Yosh kitobxon


Download 30 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi30 Kb.
#1304414
Bog'liq
23-maktab Yosh kitobxon bayonnomasi.


ANGREN SHAHAR XTBGA QARASHLI
7– UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA
BO‘LIB O‘TGAN “YOSH KITOBXON”TANLOVI
YIG‘ILISH
B A Y O N N O M A S I
2.11.2022 yil Chinniobod MFY

Yig`ilish raisi: B.S.Nuridinov


Yig`ilish kotibasi: D.Madraimova
Qatnashdi: maktab pedagogik jamoasi

K U N T A R T I B I D A :


11-noyabr - O’zbekiston Kasaba uyushmalari kuni bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovini maktab bosqichini o`tkazish to`g`risida.


Kun tartibidagi masala yuzasidan ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o`rinbosari D.Toshmatova so`zga chiqdi.


E S H I T I L D I :
Assalomu alaykum, aziz hamkasblar.Prezidentimizning tashabbuslari bilan qilinayotgan ishlar, kitobga bo`lgan e`tibor, kitobxonlarga bo`lgan e`tibor siyosat darajasiga ko`tarilyapti .Hozirda Respublika miqiyosida “Yosh kitobxon” tanlovi g’oliblarining munosib taqdirlanayotganligi barchamiz uchun quvonchlidir.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovini maktab bosqichini o`tkazish va shunday tadbirlarni tashkil qilish o`quvchi yoshlarni badiiy adabiyotlarga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tanlov maktab o`quvchilari tomonidan ko`tarinki ruhda o`tkazildi. Tanlovda 9-10-11-sinf o`quvchilari ishtirok etishdi. Kitobxonlar yuqori saviyada tayyorlanishgan. Ro`yxatda ko`rsatilgan adabiyotlar bilan ta`minlash va o`quvchilarga yordam berish hamda tanlovni tashkil qilish bilan maktab kutubxona mudirasi G.Djurayeva shijoat bilan ishlaganligi ko`rinib turibdi. Tanlovda g`olib bo`lgan 1 nafar ishtirokchi e`lon qilindi.
Shu masala yuzasidan maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi G.Iskandarova ham so‘zga chiqib o‘z fikr – mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Yuqorida so‘zga chiqqanlarning fikr – mulohozalari inobatga olinib, yig‘ilish
Q A R O R Q I L A D I :
1. D.Toshmatovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2022-2023-o`quv yili davomida maktab miqyosida kitobxonlik tadbirlarini doimiy ravishda o`tkazib borilsin.
3. O’zbekiston Kasaba uyushmalari kuni bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovini maktab bosqichida 1- o`rinni egallagan o`quvchi shahar tadbirida qatnashishini nazorat qilish kutubxona mudirasi G.Djurayeva hamda MMIBDO` D.Toshmatova zimmasiga yuklatisin.

Yig‘ilish raisi: B.S.Nuridinov.


Kotiba: D.Madraimova
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling