Yosh psixologiyasining tadqiqot
Download 99.44 Kb.
|
YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish — kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodif-
22 larga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim: Asosiy metodlar Kuzatish Psixologik holatlarning sabablarini ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi tadqiqot metodi. Eksperiment Psixologik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatlariga faol aralashuvi Hayotiy kuzatish m a’lumotlarini qayd etish bilangina cheklanib, tasodifiy xarakterga ega. Ilmiy kuzatish m a’lumotlarni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib berishga o‘tish, uning zaruriy sharti — aniq reja va natijalarni maxsus kundalik yoki bayonnomalarda qayd etishdir. Laboratoriya eksperimenti maxsus yaratilgan sharoitlarda, maxsus (apparaturalar) asbob uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi xatti-harakatlari ko‘rsatma orqali belgilanadi. Tabiiy eksperiment oddiy hayotiy sharoitlarda o‘tkazilib, turli yosh davrlarida bilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Psixologik-pedagogik eksperiment Aniqlovchi Shakllantiruvchi Nazorat Yordamchi metodlar Faoliyat mahsulini tahlil qilish Tarjimai hoi metodi Sotsiometriya Anketa Suhbat Egizaklar metodi Test 2-rasm. Yosh va pedagogik psixologiya metodlari. 1. Maqsadga yo'nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish. 2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim. 3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim. 4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin. 5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur. 6. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim. 7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak. Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular: 1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi. 2. Qayd etishdagi xatolar. 3. Qaytarish imkonining yo‘qligi. 4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm. Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud. Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak. Tug'ilgandan 2—3 oygacha — har kuni; 2—3 oydan 1 yoshgacha — har hafta; Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda; 3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta; 7—11 yoshda — 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. E ksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham imkon beradi. Kuzatishdan farqli olaroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo'nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo'riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga kola, eksperiment olkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bola oladi. 0 ‘quvchilardan bir guruhi o‘rganilishi lozim bolgan material bilan tanishtiriladi va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib bolgach, o‘quvchilarga olilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallangan yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi. Download 99.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling