1 – boshlovchi: Bizlar YOSH KIMYOGARLAR, Bo`lajak Beruniy – u Sinolar. Izlanib topdik shior, Fanimiz naqadar maftunkor.
2 – boshlovchi: Fikrimiz zarrin ko`zadek, Sezadi atomlar sirin. Kashf etib yangilik KIMYOda, Yechamiz tabiat sirin. Ota – bobolar hokini gar ko`msa tuzlar, Urganchni, xivani unutsa ko`zlar, Biz qayda, kimlarga egamiz boshni.
1 – boshlovchi: Rahmat senga har ishda Elga hamkor kimyo. Xizmatingdan el minnatdor, Chin madadkor KIMYO
2 – boshlovchi: Mana hurmatli ustozlar, aziz o`quvchilar. Bugun Mart oyi – TABIIY FANLAR fan oyligiga bag`ishlab o`tkazilgan “YOSH KIMYOGARLAR” nomli tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. Tadbirimizni xulosalab, yakunlab berish uchun so`zni maktabimiz “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari” Iqboljon domla Karimovga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |