga xos insoniy xususiyatlarida rivojlanish manbai rolini o’ynaydi. L.S.Vigotskiyga ko’ra, ijtimoiy muhit- bu oddiy tashqi qurshov emas, balki moddiy va ma`naviy madaniyat predmetlariga materiallashgan, turlangan umuminsoniy tajribadir; insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar va hodisalar olami, madaniy ijod, xususan, insoniyat faoliyati olamidir. Muhit rivojlanishining ideal shakllari namunalarini qamrab oladi ya`ni bolaning rivojlanishi nimaga intilishi kerak bo’lsa, katta yoshdagi insonlarning oliy psixik funktsiyasi, kattalarning nutq va faoliyati harakati ontogenetik rivojlanish yo’nalishini belgilab beruvchi bolaning nutqi va faoliyatiga nisbatan ideal shakldir. Ijtimoiy muhit individual psixik rivojlanish manbai sifatida ontogenezda inson tomonidan o’zlashtiriladigan va uning psixikasini real shakliga aylanadigan ideal shakllarni mavjudlik makoni sifatida ko’rib chiqiladi. Inson ijtimoiy mavjudot bo’lib, u jamiyat bilan o’zaro ta`sirsiz, o’zida butun insoniyat rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan o’sha xususiyatlarni alohida shakllantira olmaydi. D.B.Elkonin bu printsipial holatni izohlab shunday yozadi- bola jamiyatni o’zlashtiradi bolada paydo bo’lish kerak bo’lgan barcha narsa, jamiyatda avvaldan mavjud bo’ladi, xususan, ehtiyojlar, ijtimoiy vazifalar, motivlar, xatto emotsiyalar ham. Jamiyat rivojlanish darajasidan bolaning rivojlanish ta`minoti va bolalik davomiyligi bog`liq. Ontogenezda rivojlanish jarayoni ijtimoiydan individual yo’lgacha bosib o’tadi. Bolaning psixik rivojlanish shakli- ijtimoiy tajribani egallash tarixiy shakllangan qobiliyatlar, faoliyat usullari va tafakkurni o’zlashtirish. L.S.Vigotskiy oliy psixik funktsiyalarni shakllantirishning umumiy mexanizmi deb, bolaning kattalarga taqlid qilishini hisoblagan. Psixik rivojlanishni xarakatlantiruvchi kuch omil- ta`limdir. Bolaning oliy psixik funktsiyalari hayot davomida kattalar bilan bo’lgan muloqot natijasida shakllanadi L.S.Vigotskiy muloqot vositasi deb madaniyat fenomeni sifatida nutq belgisini e`tirof etgan. Insoniyat jamiyatini tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqilgan maxsus qurol-vositalarni qo’llash usullarini egallash – ya`ni ta`lim etilish emas psixik rivojlanish kechishi va yo’nalishini ijtimoiydan individualgacha aniqlaydi. Bolaning rivojlanishini muhim sharti organizmning barcha funktsional tizimlarini to’liqligi bir butunligi, me`yorda ishlovchi miya N.Ladigin-Kotsning insoniy sharoitlarda 4 yoshga to’lgan shimpanze bolalarini tarbiyalash bo’yicha olib borgan tajribalarini eslang; hisoblanadi. Tabiiy o’ziga xos xususiyatlarning ulkan variativligini inkor qilish, organik rivojlanishning ijobiy yoki salbiy omillari ahamiyatini to’g`ri baholamaslik mumkin emas. Biroq o’zining mohiyatiga ko’ra, ta`lim va tarbiya tabiiy o’ziga xos xususiyatlar rolidan yuqori turadi. Keng ma`noda insoniyat jamiyatida hayotning o’zi tabiiy ta`limi bolaning insoniy rivojlanishini o’ziga xos sharti hisoblanadi. Bundan tashqari, maxsus tashkillashtirilgan maqsadga yo’naltirilgan ta`limiy jarayon sifatida ta`lim psixik rivojlanishni turli tomonlari uchun muhim. Ko’r kar bolaning to’laqonli rivojlanishiga u bilan maxsus tashkil etilgan ta`lim va muloqot orqali erishish mumkin va aksincha ko’pgina hollarda jismonan sog`lom bolalarning eng maqbul shart-sharoitlari ham kattalar bilan muloqotning kamligi, bolalar faoliyatini tashkil etishning adekvat shakllarini yo’qligi bois amalgam oshmay qolishi mumkin. SHunday qilib, og`zaki va yozma nutqni rivojlanishi uchun fonematik eshitish slux muhim. U bir tomondan insonning nerv tizimi va eshitish aparatiga asoslanadi, biroq nutqning egallash jarayonida shakllanadi. SHunday, qilib madaniy-tarixiy yondashuvga me`yor darajasida rivojlanish variativligiga ta`sir ko’rsatuvchi rivojlanish sharoitlari ostida miya va muloqotning morfofiziologik o’ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling