Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 0.76 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#250360
Bog'liq
shoxrux fiziologiya


Qudratov Shoxrux SO604-20

O’zbekiston xalq ta’lim vazirligi

Jizzax davlat pedagogika instituti
“Yosh fiziologiyasi va gigiyena” fanidan

Mustaqil ish


Bajardi: Qudratov Shoxrux

Savollar.

1. Jigarning organizmdagi axamiyati?

2. Yurakning tuzilishi ?

3. Teri gigiyenasi?



Jigar — hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm boʻlishi va soʻrilishida qatnashadi, yogʻ va uglevodlarni zaxiraga yigʻadi. Xordali hayvonlar va odamda J. — murakkab, xayot uchun muhim aʼzo. Baliq va amfibiyalarda J. sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilardagiga nisbatan kattaroq; yirtqich hayvonlarda oʻtxoʻr hayvonlarnikiga nisbatan katta. J. shakli hayvonning gavda tuzilishiga bogʻliq.

Odamda J. — organizmdagi eng katta bez (vazni 1200—2200 g). Qorin boʻshligʻida, diafragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar ostida yotadi. Rangi qizgʻish-qoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap boʻlagi bor. Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha J. darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan J.ga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va J.ning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan chiqqan yoʻlga qoʻshilib, oʻn ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi.



Jigar organizmning markaziy biokimyoviy lab.si boʻlib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yigʻib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sigʻishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi. J. oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. J.da hosil boʻladigan oʻt pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa baʼzi moddalar oʻt pufagi devoridan qonga oʻtadi.

Hazm sistemasidan qonga oʻtgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalanadi. Mac, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar) hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.

Jigar. pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin yemiriladi va bilirubin hosil boʻlib, eriydigan holga keladi. J.da yogʻsimon moddalar (lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa aʼzo, toʻqimalarga borib, moddalar almashinuvida. qatnashadi. J.da xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi.

Qon bilan J.ga keladigan moddalardan baʼzilari organizmga zararli boʻlishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa oʻt bilan chiqarib yuborish J.ning vazifasidir. Mac, qoʻrgʻoshin, mishyak va boshqa zaharli moddalar J.da ushlanib qoladi, soʻngra bezarar organik moddalar (koʻpincha oqsil moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi. Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil boʻladigan ammiak, qisman siydik kislota ham J.da mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi (mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir).



Organizmda zararli moddalar koʻplab paydo boʻlganda (maye, hazm aʼzolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) J. funksiyalari buziladi, bu esa ogʻir kasalliklarga olib keladi. J. kasalliklaridan oʻtkir va surunkali yalligʻlanish jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchrayd.Jigar odam organizmidagi eng katta parenximatoz organ bo’lib, 300 mlrd jigar hujayralaridan (gepatotsitlardan) tashkil topgan, bu hujayralarda 2000 turdagi fermentlar joylashgan bo’lib, ular organizmdagi hamma bioximik reaksiyalarda vositachi bo’lib organizmdagi hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Shuning uchun jigarni “organizmning kompleksli ximfabrikasi” deb atashadi. Jigar organizmni dezintoksikatsiyada, moddalar almashinuvini boshqarishda, o’t ishlab chiqarish va ajratishda katta rol o’ynaydi, qonni ivishini boshqaradi, immunitetni ushlab turadi. Metabolik funksiyasi. Jigar qand, oqsil, yog’ almashinuvida ishtirok etadi. O’t ishlab chiqarish va ajratish. Gepatotsitlar o’t ishlab chiqaradi va ajratadi, so’ng o’t yo’li orqali konsentratsiyasi bo’ladigan joyga, ya’ni o’t pufagiga o’tadi. Har kuni jigar 800 – 1000 mg o’t ishlab chiqaradi. O’t ingichka ichakda yog’larni hazm bo’lishida yordam beradi. Dezintoksikatsion ta’siri. Odam organizmidagi metobolik jarayonda hosil bo’ladigan toksinlar, parchalanish mahsulotlari ajralib, ular jigar orqali zararsizlantiriladi. Bu jarayonlar oksidlanish, qaytarilish, yoki noorganik molekulalar bilan qo’shilish orqali bo’ladi. Bu moddalar detoksikatsiyadan so’ng buyrak orqali chiqadi. Qon ivishga ta’siri. Qonning ivish xususiyatiga ta’sir qiluvchi va ishtirok etuvchi barcha omillar jigarda ishlab chiqariladi va ular koagulyativ (ivish) va antikoagulyativ (ivishga qarshi) sistemalarining ishida ishtirok etadi. Jigar funksiyasining buzilishi qon ivishining buzilishiga olib keladi. Jigar funksiyasining haddan tashqari buzilishi esa qon ketishdan o’limga olib kelishi mumkin. Immune funksiyasi. Jigar organizmdagi bor va hosil bo’lgan zararli moddalarni fagotsitlaydi (yeydi), shu orqali immune tizimi bilan bevosita bog’liqdir. Boshqa funksiyalari. Jigar bir qancha jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan organizmda qon hajmini va gidroelektrolit jarayonini boshqaradi. Agar jigar zararlangan bo’lsa, elekrtolitlar disbalansi kelib chiqadi (gipokalemiya, giponatremiya, gipokalsemiya, gipomagnemiya, gipoxloromik alkaloz), suv – natriy gomeostazi (muvozanatining buzilishi) rivojlanish mumkin (suv – natriy to’planadi) va shish paydo bo’ladi. Jigar disfunksiyasining namoyon bo’lishi. Jigar kasallanishi organizmdagi ko’pgina sistemalar ishining buzilishiga olib keladi. Misol uchun, jigar zararlanganda normal hazm qilish uchun kerak bo’lgan o’t ishlab chiqarish buziladi. Bu esa ishtaha pasayishi, ko’ngil aynishi, qusish va boshqalarga olib keladi. - Agar jigar hujayralari zararlangan bo’lsa, zardob aminotrasferaza oshishiga, xolinolipaza kamayishi kuzatilib, bu kuchsizlik, tez charchash, uyquchanlikka olib keladi. - O’t pigmentini almashinuvi buzilganda sariqlik kuzatiladi, qand almashinuvi buzilganda qondagi lipid miqdori o’zgradi, halesterin hosil bo’lishi va esterifikatsion funksiyaning pasayishiga olib keladi. - Yog’ almashinuvi buzilganda jigar semirishiga olib keladi. - Vitamin almashinuvi buzilganda paxilos, shabko’rlik, shish, osteoparozga olib keladi. - Qon ivuvchanlik buzilganda milk va burindan qon ketish kuzatiladi. - Garmon almashinuvi buzilishi, jinsiy faoliyatni susayishi, hayz siklining buzilishi, teri arteriolalarining kengayishiga olib keladi. Xitoy tibbiyotida jigar funksiyasi. Jigar qon bilan ta’minlovchi, qon ivishiga javobgar organdir. Agar jigar normal holatda o’z funksiyasini bajarsa, u holda yurakka qon tez keladi, miyani, qo’l-oyoqni, beshta asosiy organlarni, teri qoplamlarini oziqlantiradi va organizmning hayotiy kuchini tezda tiklaydi. Agar jigar funksiyasi buzilgan bo’lsa, holdan toyish, aqliy funksiyada tormozlanish paydo bo’ladi. Jigar ish faoliyati odam ruhiyatiga ta’sir qiladi. Agar jigar funksiyasi buzilgan bo’lsa, u holda kayfiyati past, depressive holat, o’ziga ishonmaslik va qo’zg’aluvchanlik, bezovtalik kuzatiladi. G’arb tibbiyoti qo’l-oyoqlarda tez-tez talvasa bo’lishi organizmda kalsiy yetishmovchiligidan deb hisoblashadi.

Yurak takroriy ritmik qisqarishlar orqali qonni tomirlarda yurgizuvchi organdir. Yurak qon aylanish tizimiga ega barcha hayvonlarda mavjud.

Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.

Yurakning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu. vazifasini qorin aortasi bajaradi.



Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.

Keyinchalik 1—3 yoshda Yu. qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yu.ning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 300 g , ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yu.ning uzunligi oʻrta yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yu. tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng .

Yurakning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa goʻgʻri keladi Yurakning oʻng chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan (oʻng III va V qovurgʻalar roʻparasida) 2—3 sm chetroqsa boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda Yu.ning oʻng tomondagi chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan 1,0—1,5 sm chiqib turishi mumkin. Yu.ning pastki chap chegarasi V qovurgʻaning oʻrta oʻmrov chizigʻidan 1,5 sm ichkariga Yu. uchiga toʻgʻri keladi.

Yurak chegarasi va vaziyati odam koʻkragining shakliga ham bogʻliq, qoʻkragi keng odamlarda Yu. pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday konstitutsiyaga ega boʻltan odamlarda Yu. gorizontal holatda turadi. Keng (uzunligi oʻrtacha boʻlgan) koʻkrak qafasida Yu. qiyshiqturadi. Ayollar yuragi bir oz kichik boʻlib, gorizontal joylashadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shugʻullanadigan odamlarda Yu.ning hajmi birmuncha katta boʻladi.

Yurak boʻlmachalari — venalar qonini qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng boʻlmacha katta qon aylanish doirasidan venoz qon olib keluvchi yuqorigi va pastki kovak venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka venalari quyiladi. Ikkala boʻlmacha qorinchalar bilan boʻlmachaqorincha teshiklari orqali tutashadi. Qorinchalar qisqarganda teshiklar tavaqali (qopqoqlar) klapanlar bilan berkiladi. Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri bilan kesishgan muskul tolalari va qorincha boʻshligʻiga chiqib turadigan soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu musqullar uchidan chiqqan payli tolalar boʻlmachaqorincha klapanlari tavaqalarining qirralariga yopishgan. Ular klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab burilishiga (koʻtarilishiga) toʻsqinlik qiladi.

Yurakning koʻkrak qafasida yurak xaltasi ichida joylashishi (yurak xaltasi kesib koʻrsatilgan).Aorta va oʻpka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan iborat. Yu. qisqarganda qon oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap qorinchadan aortaga quyiladi. Yurakning oʻng qorinchasidan oʻpka poyasi kichik qon aylanish, chap qorinchasidan aorta katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Yu. oʻz xaltasi — perikardga oʻralgan, devori 3 qavat: ichki endokard, oʻrta miokard va tashqi elmkardryan iborat. Epikard va perikard oʻrtasidagi tor boʻshliqsa boʻladigan seroz suyuqlik Yu. ishlayotganda Yu. devorlarining ishqalanishini kamaytiradi. Yu.ning muskul qavati — miokard boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay qisqaruvchi maxsus koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tarkib topgan, bu xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib turadi. Yu.ning boʻlmacha va qorincha muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va qorincha, chap boʻlmacha va qorincha orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola halqasidan boshlanadi. Lekin boʻlmacha muskullari, qorincha muskullari bir-biri bilan tutashmagan ayrimayrim fazada qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan boʻylama, sirtdan koʻndalang , qorinchalarda esa ichki, tashqi qavati boʻylama, oʻrtadagisi koʻndalangiga joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama muskullar Yu. choʻqqisida tutashadi, koʻndalang (oʻrta) muskullar tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq, asosan, muskul toʻqimasi va uni qoplab turgan endokard varagʻidan tuzilgan.

Miokardda bir-biriga bogʻliq alohida muskul tolalari bor, ular Yu.ning oʻtkazuvchi sistemasini tashkil etadi. Oʻng boʻlmacha devori, yuqori kovak venaning ochilish joyida kovak vena (sinus) "Kis Flyak" tuguni oʻrnashgan. Uning bir qism tolalari 3 tavaqali klapan asosi sohasida boshqa boʻlmachaqorincha (AshafTavar) tugunini hosil qiladi. Undan boʻlmachaqorincha (Gis) tutami boshlanadi. Bu tutam qorinchalararo toʻsiqda oʻziga tegishli qorinchalarga boruvchi chap va oʻng oyoqlarga ajraladi. Oyoqchalar endokard tagida alohida Purkinye tolalari bilan tugallanadi. Aortaning boshlangʻich qismidan chiquvchi oʻnt va chap toj arteriyalari Yu.ni qon bilan taʼminlaydi. Yu.ning yirik venalari, oʻng boʻlmachaga quyiladigan yurak sinusiga yigʻiladi (oʻng boʻlmachaga mayda venalar ham quyiladi). Yu.ni adashgan va simpatik nervlar innervatsiya qiladi. Bundan tashqari. Yu. oʻziga xos impuls oʻtkazuvchi yoʻllarga ham ega.

Yurak fiziologiyasi. Yu. faoliyati miokardning ritmik qisqarishiga asoslangan. Yu. qisqarishi sistola, boʻshashishi diastola deyiladi. Yu. avtomatik tarzda qisqaradi. Miokardning qisqarishini taʼminlaydigan impulslar Yu.ning oʻtkazuvchi sistemasida hosil boʻladi. Kovak vena (sinus) tugunida normada minutiga 60—80 marta hosil boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha miokardiga tarqalib, undan boʻlmachaqorincha tuguni hamda Gis tutami va oyoqchalari orqali qorinchalar miokardiga oʻtadi va ular qisqarishiga sabab boʻladi. Qorinchalarga oʻtish vaqtida impulslarning tezligi pasayadi. Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan boʻlmachalar qisqarishi ilgariroq tugallanadi. Yu.ning qisqarish va boʻshashish davri Yu. faoliyati siklini tashkil etadi. Bu sikl boʻlmachalar sistolasi (0,1 sek), qorinchalar qisqarishi (0,33—0,35 sek) va umum (qorinchalar va boʻlmachalar bir yoʻla boʻshashish fazasi) pauza (0,4 sek)dan iborat.Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon bosimi (oʻng boʻlmachada simob ustuni hisobida 1–2 mm dan 6–9 mm gacha, chap boʻlmachada 8–9 mm gacha) koʻtariladi. Natijada qon boʻlmachaqorincha teshigi orqali qorinchaga chiqadi.



Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga qonning faqat 30% i chiqib, 70% i umum pauza vaqtida bemalol oqib keladi. Qorinchalar sistolasi ham fazalarga boʻlinadi. Qorinchalar bosimi oshganda boʻlmachaqorincha klapanlari yopiladi, lekin yarimoysimon klapanlari ochilmaydi. Bunda (izometrik qisqarish fazasi) qorinchalarning barcha muskul tolalari qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi. Natijada qorinchalar bosimi aorta va oʻpka poyasidagi bosimdan ham oshgach, yarimoysimon klapanlar ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi; qonni haydash fazasi shu tariqa boshlanadi.

Odamda qonni tomir sistemasiga haydash Yu. chap boʻlmasi simob ustuni hisobida 65–75 mm, oʻng boʻlmasiniki 5–12 mm ga yetganda sodir boʻladi. 0,10—0,12 sek ichida yurak qorinchalari bosimi keskin [chap qorinchada simob ustuni hisobida 110–130 mm, oʻng qorinchada 25–35 mm ga (qonni tez haydash fazasi)] ortishi kuzatiladi. Qorinchalar qisqarishi (0,10—0,15 sek) qonni sekin haydash fazasi bilan tugallanadi. Keyin qorinchalar boʻshasha boshlaydi, ular bosimi tez pasayadi, yirik tomirlar bosimi koʻtarilib, yarimoysimon klapanlar yopiladi. Qorinchalardagi bosim 0 darajaga tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qon boʻlmachalardan qorinchalarga tusha boshlaydi. Bu faza tez (0,08 sek) va sekin (0,07 sek) toʻlish fazasiga boʻlinadi. Qorinchalar diastolasi ularga qon toʻlishi bosqichi bilan tugaydi. Yu. faoliyati sikli fazalarining davomiyligi oʻzgaruvchan, Yu. ritmi chastotasiga bogʻliq. Shuning uchun Yu. faoliyati sikli fazalarini tekshirish Yu. muskullari faoliyati holatini aniqlashning muhim usuli hisoblanadi. Yu.dan minut sayin haydalgan qon miqdori Yu.ning minutlik hajmi (MH) hisoblanadi, ikkala qorinchadan chiqqan qon miqdori baravar. Odamning tinch holatida Yu.ning minutlik hajmi oʻrta hisobda 4,5—5 l, Yu.ning bir qisqarishida haydalgan qon miqdori — sistolik hajmi oʻrta hisobda 65—70 ml ga teng .

Yurakning qisqarish kuchi va chastotasi organizm toʻqima va aʼzolarining kislorod va oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojiga mos holda oʻzgarib turadi. Yu. qisqarishini taʼminlaydigan impulslar oʻzida hosil boʻlsa ham faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Adashgan nervlar Yu. qisqarish kuchini susaytirib, maromini sekinlashtiradi, simpatik nervlar, aksincha kuchaytiradi. Yu. muskullari oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatiga ham ega: mas, yurakka qancha qon koʻp kelsa, u shuncha ortiq kuch bilan qisqaradi. Yu. muskullarining qancha kuch bilan qisqarishi uning choʻzilishi, yaʼni muskul tolalarining dastlabki (qisqarishidan avvalgi) uzunligiga bogʻliq. Muskul tolasi qancha tez choʻzilsa, shuncha kuchli qisqaradi. Bu yurak qonuni deb ataladi. Yu. kasalliklari haqida Yuraktomir sistemasi kasalliklari va boshqalarga qarshi.

Donishmand xalqimizning maqoliga ko’ra, teri sog’liq oynasidir. Uning funksiyalari normal o’tishi uchun teri doim toza bo’lishi zarur.

Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po’st tashlab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo’ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terining ustki qavatidan ajralgan po’st chiqindilari ter va yog’ bezlari suyuqligi bilan qo’shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog’ bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini ta’minlash buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ma’lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan vaqtda undagi mikroblar tirnoq tagiga kirib qoladi va qo’l sovunlab yuvilmasa, ovqat iste’mol qilganda ular hazm organlariga kirib, oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.



Terini toza saqlash gigiyenik madaniyatning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi, bolani yoshligidan qo’lini sovunlab yuvishga o’rgatish lozim. Qo’lni ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan chiqqanidan so’ng albatta sovunlab yuvish kerak, yuz, bo’yin sohalarni har kuni ikki marta - ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim.Teri kasalliklarini tarqatmaslik uchun har bir bolaning sochig’i, mochalka, tarog’i, ich kiyimlari, paypog’i shaxsiy bo’lishiga e’tibor berish kerak. Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoklarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.

Teri tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi toʻqimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki koʻp hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va baʼzi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman oʻzgarishi boʻgʻimoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, yaʼni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda koʻp qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va boʻgʻimoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli trasi va taʼsiriga chidamli boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi toʻqima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik boʻlishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va boshqa tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi.

Odam T.si 3 qavatdan — epidermis (epitelial qavat), oʻrta qavat — xususiy teri qavati (derma) va teri osti yogʻ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda koʻp nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha taʼsirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan boʻlsa, kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻtkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, koʻchib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi toʻqima va asosiy moddalardan tashkil topgan boʻlib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yogʻ va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yogʻ bezlari yuzda, bosh, koʻkrak va yelkada koʻp boʻladi; ular oʻzidan tarkibida yogʻ kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yogʻsimon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yogʻ bilan ter qoʻshilib, T. ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni oʻldiradi. Yogʻ bezlarining ishi maʼlum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bogʻliq. T. notoʻgʻri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, shoʻralaydi, qizil dogʻlar paydo boʻladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib toʻr hosil qilib, terining normal oziqlanishini taʼminlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari koʻp. Shular yordamida kishi ogʻriqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy taʼsirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi oʻrta chiziq sohasi terisi sezgir boʻladi.



Teriosti yogʻ qavati yogʻ bilan toʻla katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi toʻqimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., koʻz qovoqlarida butunlay boʻlmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin boʻladi. T. osti yogʻ qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining toʻlishiga va epidermis qalinligiga bogʻliq. Turli omillar, mas., quyosh nuri taʼsirida va ayrim kasalliklarda (qarang Pes) T. pigmentatsiyasi oʻzgarishi yoki pigment butunlay boʻlmasligi ham mumkin.

Teri organizm bilan tashqi muxit oʻrtasida toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yogʻ biriktiruvchi toʻqimalarning choʻziluvchanligi, T. osti yogʻ qavatining qalin boʻlishi organizmni turli mexanik taʼsirotlardan, shuningdek, uncha kuchli boʻlmagan ishqrr va kislotalar taʼsiridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon oʻtkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga toʻsqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek boʻlsa, unga karshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar taʼsiriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik koʻrsatadi, shu soha T.sida yalligʻlanish alomatlari paydo boʻladi. T. suv, tuz, oqsil, yogʻ, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyatga ega.

Chorva hayvonlari T.si — soch qatlami (jun), epidermis (terining sirt pardasi), derma (teri toʻqimasi) va teri osti yogʻ qatlamlaridan iborat. Soch qatlami qishda tana haroratini ushlab turadi, hoʻllanishdan asraydi, issiq vaqtda tanadan koʻp suv yoʻqolishining oldini oladi. Epidermis koʻp qavatli epitelial toʻqimalardan iborat. Epidermis soch qatlami suyet rivojlangan hayvonlar terisida qalin boʻladi. Epidermisda qon tomirlari boʻlmaydi. U dermadan membrana bilan ajralib turadi. Derma terining asosiy qatalami. U bevosita epidermis tagida joylashgan boʻlib, tolasimon oqsillardan kollagen, elastik va retikulinlarning murakkab tolalar oʻralmasidan iborat. Barcha hayvonlar dermasi soʻrgʻichli va toʻrsimon ikki qatlamdan tuzilgan. Dermaning qalinligi har xil hayvonlarda gʻar xil boʻlmay, balki bir xil hayvon tanasining har xil joyida qam har xil boʻladi. Eng qalin T. qoramollarda, eng yupqasi shimol bugʻusida. T. molning yelka qismida qalin, qorin qismida yupqa. T.ning ostki qatlami yumshoq gʻovaksimon toʻqimalardan iborat boʻlib, unda yogʻ zaxiralari yigʻiladi. T.da yogʻ va ter bezlari joylashgan. T.ning rangi pigment hujayralariga bogʻliq.





Hayvon T.si charmmoʻyna va yelim ishlab chiqarish.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yangi shilingan teri tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar, fermentlar mavjud, massasining 70% i suvdan iborat. T. xom ashyosi sifatiga hayvon turi, vazni, uning yashash, saqlanish sharoiti, iklim, ozuqa turlari taʼsir etadi.Qoramol T.sining vazni 25 kg dan ortiq, qoʻy terisining vazni 1—3,5 kg ni tashkil etadi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling