Yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi


Download 27.26 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi27.26 Kb.
#1124209
  1   2   3

Yoshga oid fiziologiya va o’smirlar gigiyenasi-umumiy fiziologiyaning bir qismi bo’lish bilan birga, tibbiyotda o’rganiladigan gigiyena va sanitariya fani sohalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Atrof muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o’rganadi va o’sayotgan avlodning sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan mutadil o’sish va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan barcha fiziologik va biokimyoviy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Yosh fiziologiyasining asosiy vazifasi o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, yaxlit organizm, uning organlari, tizimlari,to’qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funksiyalar evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o’zaro munosabatlari va ular o’rtasida bog’lanish sabablarini aniqlaydi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po’stlog’ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida yetakchi rol o’ynashini tushunib olishga yordam beradi. O’qish jarayonida bolalar va o’smirlar gigiyenasi, umumiy gigiyena, mikrobiologiya, epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga tayanadi.
-Bolalar va o’smirlar gigiyenasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o’smirlar organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash yesa kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq yetish imkoniyatini yaratadi. O’sib kelayotgan avlodning sog’liq darajasi joriy yetilgan sog’lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o’laroq, kelgusida yana qanday qo’shimcha gigiyenik tadbirlar ko’rish kerakligini ham belgilab beradi.
-Bolalar va o’smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlarning bu sohasida o’sib kelayotgan avlodning turli ishlar bilan shug’ullanishida (bolalar muassasalarida o’qish, jismoniy ish bajarish, jismoniy tarbiya) gigiyenik tadbirlarni qo’llash va natijalarini aniqlash ko’zda tutiladi. Bunda bolalarning sog’ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko’rish asosiy masala hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida yasli, bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to’g’ri tuzilishiga xizmat qiladi;

Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling