Nafas olish gigiyenasi. Nafas olish gigiyenasi deganda, tug`ri nafas olishni ta'minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo`shlig`iga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida tukchalarning bo`lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigiyenik jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalqum va traxeyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda, ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kerak.
Bolalarga tug`ri nafas olishni o`rgatish fizkultura mashqlari o`tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, o`tirganda tug`ri nafas olishni bolalarga o`rgatish kerak.
Yuqumsiz va yuqumli kasalliklar. Vitaminlar va ularning organizm uchun ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |