Yosh mutaxassisni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish toʼgʼrisida shаrtnomа


Download 20.58 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi20.58 Kb.
#1160927
1   2   3   4
Bog'liq
3 томонлома шартнома битирувчи уз

II. SHАRTNOMАNING HUQUQLАRI
2.1. Oliy taʼlim muassasasi:
2.1.1. Noyob taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklar boʼyicha ehtiyoj koʼp boʼlgan taqdirda «Potentsial ish beruvchi» larni tender asosida tanlash.
2.1.2. Talaba oʼquv amaliyotini oʼtash uchun «Potentsial ish beruvchi» ning intellektual va moddiy-texnikaviy bazasining imkoniyatlarini oʼrganish va shu asosda tegishli taklif kiritish.
2.2. «Potentsial ish beruvchi»:
2.2.1. «Oliy taʼlim muassasasi» oʼquv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan oʼz takliflarini berish.
2.2.2. «Bitiruvchi»ning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida qatnashish.
2.3. «Bitiruvchi»:
2.3.1. Oʼqish faoliyati davrida belgilangan amaliyotlarni «Potentsial ish beruvchi» korxonasida oʼtishi.
2.3.2. Taʼlim muassasasini bitirgandan soʼng, ega boʼlgan mutaxassisligi doirasida ish bilan taʼminlashni talab qilish.
III. TOMONLАRNING MАJBURIYATLАRI
3.1.Oliy taʼlim muassasasi:
3.1.1. «Bitiruvchi»ning Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonuni asosida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar talablariga javob beradigan malakali mutaxassis etib tayyorlash.
3.1.2. «Potentsial ish beruvchi»ga «Bitiruvchi»toʼgʼrisida tegishli tavsiyanomalar berish hamda «Bitiruvchi»ning korxonadagi mehnat faoliyati monitoringini olib borish.
3.1.3. «Bitiruvchi» ishga joylashgandan keyin 3 yil davomida unga zarur uslubiy yordam koʼrsatish.
3.1.4. Shuningdek, tomonlarning roziligiga asosan quyidagi shartlarni bajarish majburiyatini ham oladi:
a) Bitiruvchiga 3 yil davomida rahbarlik qiluvchi xodimni tayinlash.
3.2. «Potentsial ish beruvchi»:
3.2.1. «Bitiruvchi»ni tegishli tartibda Oʼzbekiston Respublikasinig mashgʼulotlar milliy standarti Tasniflagichi (Klassifikatori)ga muvofiq ish bilan taʼminlash.
3.2.2. «Bitiruvchi»ga mehnat faoliyati davomida uslubiy yordamlar koʼrsatish.
3.2.3. Quyidagi ijtimoiy yordam va imtiyozlar koʼrsatish:
a) Namunali ishlagan “Bitiruvchi” ga mukofotlar toʼlash ;
b) Uch yil ishlab bergandan keyin unga tavsiyanoma berish.

Download 20.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling