Yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining o’rni
Download 222.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqyoshlarning-ma-naviy-tarbiyasida-qobusnoma-asarining-o-rni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
Yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining o’rni Malika Lukmanovna Umedjanova Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ma’naviy tarbiyasida “Qobusnoma” asarining oʻrni, insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan. Bundan tashqari, insonning oʻzini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham oʻz aksini va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilishi toʻgʻrisida bayon etilgan. Kalit soʻzlar: tarbiya, poklik, rostgo‘ylik, juvonmardlik, mehr, hurmat, mehmondo‘stlik, odob, madaniyatli bo‘lmoq, halqqa xizmat qilmoq, ma’rifatli bo‘lmoq. The role of the work “Qobusname” in the spiritual education of young people Malika Lukmanovna Umedjanova Pedagogical Institute of Bukhara State University Abstract: in this article, the role of the work “Kabusname” in the spiritual education of young people, the human qualities required for a person to achieve perfection are expressed. It is also stated that the pand-admonitions about the fact that a person should refrain from bad deeds, strive for good, should also serve as the main criterion for his reflection and the formation of a perfect person. Keywords: upbringing, purity, honesty, maturity, kindness, respect, hospitality, decency, cultured, serving the public, enlightened. Tarbiya hamma zamonlarda eng dolzarb masala bo‘lib kelgan. Sharq mutafakkirlari farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Hindlarning mashhur “Panchatantra” (Kalila va dimna), “Shukasaptati” (To‘tinoma) eposi, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Baxt saodatga yo‘llovchi bilim), Farididdun Attorning qator asarlari, Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy”, Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning qator asarlari, Gulxaniyning “Zarbulmasal” va boshqa o‘nlab didaktik asarlar asrlar mobaynida farzandlar tarbiyasida amaliydastur vazifasida xizmat qilmoqda. Bu asarlar necha avlodga "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1109 poklik, rostgo‘ylik, juvonmardlik, mehr, hurmat kabi fazilatlarni singdirib kelayotgani sir emas. Unsurulmaoliy Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur. Mo‘jaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik-kichik hikoyachalar kitobning yanada jozibali, mazmunili bo‘lishini ta’minlaydi. XI asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o‘sha davr an’anasiga ko‘ra, uni bobosi podshoh Shamsul maoliu Qobus sharafiga “Qobusnoma” deb ataydi. “Qobusnoma” rus va G‘arb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri o‘ziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uyg‘ur (1786-87), nemis (1811), uzbek (1860, Ogahiy tomo-nidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instutida, yana bir qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubhonasida saklanadi. «Qobusnoma»ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan . Sharq allomalari axloqiy-tarbiyaviy asarlarning asosini Qur’oni karim suralari, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) faoliyati va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatlar, hikoyalar tashkil qiladi. Didaktik asarlar tuzilishiga ko‘ra avvalo Olloh, Payg‘ambarlar, avliyolarga hamdu sanolar va keyingi boblar inson uchun daxldor muammolarga e’tibor qaratiladi. Asarda diniy, ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy hamda madaniy odob-ahloq qoidalari keltiriladi. Kaykovusning “Qobusnoma”si ham shu tartibda tuzilgan. Qobusnoma 44 bobdan tuzilgan bo‘lib, dastlabki 4 bobi: birinchi bob. “Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, ikkinchi bob. “Payg‘ambarlarning xilqati zikrida”, uchinchi bob. “Taolloning shukurguzarlig‘i zikrida”, to‘rtinchi bob. “Ne’matlarg‘a shukr qilmoq zikrida” mavzulariga bag‘ishlangan. Suqroti hakim ayturki: “Hunardin yaxshiroq narsa yo‘qtur va donishdan ulug‘roq narsa yo‘qtur, sharmdan yaxshiroq zevar yo‘qtur va badxo‘ylikdan yomonroq dushman yo‘qtur ”. Asarda Kaykovus jamiyatdagi har bir insonning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini izohlab o‘tadi. Iskandar dedi: “Barcha do‘stlardin xud manfaat toparman, ammo dushmanlardin undin ko‘proq manfaat toparman. Sababi, mening yomon fe’limni do‘stlar manfaati yuzidin pinhon tutarlar va men uni bilmay qolurman. Dushmanlar dushmanlik jihatidin ul fe’lni menga ayturlar va men ul fe’lni o‘zimdin yiroq tutarman”. Hunarning fazilati va darajasi borasida “hunarmand kishi uldirkim, fazli va hunar sababi bila qadr va martabasi o‘zgalardin baland bo‘lg‘on ekanini bilib, fazl va hunarga avvalgidin ziyodroq fozil va hunarmand bo‘lg‘ay”, - deb fikr bildiriladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1110 Allomadagi olimlar hikmatli so‘zlarini o‘z o‘rnida ishlatish mahorati juda kuchli. Ilm-hunar o‘rganish yo‘lida inson erishgan yutug‘idan mag‘rurlanmasligi, haddidan oshmasligi, hamisha il yo‘lida izlanishi borasida nasihat qilib “dono ul vaqt bo‘lursankim, nodonlikdin xabardor bo‘lsang”, deydi. va Xisrav Parvezning vaziri Abuzurjmehr bilan bo‘lgan bir voqeani hikoya qilib beradi. Unga ko‘ra, Xisrav Parvezning podshohlig‘i zamonida va Abzurjmehrning vazirlig‘i vaqtida Rumdin bir elchi keldi. Xisrav uni oldig‘a chaqirib Abuzurjmehrning donolig‘ini unga ma’lum etmak istadi va elchining qoshida Abzurjmehrga dedi: “Ey faloni, har narsaki olamda bordur, sen uning barchasin bilursan”. Xisravning bu so‘zdan muddaosi: “Abuzurjmehr bilaman deb hozir javob beradi”, deb o‘ylardi. Ammo Abuzurjmehr: “Bilmasman” deb javob berdi. Xisrav bu javobdin tang bo‘lub, elchining qoshida ko‘p xijolat chekdi va yana so‘radi: “Unda hamma narsani kim bilur?” Abuzurjmehr: “Hamma narsani hamma bilur, ammo hamma narsa hanuz onadin tug‘ilmamishdur”, dedi. Ya’ni dunyoni bilish, o‘rganishning oxir yo‘q. Inson dunyoga keldimi hamisha o‘qish va o‘rganishda bo‘ladi, bilish nasbiy bo‘lib mukammallikka erishmaydi. Muallif makammallik faqat Ollohga xosdir, deydi. “Barcha donish va hunarning asosini aytib o‘tar ekan, ularni: adab, tavoze, hayo pokdillik, parhezkorlik, beozorlik, sabr va matonatliqda”, deydi. Beozorlik so‘zi asarda ko‘p bora kuzatiladi, mutafakkir odamning asili kam ozorlikdadur, deb ta’kidlaydi. Kaykovus asarda Sharqda munozara va G‘arb “Suqrot” metodi bilan mashhur, ilm ahli o‘rtasida keng tarqalgan munozara usuli uslubiyotini tushuntirib o‘tadi. Jumladan, “munozara usulida mujabot (sabab) va nomujabot, mumkinot va nomumkinot bo‘lsa, ayb ermasdur. Oxirgi maqsadni aniq ma’lum qilg‘il va va so‘zni ziynat bila deg‘il. Bag‘oyat qisqa va bag‘oyat uzun so‘z aytmag‘il, be’mani so‘z demag‘il”. Kaykovus inson quyidagi uch toifaga mansub bo‘lganlar bilan suhbat qursin, deydi. Ular, “biri juvonmardi iyor (mard) kishi bila; biri muruvvatlik odam bila; biri yo‘l bilaturg‘on va o‘zgalarning haqin himoya qilaturg‘on kishi bila”. Tibbiyot ilmidan xabardor mutafakkir asarda insonning tanasini ushlab turuvchi narsalar “yo moddiy, yoki surati hissiy bo‘lur” deydi. Surati hissiyni uch tur “qaviy (quvvat), al af’ol (harakat) va arvoh (ruh)” ga bo‘lib ko‘rsatadi. Ularning miqdorini nafsoniy, hayvoniy va tabiiy bo‘ladi deb ta’kidlaydi. Donishmandlik so‘zlovchi ruhiy vazminlig‘ining oqibatidur, deydi. Ilm va amal birlikda bir-biriga “jism va ruhdekdur, jism ruhsiz, ruh jismsiz bo‘lmag‘usidir”, deydi. Demak muallif qarashlarida, donishmand - ilm va amal uyg‘unlashgan, jismi va ruhi taraqqiy etgan shaxs sifatida gavdalanadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 1111 “Podshohlik sharti va rasmi zikrida” Kaykovus, quyidagi olti xislatdin voz kechmaslik va ularni mahkam tutish lozimligini uqtiradi. Ular, “haybat, adolat, saxovat, muhofazat, muloyimlik va rostgo‘ylik” bo‘lib ushbu xislatlar insonda oliyjanoblik hamda juvonmardlikning shakllanishida ko‘makchi bo‘ladi. Shu o‘rinda, Iskandar Zulqarnayndan hikoya keltiradi. Iskndar bir kun o‘z dushmaniga qarshi urushga bormoqchi bo‘ldi. Unga dedilar: “Ey podshoh, dushman g‘ofil, uyquda bo‘lgan payt, kechasi hujum qilimoq kerak”. Iskandar dedi: “O‘g‘rilik bilan zafar topmoq menga ordur!” Muallif insondagi oliy himmatlilik, saxovatpeshalikni ulug‘lar ekan asarning so‘ngida “Juvonmardlik zikri” bobini keltiradi va bu bobda butun asarning asl mohiyatini ko‘rsatib beradi. Kaykovus shaxs uch narsa bilan xushnud bo‘lishi mumkin deydi. Bular “biri aql, biri rostlik va biri juvonmard(saxiy)lik”. Download 222.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling