Yosh fiziologiyasi fani


Download 39.5 Kb.
bet18/22
Sana21.12.2021
Hajmi39.5 Kb.
#182204
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
mustaqil ish fizialogiya

Suyak shakllari: suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi.

Naysimon suyaklar. Bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Uzun naysimon suyaklar ularga yelka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga esa qo`l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.

G`ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g`ovaksimon suyaklar bularga qovurg`a, to`sh, o`mrov suyaklari, kalta g`ovak suyaklarga esa umurtqa, qo`l va oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.

Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari kiradi.

G`albirsimon suyaklar. Yuqori jag`, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g`albirsimon suyaklar kiradi.

Bola tug`ilgan vaqtda uning bosh suyaklari bir-biri bilan birikmagan bir necha suyakdan iborat bo`lib, ular orasida bo`shliqLar bo`ladi. Bu bo`shliqlar liqildoq deb ataladi. Ular katta, kichik va yon liqildoqlarga bo`linadi. Katta liqildoq peshona va tepa suyaklari orasida joylashgan bo`lib, uning bo`yi 3,5 sm, eni esa 2,5 sm bo`ladi. Tepa va ensa suyaklari orasida kichik liqildoq va tepa chakka suyaklari orasida ikkitadan jami 4 ta yon liqildoqlari bo`lib, ular 1,5 yoshda suyakka aylana boradi. 4 yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo`ladi. Bosh suyagi 7 yoshgacha hamda 11-15 yoshda ya'ni jinsiy balog`at yoshida tez o`sadi. Uning o`sishi va shakllanishi 25-30 yoshgacha davom etadi.

Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi taxminan 20 yoshda tugallanadi.

Ovqat hazm qilishning yosh xususiyatlari.Ovqatlanish gigenasi. Odam yoki har bir tirik organism o’zining o’sishi, rivojlanishi va yashashi uchun doimiy ravishda ovqat hazm qilish orqanlari orqali ovqat istemol qilib turadi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o`rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan.

Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi va kimyoviy parchalanib qon hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida, meda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’, uglevodlarni fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu fermentlar til osti, jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi.


Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling