Yoshlar psixologiyasi


Download 0.75 Mb.
bet38/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Individual psixoterapiya – amaliy psixologiyaning bir ko’rinishi bo’lib, psixolog mijoz bilan individual tarzda psixokorreksin (psixoterapevtik) metodikalar orqali ishlashi tushuniladi.
Insayt– oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yulduzday yalt etib paydo bo’ladi. psixodaramada qo’llanuvchi termin.
Isteriya – inson ruhiyatiga jarohat yetkazuvchi psixogen ta’sirlar natijasida paydo bo’lib, ko’proq yoshlik davrida kuzatiladi. Isterik patsientning xatti-harakati “haqqim yo’q, lekin istayman” tamoyiliga asoslanadi.
Libido – psixoanalizda psixik hayot dinamikasini tushuntirib berishga xizmat qiladigan nazariy tushuncha. U anglanmagan holda bo’ladigan jinsiy mayl energiyasidir.
Mayl – Z.Freydning fikriga ko’ra, qo’zg’alishning ichki manbalaridan kelib chiqadi va qo’zg’alishni bartaraf etishga yo’naltirilgan doimiy kuch sifatida harakat qiladi.
Mentalitet– individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o’ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.
Mijoz - psixologga psixologik muammosini yechish maqsadida murajaat qilivchi shaxs.
Mijoz motivatsiyasi – mijozning psixologga murajaatining asosiy sababi.
Mimika – yuz qismlari harakati jamlanmasi bo’lib, insonning ayni damdagi voqelikka munosabati hamda psixologik holat aks etadi.
Motiv – shaxsdagi u yoki bu xulq – atvorga nisbatan turgan moyillik.
Perifraza – mijoz aytgan so’zlarini, qisqa , aniq yo’sinda psixologning takrorlashi.

Proyeksiya – insonning himoya mexanizmi. Biror sodir etgan xato xatti-harakatini oqlashga urinish.

Psixodiagnostika (grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – psixologik fan sohasi bo’lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o’lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.

Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling