Yosh tilshunos


Download 11.9 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi11.9 Kb.
#1725322
Bog'liq
2 5442960871095544670



Chirchiq shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
Yosh tilshunos” nomli to‘garagida 2022-2023 o‘quv yilida
voyaga yetmaganlar bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari
olib borilgan ishlari haqida yillik
M A’ L U M O T N O M A

Ona tili fanini o‘qitish barobarida yozma nutq savodxonligi darajasini baholovchi topshiriqlar: matn yaratish, ijodiy bayon, insho yozish, shuningdek, darslikdagi matnli mashqlarni bajarishi orqali o’quvchining ijodiy fikrlash doirasi o‘rganiladi. O‘quvchilarning berilgan mavzuga mantiqan yondashganligi, kreativlikning shakllanganligi tahlil qilinadi. Tahlil natijasiga ko‘ra aniqlangan, mavzuga ijodiy munosabati o‘rta va sust yondashilgan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash uchun to‘garaklarda mashg‘ulotlar olib boramiz. Ya’ni, o‘quvchida ijodiy, tahliliy, xulosaviy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantiruvchi qulay va natijaviy usullarni izlaymiz, o‘rganamiz, targi‘b etamiz.


Bilamizki, nutqning boyligi tasavvurning kengliga asoslanadi. Demak, o‘quvchida (mavzuga oid) tasavvur dunyosini shakllantirishga va rivojlantirishga asoslangan mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi ularning ijodiy fikrlashiga zamin bo‘ladi. Mustaqil yondashishga qiynaladigan o‘quvchilarning tasavvurini boyitish, kreativligini shakllantirishga yo‘naltirilgan to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarni so‘z boyligini oshirishga, ma’naviyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Yosh tilshunos” nomli to‘garakda 2022-2023 o‘quv yili uchun tasdiqlangan reja asosida dars mashg'ulotlari muntazam o'tildi. To‘garak a’zolari 14 nafardan iborat. To‘garak haftada ikki marta chorshanba 1210 -1255 va shanba kunlari soat 1210 dan 1255 gacha mashg‘ulotlar olib borildi.
Oktyabr oyida to‘garak a’zolari oktyabr – ona tili va adabiyot fan oyligida faol qatnashdilar.
2022 yil, 30-sentyabrda ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz- otadek aziz” nomli tadbirda faol ishtirok oʻquvchilar oʻzlarining sahna koʻrinishlari bilan olqishlarga sazovor boʻldilar.
2022 yil, 21-oktabrda “Til millat ko’zgusi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda to‘garak a’zolaridan Mirzayev Islombek, Azimova Marjona, Choriyeva Odinalar faol ishtirok etishdi.
2022-yil, 15-dekabrda 5 "v" sinf oʻquvchilari bilan “Adabiyot” fanidan oʻqilgan barcha asarlar yuzasidan savol-javob hamda sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
09.02.2023 sanasida Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda ham oʻquvchilar faol ishtirok etishdi. Bo’lib o’tgan bu tadbirlar o‘quvchilar bilimi yanada puxta bo`lishiga va ulardagi qiziqishlarni boyitishga zamin yaratdi. Maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan”Vatan sog‘inchi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichida 6-“V” sinf o‘quvchisi Utkirova Madina 80 ball bilan faxrli III o`rinni egalladi.
Maktabimiz o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi fikr” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovida to‘garak a’zosi Raximberdiyev Bekjon 86 ball bilan faxrli II o`rinni egalladi.
Tanlovda faol ishtirok etgan, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar maqtov yorliqlari bilan rag‘batlantirildi.

Iqtidorli o‘quvchilarimiz maktabda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarga, tashkiliy jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda, jumladan “Xalqaro xotin qizlar” kuniga bag‘ishlab 2023 yil 7-martda o‘tkazilgan “Ayol bilan munavvar olam” nomli tadbirda, 21-martda o‘tkazilgan “Xush kelding-Navro‘z” nomli tadbirda faol ishtirok etishdi.


Iqtidorli o`quvchilarning ota-onalari bilan doimiy ravishda muloqot olib borildi hamda ular erishgan yutuqlari uchun munosib taqdirlanib, rag`batlantirib borildi. Oʻquvchilarning hikoya yozishlari, oʻzlari ijod namunalari bilan doʻstlari bilan oʻrtoqlashishi adabiy muhitning yanada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.


To‘garak rahbari: N.A.Xakberdiyeva
Download 11.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling