Yoshlarda deviant yoki deliknvent xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari
-jadval. Individual moslashuvchanlikning shakllari tipologiyasi
Download 37.51 Kb.
|
мақола
1-jadval. Individual moslashuvchanlikning shakllari tipologiyasi
Konformlilik. Konformlilik madaniy maqsadlar va vositalarning oʻzaro mosligini ifodalaydi. Konformlilik – bu deviant hisoblanmagan, yagona xulq-atvor tipiga ega boʻlishni aks ettiradi. Uning jamiyatda tarqalish darajasiga bogʻliq holatda ijtimoiy tartib – barqarorlik va ijtimoiy taraqqiyot barqarorligi belgilanadi. Innovatsiya. Moslashuvchanlikning bu koʻrinishdagi shakli individ oʻzi uchun hayotiy maqsadlar sifatida umumqabul qilingan madaniy qadriyatlarni qabul qilishi va taqsimlashi asosida yuzaga keladi. Biroq, bunda u uning uchun erishish mumkin boʻlgan, samarali, omadli natijaga erishish mumkin boʻlgan (har ehtimolga koʻra, oʻzi xohlagan natijalarga tez va aniq erishish mumkin) ushbu maqsadlarga erishish vositalarini hisobga olmaydi. Ritualizm. Bu koʻrinidagi xulq – atvorning chetlashish tipi Merton tomonidan aniqlanishi boʻyicha: “Juda yuqori madaniy maqsadlarning eʼtibordan qoldirilishi yoki pasaytirilishi katta pul mablagʻlariga erishish va tezkor tarzdagi ijtimoiy mobillikka ega boʻlish maqsadlarida koʻzlangan holatlarning qondirilishidan tashkil topadi”. Bunda qoʻyilgan maqsad rad etiladi, biroq unga erishishda anʼanaviy, jamiyat tomonidan maʼqul topilgan vositalar tanlanadi. Retretizm (reallikdan qochish). Rad qilish, maqsad va vositalarni koʻzlaydi. Bunda retretizm koʻproq jamiyatdan tashqaridagi, sayoqlar, giyohvandlar, mast – alkogolizmga ruju qoʻyganlar va boshqalar uchun xos boʻlib, ular odatda xavfsizlik va nufuzga ega boʻlishni rad qilishadi. Shuningdek, ularda munosiblikka daʼvogarlik qilish xam qayd qilinadi. Norozilik. Deviatsiyaning bu tipi nisbatan chuqur inqiroz holatidagi, ijtimoiy sinish holati chegarasida turgan jamiyat tarkibida keng tarqalishi qayd qilinadi. Bu koʻrinishdagi meʼyordan chetlashishlarni “jamiyatga individual moslashish” shakli guruhiga kiritish xam mumkin, toʻliq mazmuniga koʻra bu soʻz isyon (yoki norozilik) “xippi” koʻrinishidagi harakatdan farqli ravishda ijtimoiy hayotda mavjud boʻlgan joriy meʼyorlarga moslashishni rad etishni anglatadi. R.Merton tomonidan norozilikning aniqlanishi quyidagicha ifodalangan: «Oʻtish koʻrinishidagi reaksiyadan tashkil topgan boʻlib, butun jamiyatda, jumladan uning aʼzolarida institutsionalizatsiyani amalga oshirishga qaratiladi, bunda norozilikning moʻljal olinishi, yangi maqsadlar va xulq-atvor usullari ajratilmaydi. Norozilik mavjud madaniy va ijtimoiy strukturalarni oʻzgartirishga qaratilib, ularga moslashuvchanlikni rad etadi»6. Zamonaviy sotsiologiyada soʻzsiz ravishda, Ya.I.Gilinskiyning tutgan pozitsiyasi katta qiziqish uygʻotadi, yaʼni u jamiyatda deviatsiyaning asosiy sabablaridan biri ijtimoiy tengsizlik mavjudligi, turli xil ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarining qondirilishi oʻrtasida yuqori darajadagi farqlanishlar mavjudligi deb hisoblagan. Deviant xulq-atvor shakllanishi “sabablari kompleksi” tarkibini tashkil qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar iyerarxiyasi tarkibida nisbatan sezilarli darajadagi ziddiyatli holat – nisbatan bir xil darajada oʻsib boruvchi ehtiyojlar va ularning qondirilishi imkoniyatlari oʻrtasidagi nomutanosiblik qayd qilinishi, individlarning ijtimoiy tutgan oʻrniga va ijtimoiy guruhlarning mavqeiga, ularning ijtimoiy struktura tarkibidagi oʻrniga bogʻliq holatda ularning ehtiyojlari qondirilishidagi farqlanishlar alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy hodisa sifatida deviant xulq-atvorning kelib chiqishi jamiyatda ijtimoiy tengsizlik asosida yuzaga keladi7. Bu holat jamiyatda aholining katta qismining ijtimoiy jihatdan past darajada joylashishi, jumladan birinchi oʻrinda yoshlar ommasining tutgan oʻrni pastligi, jamiyatning boylar va kambagʻallar qatlamiga ajratilishi, ishsizlik va inflyatsiya, korrupsiya va boshqa salbiy holatlar rivojlanishi bilan yanada chuqurlashadi. Deviant (chetlashishga ega) xulq – atvor asosiy shakllarining yuzaga kelishining namoyon boʻlishida mastlik va alkogolizm alohida oʻrin tutadi, shuningdek fohishabozik, oʻz joniga qasd qilishga olib keluvchi xulq – atvor, jinsiy kasalliklar zaminida shakllanuvchi deviant xulq – atvor, qonunbuzarlik va giyohvandlik keng tarqalishi kuzatiladi. Ularga batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Download 37.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling