Yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining o’rni


Download 222.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi222.64 Kb.
#1163828
  1   2
Bog'liq
yoshlarning-ma-naviy-tarbiyasida-qobusnoma-asarining-o-rni (1)



Yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining 
o’rni 
 
Malika Lukmanovna Umedjanova 
Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” 
asarining oʻrni, insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy 
fazilatlar ifoda etilgan. Bundan tashqari, insonning oʻzini yomon illatlardan tiyishi, 
yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham oʻz aksini va komil 
insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida bayon etilgan. 
Kalit soʻzlar: tarbiya, poklik, rostgo‘ylik, juvonmardlik, mehr, hurmat, 
mehmondo‘stlik, odob, madaniyatli bo‘lmoq, halqqa xizmat qilmoq, ma’rifatli 
bo‘lmoq.
The role of the work “Qobusname” in the spiritual education 
of young people 
 
Malika Lukmanovna Umedjanova 
Pedagogical Institute of Bukhara State University 
 
Abstract: in this article, the role of the work “Kabusname” in the spiritual 
education of young people, the human qualities required for a person to achieve 
perfection are expressed. It is also stated that the pand-admonitions about the fact that 
a person should refrain from bad deeds, strive for good, should also serve as the main 
criterion for his reflection and the formation of a perfect person. 
Keywords: upbringing, purity, honesty, maturity, kindness, respect, hospitality, 
decency, cultured, serving the public, enlightened. 
Tarbiya hamma zamonlarda eng dolzarb masala bo‘lib kelgan. Sharq 
mutafakkirlari farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Hindlarning 
mashhur “Panchatantra” (Kalila va dimna), “Shukasaptati” (To‘tinoma) eposi, Yusuf 
Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Baxt saodatga yo‘llovchi bilim), Farididdun 
Attorning qator asarlari, Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jaloliddin 
Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, 
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning qator asarlari, Gulxaniyning 
“Zarbulmasal” va boshqa o‘nlab didaktik asarlar asrlar mobaynida farzandlar 
tarbiyasida amaliydastur vazifasida xizmat qilmoqda. Bu asarlar necha avlodga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1109


poklik, rostgo‘ylik, juvonmardlik, mehr, hurmat kabi fazilatlarni singdirib 
kelayotgani sir emas. Unsurulmaoliy Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari 
Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur. Mo‘jaz rivoyatlar, ixcham latifalar
kichik-kichik hikoyachalar kitobning yanada jozibali, mazmunili bo‘lishini 
ta’minlaydi. 
XI asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn 
Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o‘sha davr 
an’anasiga ko‘ra, uni bobosi podshoh Shamsul maoliu Qobus sharafiga 
“Qobusnoma” deb ataydi. “Qobusnoma” rus va G‘arb sharqshunoslarining, Sharq 
olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri o‘ziga tortib keladi. Asar turk 
(1432, 1705), uyg‘ur (1786-87), nemis (1811), uzbek (1860, Ogahiy tomo-nidan), 
tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 
qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instutida, yana bir qo‘lyozma 
nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubhonasida 
saklanadi. «Qobusnoma»ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi o‘zbek tiliga 
o‘girilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan .
Sharq allomalari axloqiy-tarbiyaviy asarlarning asosini Qur’oni karim suralari, 
payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, 
hikmatlar, hikoyalar tashkil qiladi. Didaktik asarlar tuzilishiga ko‘ra avvalo Olloh, 
Payg‘ambarlar, avliyolarga hamdu sanolar va keyingi boblar inson uchun daxldor 
muammolarga e’tibor qaratiladi. Asarda diniy, ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy hamda 
madaniy odob-ahloq qoidalari keltiriladi. Kaykovusning “Qobusnoma”si ham shu 
tartibda tuzilgan. 
Qobusnoma 44 bobdan tuzilgan bo‘lib, dastlabki 4 bobi: birinchi bob. 
“Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, ikkinchi bob. “Payg‘ambarlarning xilqati 
zikrida”, uchinchi bob. “Taolloning shukurguzarlig‘i zikrida”, to‘rtinchi bob. 
“Ne’matlarg‘a shukr qilmoq zikrida” mavzulariga bag‘ishlangan.
Suqroti hakim ayturki: “Hunardin yaxshiroq narsa yo‘qtur va donishdan 
ulug‘roq narsa yo‘qtur, sharmdan yaxshiroq zevar yo‘qtur va badxo‘ylikdan 
yomonroq dushman yo‘qtur ”. 
Asarda Kaykovus jamiyatdagi har bir insonning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini 
izohlab o‘tadi. Iskandar dedi: “Barcha do‘stlardin xud manfaat toparman, ammo 
dushmanlardin undin ko‘proq manfaat toparman. Sababi, mening yomon fe’limni 
do‘stlar manfaati yuzidin pinhon tutarlar va men uni bilmay qolurman. Dushmanlar 
dushmanlik jihatidin ul fe’lni menga ayturlar va men ul fe’lni o‘zimdin yiroq 
tutarman”. 
Hunarning fazilati va darajasi borasida “hunarmand kishi uldirkim, fazli va 
hunar sababi bila qadr va martabasi o‘zgalardin baland bo‘lg‘on ekanini bilib, fazl va 
hunarga avvalgidin ziyodroq fozil va hunarmand bo‘lg‘ay”, - deb fikr bildiriladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1110


Allomadagi olimlar hikmatli so‘zlarini o‘z o‘rnida ishlatish mahorati juda 
kuchli. Ilm-hunar o‘rganish yo‘lida inson erishgan yutug‘idan mag‘rurlanmasligi, 
haddidan oshmasligi, hamisha il yo‘lida izlanishi borasida nasihat qilib “dono ul vaqt 
bo‘lursankim, nodonlikdin xabardor bo‘lsang”, deydi. va Xisrav Parvezning vaziri 
Abuzurjmehr bilan bo‘lgan bir voqeani hikoya qilib beradi. Unga ko‘ra, Xisrav 
Parvezning podshohlig‘i zamonida va Abzurjmehrning vazirlig‘i vaqtida Rumdin bir 
elchi keldi. Xisrav uni oldig‘a chaqirib Abuzurjmehrning donolig‘ini unga ma’lum 
etmak istadi va elchining qoshida Abzurjmehrga dedi: “Ey faloni, har narsaki olamda 
bordur, sen uning barchasin bilursan”. Xisravning bu so‘zdan muddaosi: 
“Abuzurjmehr bilaman deb hozir javob beradi”, deb o‘ylardi. Ammo Abuzurjmehr: 
“Bilmasman” deb javob berdi. Xisrav bu javobdin tang bo‘lub, elchining qoshida 
ko‘p xijolat chekdi va yana so‘radi: “Unda hamma narsani kim bilur?” Abuzurjmehr: 
“Hamma narsani hamma bilur, ammo hamma narsa hanuz onadin tug‘ilmamishdur”, 
dedi.
Ya’ni dunyoni bilish, o‘rganishning oxir yo‘q. Inson dunyoga keldimi hamisha 
o‘qish va o‘rganishda bo‘ladi, bilish nasbiy bo‘lib mukammallikka erishmaydi. 
Muallif makammallik faqat Ollohga xosdir, deydi.
“Barcha donish va hunarning asosini aytib o‘tar ekan, ularni: adab, tavoze, hayo 
pokdillik, parhezkorlik, beozorlik, sabr va matonatliqda”, deydi. Beozorlik so‘zi 
asarda ko‘p bora kuzatiladi, mutafakkir odamning asili kam ozorlikdadur, deb 
ta’kidlaydi. 
Kaykovus asarda Sharqda munozara va G‘arb “Suqrot” metodi bilan mashhur, 
ilm ahli o‘rtasida keng tarqalgan munozara usuli uslubiyotini tushuntirib o‘tadi. 
Jumladan, “munozara usulida mujabot (sabab) va nomujabot, mumkinot va 
nomumkinot bo‘lsa, ayb ermasdur. Oxirgi maqsadni aniq ma’lum qilg‘il va va so‘zni 
ziynat bila deg‘il. Bag‘oyat qisqa va bag‘oyat uzun so‘z aytmag‘il, be’mani so‘z 
demag‘il”. 
Kaykovus inson quyidagi uch toifaga mansub bo‘lganlar bilan suhbat qursin
deydi. Ular, “biri juvonmardi iyor (mard) kishi bila; biri muruvvatlik odam bila; biri 
yo‘l bilaturg‘on va o‘zgalarning haqin himoya qilaturg‘on kishi bila”. 
Tibbiyot ilmidan xabardor mutafakkir asarda insonning tanasini ushlab turuvchi 
narsalar “yo moddiy, yoki surati hissiy bo‘lur” deydi. Surati hissiyni uch tur “qaviy 
(quvvat), al af’ol (harakat) va arvoh (ruh)” ga bo‘lib ko‘rsatadi. Ularning miqdorini 
nafsoniy, hayvoniy va tabiiy bo‘ladi deb ta’kidlaydi.
Donishmandlik so‘zlovchi ruhiy vazminlig‘ining oqibatidur, deydi. Ilm va amal 
birlikda bir-biriga “jism va ruhdekdur, jism ruhsiz, ruh jismsiz bo‘lmag‘usidir”, 
deydi. Demak muallif qarashlarida, donishmand - ilm va amal uyg‘unlashgan, jismi 
va ruhi taraqqiy etgan shaxs sifatida gavdalanadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1111


“Podshohlik sharti va rasmi zikrida” Kaykovus, quyidagi olti xislatdin voz 
kechmaslik va ularni mahkam tutish lozimligini uqtiradi. Ular, “haybat, adolat, 
saxovat, muhofazat, muloyimlik va rostgo‘ylik” bo‘lib ushbu xislatlar insonda 
oliyjanoblik hamda juvonmardlikning shakllanishida ko‘makchi bo‘ladi. Shu o‘rinda, 
Iskandar Zulqarnayndan hikoya keltiradi. Iskndar bir kun o‘z dushmaniga qarshi 
urushga bormoqchi bo‘ldi. Unga dedilar: “Ey podshoh, dushman g‘ofil, uyquda 
bo‘lgan payt, kechasi hujum qilimoq kerak”. Iskandar dedi: “O‘g‘rilik bilan zafar 
topmoq menga ordur!” 
Muallif insondagi oliy himmatlilik, saxovatpeshalikni ulug‘lar ekan asarning 
so‘ngida “Juvonmardlik zikri” bobini keltiradi va bu bobda butun asarning asl 
mohiyatini ko‘rsatib beradi. Kaykovus shaxs uch narsa bilan xushnud bo‘lishi 
mumkin deydi. Bular “biri aql, biri rostlik va biri juvonmard(saxiy)lik”. 

Download 222.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling