Yosh o'qituvchilarning hushmuaomalaligi nazokati dilkashligi va pedagogika takt Reja
Download 31.52 Kb.
|
Yosh o\'qituvchilarning hushmuaomalaligi nazokati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Psixologlar o‘qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar
muloqotda zaruriyatning mavjudligi muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish O‘qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi; inson tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi; xushmuomalalilik va shirinsuxanlik empatiya va o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan o‘tkir zehnga ega bo‘lish ma’lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masalan, muloqot jarayonining natijalariga emas, balki o‘ziga nisbatan qiziquvchanlik) kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, munosabatni, vaziyatni aniq mo‘ljalga olish Rus olimi A.V.Mudrik o‘z ilmiy tadqiqotlarida o‘qituvchining xushmuomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko‘nikma hosil qilishga nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI I. O‘zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi? Yolg‘iz o‘zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo‘lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg‘iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi? Ko‘chada tanishingizni ko‘rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi? Tanish do‘stlaringiz ko‘pmi? Nima deb o‘ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi? Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi? Telefonda uzoq gaplashasizmi (do‘stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)? Sizda ba’zan shunday holat bo‘ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg‘iz o‘zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o‘tmasdan, siz yana kishilar va do‘stlaringiz bilan muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi? Ba’zan tanishlaringiz haqida o‘ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi va suhbatning lozim bo‘lgan mavzusi ham topiladimi? II
O‘quvchilar bilan muloqotga kirishish istagida doimiy ehtiyojni his qilasizmi? Ishdan bo‘sh vaqtlaringizda bolalar va o‘quvchilaringiz haqida o‘ylaysizmi? Sizda shunday holat bo‘ladimi: masalan, o‘qigan kitobingiz haqida yoki ijtimoiy hayotda ro‘y bergan biror taassurotli hodisa haqida o‘quvchilaringizga aytib berish, o‘z mulohazalaringizni bildirish istagi paydo bo‘ladi? Bu holatingizni batafsilroq sharhlab bering. Bolalar, sinf, ular bilan muloqot qilish haqida o‘ylaganingizda sizda birdaniga o‘qitish, tarbiyalash istagi paydo bo‘ladimi? O‘quvchilarga ta’til berilgan paytlarda ular bilan muloqot qilish istagi sizda paydo bo‘ladimi? Sizning ishchanlik faoliyatingizga, o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqot jarayonini qanday tashkil etish va ular haqida o‘ylashingiz ta’sir etadimi, nima deb o‘ylaysiz? O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar oldidan maktabga kelganingizda siz qanday taassurotni his etasiz? Batafsil tahlil qiling. Ma’lumki, tanaffus payti – ta’lim muassasasi hayotida sershovqin payt. Bu vaqtda sizni qanday his-hayajon qamrab oladi: befarqlik, asabiylashish holati, charchoq va toliqish, o‘quvchilarni kuzatish va ayrimlariga tanbeh berish istagi, bu ko‘rinishdan qoniqish hissi? Dars oldidan o‘qituvchilar xonasidasiz: sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqot haqida o‘ylaysizmi, bu o‘y va fikrlar ishchanlik kayfiyatingizga qanday ta’sir etadi? Sinfga kirib kelishingiz, o‘quvchilar bilan salomlashish, umuman darsning boshlanishi, ushbu vaziyatlar sizga qanday ta’sir etadi (tez harakat qilishga da’vat etadi, ishchanlik kayfiyatini uyg‘otadi, tetiklantiradi, ko‘ngillarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, umuman ta’sir qilmaydi va hokazo.)? II
Dars jarayonida o‘zlashtirmovchi va intizomsiz o‘quvchilarga nisbatan asabiylashish holatingizni oson bartaraf eta olasizmi? Siz uchun o‘quvchilar bilan dars jarayoni qiziqarlimi, yoki o‘zingizni ko‘proq betaraf his qilasizmi? Sinf jamoasi bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilmasa, o‘zingizni qanday his qilasiz: qayg‘urasiz, munosabatni yaxshilashga urinasiz, befarqsiz, o‘z aytganingizni majburlab bajartirasiz, o‘quvchilar fikrini ham ma’qullaysiz? Dars jarayoni yaxshi o‘tganidan qoniqishni his qilasizmi? Bu sizning ishchanlik kayfiyatingizga ta’sir etadimi, o‘quvchilar bilan muloqot qilish zaruriyatini keltirib chiqaradimi? O‘quvchilaringizni ko‘chada, mahallada ko‘rib qolgan paytlaringizda, ular bilan suhbatlashish istagi paydo bo‘ladimi? Transportda, ko‘chada yurgan betaraf vaziyatlaringizda o‘quvchini kuzatib, uning ruhiy holatini tushunish istagi paydo bo‘ladimi? Sinfda dars o‘tish davomida siz uchun ma’lum bo‘lgan holatni tahlil qiling: o‘quvchilarni tushunishga intilish, ularning kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini his qilish, sinf jamoasining kayfiyatidan qat’iy nazar belgilangan dars rejasini amalga oshirish. Darsga tayyorlanayotgan paytingizda yangi mavzuni o‘rganish bo‘yicha turli pedagogik texnologiyalarni tanlash bilan bir qatorda, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish variantlarini ham o‘ylab olasizmi? O‘quvchidan jahlingiz chiqsa, sizning asabiylashgan holatingiz uzoq vaqt davom etadimi? O‘qituvchilik kasbingizni o‘zgartira olarmidingiz? Agarda o‘zgartirsangiz, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz? III.
O‘quvchilar bilan odatiy, nisbatan barqaror pedagogik muloqot usullari sizda shakllanganmi yoki yo‘qmi: uni tahlil qiling? Siz tanlagan muloqot usullari pedagogik faoliyatingizda sizga qanchalik yordam beradi deb o‘ylaysiz? Siz o‘zlashtirgan muloqot usullari dars jarayonida paydo bo‘ladigan kutilmagan vaziyatlarda qanday ahamiyatga ega? Siz odamlar bilan kundalik muloqot qilish va sinf jamoasiga dars o‘tish davomida o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotni farqlay olasizmi? Agar farqlasangiz, bu farqlar nimalardan iborat? Sinfdagi pedagogik muloqotingiz paytida odamlar bilan kundalik muloqotdan farqli nimalar paydo bo‘ladi? Sinf jamoasi bilan pedagogik muloqot usullarini, ba’zan kishilar bilan odatiy kundalik muloqot qilish vaziyatiga ko‘chirgan holatlaringiz bo‘ladimi? Tahlil qiling. Ta’lim jarayonida pedagogning odob-axloq va nazokatiga (yaxshilik qilish, muruvvat ko’rsatish, kechirimli bo’lish, mehribon bo’lish, pedagogik jihatdan talabchanlik, burch va mas’uliyatni anglab yetish, adolatli bo’lish, vaziyatga qarab qattiqqo’llik qilish va h.k.) axloq me’yorlariga amal qilmaslik. Pedagogik nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun ziddiyatlarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogik qobiliyatli bo’lishi, o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quydagi turlar mavjud bo’lmog’i lozim. Bilish-qobiliyati o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha kuzatib borishi kerakdir. Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera olish muammoli ziddiyatli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib berish: kuzatuvchanlik qobiliyati-o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyoga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish. Ta’lim jarayonida o’qituvchi nizolarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individual xususiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh talabalarini harakteri, temperamentiga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida konfliktlar yuzaga kelmaydi. O’zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat. Pedagogik vaziyat ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradigan turli xil shart-sharoitlardir. Pedagogik vaziyatda shunday holatlarga duch kelishimiz mumkin. Ta’lim jarayoni olib borilayotgan, ya’ni o’qituvchi ma’ruza o’tayotgan paytda talabalarimiz tushunmagan narsalarni o’z vaqtida o’qituvchining fikrini to’xtatib savolini beradi. Agar pedagog o’z fanini puxta egallagan bo’lsa, savolga javob berib, keyin ma’ruzani davom ettira oladi. Bunday pedagogik vaziyatda ayrim pedagoglarimiz fikrim bo’lindi deb talabalarga tanbeh beradi. Bu vaziyatdan chiqishga qiynalib qoladilar. Ayrim guruhlarda iqtidorli talantli talabalarimiz borki, ularning fikrlari juda keng turli xil mavzudagi savollarni o’rtaga tashlaydilar, bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak, o’qituvchi biladi, lekin talabaga kengroq umumiyroq tushuntirmay yana savol beraveradi. Demak, bunday vaziyatda o’qituvchi darsni bahs munozara tarzda tashkil qilsa, guruh talabalaridan yangi-yangi fikrlarni eshitishi va so’ng umumiy xulosa qilib o’z fikrlarini bildirishi lozimdir. Pedagogik vaziyatlarda ham pedagogik konfliktlarni ko’rishimiz mumkin. Darsni bahs- munozara shaklida qarama-qarshilik, tafovut, mojoralarni oldini olishda talabalar bir-biriga bildirayotgan fikrlarini ba’zan umuman rad qilib tashlaydilar. Pedagogik vaziyatda talabani ham fikrlarini qaysidir tomonlama to’g’riligini ta’kidlash pedagogni pedagogik vaziyatdagi yutug’idir. To’qnashuv qarama-qarshilik ziddiyatlar guruhlarda jamoalarda vujudga keladi. SHaxsning jamiyatdagi o’rni o’zini qanday tutishi egallangan mavqeyi ham sababsiz o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga oshishi va shaxs xulq atvorini tushuntirish uchun pedagogik konfliktologiyada motiv tushunchasiga to’xtalamiz. Motiv aniqroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Jamiyatimiz keng qamrovli bo’lib, u yerda turli xil harakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo konfliktlar albatta faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Masalan, guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmunni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, konfliktlar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’g’riligini isbotlay oladilar, bunday holatlarda konfliktni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida konfliktlarni ko’rishimiz mumkin. SHaxslar o’z ustida ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular konfliktlarni yechimini ham topadilar. Bunda muloqot pedagogik konfliktlarning yechish va boshqarishning usuli sifatida namoyon bo’ladi. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan, yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’xshash vositalar) bilan amalga oshiriladi. Oilada konflikt, muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin. O’zaro munosabatlarga kirishilganda konfliktni yuzaga kelishmasligini asosiy sabablari, o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim. Har qanday faoliyatdan zerikishi mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elementar funksiyasi suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik konfliktlarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liqdir. Noto’g’ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomola yoki muloqotga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni - tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «yaxshi suhbatdan -yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot - o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola -munosabatlar katta o’rin egallaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011. 2.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toskent, 2006. 3.Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115 4.Оmоnоv Х.T., Mаdiyarоvа S.А. vа bоshq. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа pеdаgоgik mаhоrаt. Mаgistrаturа uchun dаrslik. – T.: Iqtisоd-Mоliya, 2009. 5.Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. 6.Yuzlikаyеvа E.R., Mаdyarоvа S.А., Yanbаrisоvа E.E., Mоrхоvа I.V. 7.Tеоriya i prаktikа оbщеy pеdаgоgiki. – T., 2013. Download 31.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling