Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 75.83 Kb. Pdf ko'rish
|
765-сон 21.12.2021. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH VA ULARNING BIZNES TASHABBUSLARINI QO‘LLAB- QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
04.02.2022, 18:59 765-сон 21.12.2021. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida https://lex.uz/uz/docs/-5787727 1/5 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH VA ULARNING BIZNES TASHABBUSLARINI QO‘LLAB- QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13- iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13- iyuldagi PF-6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: a) 2022 — 2024-yillarda yoshlarning yangi g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 1-ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagi tartibda ajratiladi: 1-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar 2-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha hududlar kesimida loyihalarni amalga oshirish uchun; 2-bosqichda — 1-bosqichda ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (S.U. Umurzakov) tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar; b) kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi: kredit oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yosh tadbirkorlik subyekti bo‘lishi lozim; kredit miqdori — har bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha; kredit muddati — 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 3 yil; foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda; kredit ta’minoti — qonunchilikda va bank kredit siyosatida taqiqlanmagan ta’minot turlari, jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit summasining 50 foizigacha miqdoridagi kafilligi; v) kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi: avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga; alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga; savdo-vositachilikni amalga oshirishga; umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirishga; ta’mirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etishga; ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari xarajatlar, shu jumladan ma’muriy xarajatlarni to‘lash va xizmat avtotransport vositasini sotib olishga; 04.02.2022, 18:59 765-сон 21.12.2021. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida https://lex.uz/uz/docs/-5787727 2/5 tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoshlarning innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratib borilishini ta’minlasin. Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda yoshlarning yangi g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish tartibi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 4. Yoshlar ishlari agentligi Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslarini (keyingi o‘rinlarda — kurslar), shu jumladan “onlayn” tarzda tashkil etsin. Bunda: kurslar Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari hamkorligida yoshlar uchun bepul tashkil etiladi; kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi va ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun mazkur qarorning 2- bandiga muvofiq hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi; kurslar Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari va ularga tegishli bo‘lgan bino va xonalarida bepul o‘tkaziladi (shu jumladan, kommunal xizmatlar to‘lovisiz). 5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga hamda mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishiga “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Mirsoatov mas’ul va shaxsiy javobgar ekanligi inobatga olinsin. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida har chorak yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borilsin. Download 75.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling