Yosh davrlari psixologiyasi
Har bir yosh davrining o’ziga xos psixologik rivojlanishi
Download 48.3 Kb.
|
S5hvY52 l7KkCN0nCiUu52dPzcZLXKZn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh davrlari Erkaklarda Ayollarda
Har bir yosh davrining o’ziga xos psixologik rivojlanishi.
D.B.El’koninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotini davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talabalari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Psixolog B.G.Ananyev, E.Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir.
Taraqqiyot yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E.Eriksonda shaxs “Men”ning rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifaksiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham salbiy jihatdan ajratilgan. 1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik) – bu hayotning 1-yili. 2-bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) – 2-3 yoshlar. 3-bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) – 4-5 yoshlar. 4-bosqich (chaqaloqlik va yetishmovchilik) – 6-11 yoshlar. 5-bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkkashligi) – 12-18 yoshlar. 6-bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) – keksalik. 7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) – yetuklik davri. 8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) – keksalik. Download 48.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling