Yoshlar kutubxonasi


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana05.01.2022
Hajmi1.53 Mb.
#220997
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O'n sakkizga kirmagan kim bor. Xolmirzayev SH

1c

 * *


Tilov  erta  ketadigan kuni Umida  tun bo‘yi  mijja  qoq- 

may chiqdi. Mashina yonida eri bilan xayrlasharkan, sassiz 

shunday yig‘ladiki,  go‘yo Tilov uch yilga  emas, manguga 

ketayotganday edi. Tilovni ham favqulodda hayajon bosib

qandaydir, qo‘rqinchli bir narsaning boshlanayotganini, ya- 

qinlashayotganini his etdi, ammo o‘zini tutdi.

-  Yig‘lama, -  dedi Tilov Umidaga, -  yig‘lama. Hade- 

may  uch  yil  o‘tib  ketadi...  Biz  ikkalamiz  birga  institutga 

ketamiz.

Oila a’zolari o‘zaro kelishib, Tilov harbiyni bitirib kelgu- 

nicha Umidaning uni kutishiga,  ungacha biror maktabning 

drama to‘garagida ishlab turishiga qaror qilgan edilar.

-   Sen  artist  bo‘lasan,  men  -   injener.  Ko‘rasan,  bu 

tog‘dan  bari  bir  suv  chiqaraman,  Umida.  Umida,  xudo 

ursin,  men  aniq  eshitdim.  Tog‘ning  tagida  suv  bor  ekan. 

Bir  vaqtlar  uni  injenerlar  ham  tekshirishgan  ekan.  Lekin 

u  suvni  ochsalar,  bu  qishloqni  ham,  yaqin-atrofdagi  qish- 

loqlamiyam  suv bosib  ketarkan.  Lekin  men uning  yo‘lini 

topaman.  Ochaman.  Keyin  u  suvni  dashtimizga  olib  bo- 

raman.  Sen  bilmaysan  bizning  dashtni.  U  yerda  hamma 

narsa bor.  Faqat  suv  yo‘q.  Kichkinagina  daryochasi  nima 

ishni qila olardi. Suv bo‘lsa, mana shu yerdagi chorbog‘lar- 

day bog‘lar bunyod bo‘ladi.  Balki bu yerdan ham chiroyli 

bo‘lib  ketadi.  Boyaqish buvimizni  eslaysanmi?  Nima  deb 

vasiyat qilgan edilar.  Uning vasiyatini juda o‘rinlatib ham 

bajaramiz  shunda.  Umidam,  men  suv  chiqargandan  keyin 

seni Shirin deb atayman, xo‘pmi?

Umida uw os tortib yig‘lab yubordi.

Tilov Zaynabxon bilan xayrlasharkan:



-  Keliningizga ehtiyot bo‘ling,  opajon.  Bitta iltimosim 

shu, -  dedi. So‘ng Jamshidning yoniga bordi. -  Mana, uka, 

parvoz qiladigan bo‘ldik.

-  Sizga havasim keladi, aka.

Tilov kulimsiradi.

Tilov  otasi  bilan  uzoq  gaplashdi.  Ota  uning  gaplarini 

diqqat  bilan  eshitdi-da,  u  so‘zini  tugatgach,  bir  narsadan 

hayron bo‘lgan kishiday, o‘g‘liga parishonhol boqdi, so‘ng 

o‘qraydi. Tilov esa boshini egib, xo‘rsindi.

Uyga qaytib kelisharkan, Jalolov Jamshid bilan Umida- 

ga tikilib-tikilib qaradi.

*  * *


«Buyog‘i nimabo‘ladi?» -  deb o‘yladi Umida shu kecha 

va shu kecha birinchi marta burilib, orqasiga, bosib o‘tgan 

yo‘liga  qaradi.  Bolalik...  0 ‘yinqaroq  bolalik...  0 ‘qish... 

Jamshid... Obrazlar... 0 ‘ch... Tilov... Kelin... Uy...

«Nima  bu?»  Umida  birdan  o‘z  hayotida  hech  qanday 

ma’nili,  tabiiy bir narsani  ko‘rmadi.  Nazarida,  shu kunga 

qadar  qandaydir  bir  rolni  o‘ynab  kelayotgandek  edi-yu, 

favqulodda  pyesa  tugayotgandek  tuyuldi.  So‘ng  shuning 

uchun  o‘tmishni  eslayotgandek,  demak,  xulosa,  yakun 

yaqindek  tuyuldi.  Yakunni  o‘yladi.  Tasavvur  qilolmadi. 

U ham  ma’nisiz,  notabiiy  bo‘lishi  kerakligini  sezdi.  «Qa- 

chon?»  Bu  ham  noma’lum.  «Shunday  yashayveramanmi 

endi? Kim bo‘lmoqchi edim. Aktrisa... Yo‘q, yo‘q: Kateri­

na, Jamila, Nina... Endi aktrisa ham bo‘lolmaymanmi? Men 

sahnada o‘ynashim kerak! 0 ‘ynashim kerak! Qachon? Uch 

yil... besh yil... Nega Tilovni kutishim kerak? Nima uchun? 

Axir, men Tilovni sevmayman-ku? Tilov, Tilov! Meni sev- 

ma!  Men arzimayman!  Men aldoqchiman. Zaynab opa, siz 

meni yaxshi ko‘rasiz-a? Meni jigarim deysiz-a? Men esam, 

begonaman,  ha,  begonaman,  opajon!  Men  riyokorman!




Men aldab yuribman sizni ham. Men... bu oiladan ketishim 

kerak!  Ketishim  kerak.  Men,  umuman...  Yo‘q-yo‘q.  Men 

yashashim  kerak!  Men  aktrisa  bo‘lishim  kerak!»  Shun- 

da birdan Umidaning ko‘z  oldiga ilgari  o‘qigan pyesalari, 

ulardagi mag‘rur, kelajakka ishonuvchi, odamlar uchun bir 

ish  qilish  istagida yurgan ko‘ngli  ochiq,  nurli  ayollar kel­

di.  «Meni  o‘z  saflaringizga olingizlar, -  shivirladi Umida.

-  Men  sizlaming rollaringizni....  Yo‘q-yo‘q.  Men  o‘zimni 

oqlayman. Men ham pok bo‘laman. Men ham sizlarday ya- 

shayman. Men, men, axir, yigirmanchi asr odamiman!

Xayr endi, xayr. Hammangizga xayr!»

Ikki kundan keyin Jamshid ketdi.

Yana ikki kundan keyin esa, ertalab kichkinagina tuguni 

bilan  tashqariga  chiqdi  Umida.  Tevarak-atrofiii  yengil  oq 

tuman qoplab yotar, Yetimtepa usti och-sarg‘ish edi. Umi­

da daraxtlarga, yo‘llarga, uyga, mehmonxonaga bir-bir qa- 

radi. Birdan hammasining qadrdon bo‘lib qolganini his qil- 

di-yu, ko‘ziga duv yosh keldi. Xayr!  Tez-tez yurib, yo‘lka 

bilan darvoza tomon ketdi. Darvozadan chiqib, oq-sarg‘ish 

tuman ichiga singib ketdi.

Zaynabxon choshgohlarda Umidaning uyiga kirib,  stol 

lampasiga suyab qo‘yilgan, Umidaning qo‘li bilan yozilgan 

bir xatni topdi.

«Opajon!  Men  uylaringizdan  butunlay  ketdim,-  deb 

yozgan  edi  Umida.  -   Men  birov  bilan  qochib  ketganim 

yo‘q. Yoki sizlardan yomonlik ko‘rib ketganim yo‘q. Balki 

yomonlik  ko‘rganimda  shunday  yashayverarmidim.  Opa­

jon,  meni  kechiring,  deganim  bilan  bari  bir  kechirmaysi- 

zlar.  Men  o‘zim  ham  o‘zimni  kechirmayman.  Men  faqat 

bir narsani xohladim: awalambor sizlami, so‘ngra o‘zimni 

aldab yashagim kelmadi...  Buning  sabablari juda murakk- 

ab.  Balki Tilov bilan Jamshid keyinchalik gapirib berishar

-  ular bilishadi.  Opajon,  shu ketishda men o‘z ota-onamn-



ing ham yuzini  qayta ko‘rmasman.  Lekin nachora?  Odam 

bo‘lib, kishilami aldamay, o‘zimni aldamay, yashagim kel- 

di...»


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling