Yoshlarni ilm fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari
Download 166.37 Kb. Pdf ko'rish
|
1 4947283376978526506
Yoshlarni ilm- fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas tuganmas hamd- u sanolar boʻlsin, paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamga salovatu salomlar boʻlsin. Agar usjbu maqolamizdan biror yaxshilik topsangiz Allohdan, nuqson va kamchilik topsangiz, kamina hodimingizdan deb bilgaysiz.
Islomga ko‘ra, ilm talab qilishlik har bir muslim va muslima uchun farz bo‘lgan amallardandir. Dinimizda qaysi ilmlarni egallashga ta rg‘ib etilgan?Islom chaqirayotgan ilm qanday ilm o‘zi? Faqat diniy ilmmi? Yo‘q, bu ilm bilimsizlikni yo‘qotadigan barcha ilmlardir. Diniy ilmlar bo‘lsa ham, dunyoviy ilmlar bo‘lsa ham (tabiat ilmi, psixologiya, tarix, jug‘rofiya, sotsiologiya, algebra va b oshqalar) Alloh musulmonlarni mana shu barcha ilmlarni o‘rganishga qiziqtiradi.Oyati karima va hadislarda zikri kelgan ilm haqida kishilar ichida tushunmovchiliklar mavjud. Baʼzilar ʼʼOyat va hadislarda zikr etilgan ilmlardan maqsad diniy ilmlar deydilarʼʼ. Bu notoʻgʻri fikr! Oyat va hadislarda zikri kelgan ilm hamma foydali ilmlarni oʻz ichiga oladi. 1
Payg‘ambar (alayhissalom): "Beshikdan qabrgacha ilm izla", "Ilmni Chinda (Xitoyda)bo‘lsa ham o‘rganing¬lar", deb ta’lim berganlar. (Albatta, Xitoydan diniy ilm oʻrganilmaydi). Ushbu kirish qismimizni yana davom ettiradigan boʻlsak, jild-jild kitob yozishimiz mumkin. Lekin ilm ahlini malollantirib qoʻymaslik uchun, kirish qismimizni Abu Hurayra(r.a)dan rivoyat qilinhan hadis bilan tugatamiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam “Kim ilm talab qilish yo‘liga tushsa, Alloh unga jannatning yo‘lini yengillashtiradi”, dedilar. Ilmga da’vat qilish uchun bundan ortiq targ‘ib bo‘lmasa kerak.
Muammoning yechimi. Biz ilm bilan dunyoni fath qilishimiz mumkin. Sababi har bir davrga nazar tashlasak, oʻsha davrning aksariyat gegemon mamlakatlari ilmda boshqa mamlakatlarga nisbatan ilmda rivoj topgan. Hozirda AQSH va Xitoy davlatlari yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. «Newzoo» ma’lumotlariga ko‘ra — AQSh va Xitoy. Ilmiy jurnallarda chop etilayotgan har to‘rtinchi maqola muallifi — amerikalik (Nobel mukofoti bekorga berilavermaydi), har besh-oltinchi maqola — xitoylikniki. 2
siyosiy arbob, ''Bayt ul hikma''ning asoschisi. ''Bayt ul hikma'' o'z davrining eng yirik va yetuk olimlari bo'lmish Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Al-Farg'oniy, ibn Moja, Abbos ibn Said Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziylarni o'zida jam etdi. 3
Buyuk bobokalonlarimizdan Amir Temur davrida ham ilm fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan shohlardan. Amir Temur saltanatida zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlari olib borgan qariyb 100 dan ortiq olimlar faoliyat yuritgan. Buni oʻsha davrning guvohi boʻlgan Ibn Arabshoh shunday taʼriflaydi: “Temur har bir jonni (olimu-ulamolarni…) yigʻib, nimaiki narsa boʻlsa sarasini Samarqandga keltirdi . Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va sanʼatlar gʻaroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona boʻlib, oʻz tengqurlaridan ustun turgan oʻz sohasida alloma kishilar yigʻilgan edi”. 4 Shunday ekan, qanday qilib bo'lmasin yoshlarni ilm-fanga jalb qilishimiz darkor.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev: «Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo'ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz» deb taʼkidlaganlar. Respublikamizda yoshlarni ilmga, innovatsiyaga jalb etish bo'yicha jamoat tashkilotlari, vazirlik va idoralar o'z vakolati doirasida jadal ishlarni amalga oshirishlari lozim. Endi tlabalarni ilm-fanga qiziqtirish borasida bir qancha fikrlarni bildirib o'tgan bo'lamiz. 1)Avvalo talabalarni ilm-fan va innovatsiyalarga jalb qilish uchun ularning ko'ngillarini ulfat qilish lozim. Talabalarga 5 ballik sistemada stipendiyalar beriladigan boʻlsa va yotoqxonalar bilan ta'minlanadigan bo'lsa ular albatta oʻqishadi, inshaalloh. Chunki, aksariyat ilm toliblarining hayoli kotrakt, ijara va yo'lkira puli haqida bo'ladi. AQShlik siyosatchi, olim Benjamin Franklin ''Ilmga sarmoya doimo katta foyda keltiradi'' deb taʼkidladagan. 2) Darslarda o'quvchilarning sonini kamaytirish kerak. Ma'ruza
1
2 https://www.xabar.uz/uz/texnologiya/ilm-fan-taraqqiyotga-kim 3 Fozila Sulaymonova. ''Sharq va G'arb'' kitobi, 192-bet. (O'zbekiston, 1997) 4 https://mininnovation.uz/oz/news/1920 darslarida 50-150 o'quvchi darslarda ishtirok etadi. Imkon bo'lsa, har bir guruh uchun alohida ma'ruza qo'yilsa, amaliyotlarda esa guruh o' z navbatida ikki guruhga bo'linsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Chunki, bunchalik odam ko'p bo'lgan muhitda ta'lim olish juda ham qiyin.
Download 166.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling