Yosh futbolchilarni tayyorlashning
Tanlashga doir ishlarni tashkil etish
Download 93.46 Kb.
|
Futbolchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik usullari
Tanlashga doir ishlarni tashkil etish
Bolalar o’rtasida futbol o’yini keng tarqalgan. Jumladan bolalar-o’smirlar sport maktablarining futbol bo’limlari barcha hohlovchilarbi qabul qilishga qodir emasligi ham shu bilan izohlanadi. Chunki bu maktablarning asosiy vazifasi – tanlab olingan bolalar kontenenti bilan ishlab, yuksak mahoratli o’yinchilar tayyorlashdan iboratdir Tabiiy tanlash o’rinbosarlar (rezerv) tayyorlash muammosini hal qilmaydi. Bu holda qobilyatsiz bolalar bilan bir qatorda, qobilyatli, ya’ni, odatda, mahsus sifatlar bo’yicha yetarlicha tayyorlanmagan, lekin yuqori potensial (imkoniyat) larga ega bo’lgan bolalar ham futbol maktabini tashlab ketadi. Ko’pgina murabbiylar eng qobilyatli bolalarni tanlab olish uchun turli mezonlardan foydalanadilar, biroq bu mezonlar ko’pgina holatlarda bir tomonlama yoki subyektiv holatlarda bo’ladi shu bilan birga, tanlash ishi umuman stihiyali ravishda olib boriladi yoki ko’pncha, murabbiylar bolalarning nazorat oyinlarida ko’rsatadigan va avvalda qaror topgan tehnik-taktik malaka va ko’nikmalariga qarab ish yurutadilar. Bolalarning tezlik kuch sifatlari va harakatlar koordinatsiyasi, tez fikrlashi, irodaviy sifatlarining yuqori darajadagi, shuningdek yangi materialni tez ozlashtirib olishiga asoslangan imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Yosh futbolchilarni tanlash ishi boshidan ohirigacha yahshi tashkil etilgan bo’lishi kerak. Dastlab bolalarni jalb qilish va ularning sport maktablariga ommaviy ravishda kelishini ta’minlash choralarini ko’rish lozim. Eng avvalo, nomzodlarni yaqin orada joylashgan turar joy va maktandan tanlash maqsadga muvofiqdir, shunday qilinganda, ko’p yillik tayyorlash jarayonini tashkil etish va tekshirib turish oson bo’ladi. Hoxlovchilarni qabul boshlanishidan ancha oldin bu haqda habardor qilish kerak. Biroq faqat gazetada e’lon qilish yoki radio orqali ahborot berish zarur samara bermaydi. Murabbiylarning maktablarga kelishi va tanlash ishi boshlanishidan 4-5 kun oldin bolalarni habardor qilishi eng yahshi vositadir. Bolalar kirish imtihonlariga maktab vrachidan o’z salomatliklari haqida ma’lumotnoma olib kelishlari kerak. Tanlash ishi boshlanishiga qadar qabul komissiyasini tashkil etish va invertarlarni, mashg’ulot joylarini, nazorat sinov “stsnsiya”larini puhta tayyorlab qo’yish, shuningdek, natijalarni qayd qilish uchun bayonnomalar tuzish zarur. Download 93.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling