Yosh futbolchilarni tayyorlashning
II-BOB. O`QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH UCHUN ILMIY-AMALIY TAJRIBA
Download 93.46 Kb.
|
Futbolchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik usullari
II-BOB. O`QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH UCHUN ILMIY-AMALIY TAJRIBA
2.1. O`quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun ilmiy-amaliy tajriba Ilmiy-uslubiy adabiyot manbalarini tahlil etish va amaliy tajribalarni umumlashtirish. a) ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili; Pedagogik sinov-tajriba o`tkazish. Jismoniy rivojlanish darajasini aniqlash. Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash. Olingan ma`lumotlarni matematik-statistik usulda tahlil qilish. Ilmiy-uslubiy adabiyot manbalarini tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtirish.Maktab sinf o`quvchilarini jismoniy tayyorgarligini oshirishga bag’ishlangan ilmiy uslubiy adabiyotlar, o`quvchilarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanishlari o`rganildi. Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida pedagogik kuzatishlar olib borildi. Futbol sport turini rivojlantirish va nazorat qilishning tahlili jarayonida maktab sinf o`quvchilari uchun futbol sport turida dasturida berilgan materiallarning uzluksiz tahlili tarbiya tizimi asosida uzviyligi va mosligi aniqlandi. O’quvchilarning sinf o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning jinsiga, yoshiga, jismoniy rivojlanishiga va tayyorgarligiga qarab aniqlandi. O’quvchilarning jismoniy tarbiyasi vositalariga jismoniy tarbiya darslari, maktab o`quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlari, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlar, harakatli va milliy sport o`yinlari va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Andijon shaxar Sho‘rbuloq futbol maktabi pedagogik sinov-tajriba ishlari olib borildi. Sinov- tajriba sinfida o`quvchilar bilan jismoniy tarbiya darsi, o`quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlari, ochiq havodagi harakatli o`yinlar, sport va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo`yicha to`garak ishlari o`quvchilar harakat faolligini oshirishga qaratilgan tarzda o`tkazildi. Nazorat sinfida o`quvchilarining jismoniy tarbiya darslari dars jadvali asosida o’quvchilarningh sinf jismoniy tarbiya dasturiga suyangan holda o`tkazildi. Sinov-tajriba o`tkazuvchi shaxs tomonidan nazorat sinfida jismoniy tarbiya darsiga hech qanday o`zgartirishlar va ta`sir ko`rsatilmagan. Download 93.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling