Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha


Download 11.83 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi11.83 Kb.
#1574738
Bog'liq
Qovoq sayli (2) (3)(1)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning besh tashabbusining birinchi tashabbusiga binoan "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha" Urganch shahar Urganch davlat universitetida ''Qovoq sayli'' mavzusimunosabati bilan amalga oshirilgan ishlar
Bayonnomasi
04.11.2022. Urganch shahar
Qatnashdilar: Urganch shahar UrDu Tabiiy fanlar fakulteti dekani : X.Polvonov, UrDU Tabiiy fanlar fakulteti
"Biologiya" kafedrasi tyutori M.Jumaniyozova
«Biologiya» kafedrasi o'qituvchilari va
205-guruh talabalari


KUN TARTIBIDA:
"Qovoq sayli"mavzusidao’tkazilgantadbir muhokamasiga qaratilgan ishlari haqida.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan Urganch shahar UrDU Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov soʻzga chiqib tadbirni ochib berdi.
Keyingi navbatda Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi tyutorlari so‘zga chiqib bugungi tadbirda faol ishtirok etayotgan talabalarga o‘z minnatdorchligiklarini aytib bayramni xush kayfiyat bilan davom ettirdilar. Qovoq saylida Biologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan qovoqdan har xil shirinliklar, somsa, manti, sharbatlar, dimlama, chuchvara va shunga o‘xshash milliy taomlar bilan stol usti bezatildi. Har xil shakldagi qovoqlardan juda chiroyli bezatilgan ko‘rgazmali buyumlar va kichik jihozlar ham tayyorlandi. Taomlarshirinta'miva o‘ziga xos ko‘rinishi bilan bir biridan stol ustiga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishladi.
Urganch davlat universitetidagi juda ko‘plab o‘qituvchilar qovoqdan tayyorlangan shirin taomlarni tatib ko‘rishdi va har xil turdagi ko‘rgazmali buyumlardan estetik zavq olishdi. Dasturxondagiharbirtaomga o‘zgacha bir maqtovlar bilan baho berishdi.
"Qovoq sayli"davomida Urganch davlat universitetiga kelgan mehmonlar ham qatnashib, qovoqdan tayyorlangan shirin taomlarga baho berishdi va fakultetning o‘qituvchi va talabalariga o‘z minnatdorchligiklarini bildirishdi.
Keyingi navbatda Biologiya yo‘nalishi 3-bosqich 207-guruh talabasi Egamberdiyeva Sevara talabalarini Qovoq sayliga taom tayyorlab kelishlarini ta’minlab bayramda faol ishtirok etdi. 207 guruh talabalari tayyorlab kelgan shirin taomlarini tayyorlanishi va qay tarzda bezatganliklari to‘g‘risida universitet o‘qituvchi va talabalari bilan qizg‘in suhbatlar o‘tkazidi.
Tadbir juda yaxshi ruhda va xush kayfiyatda o’tkazildi. Ko’plab o’qituvchilar va guruh tyutorlari talabaning bu tashabbusini yuqori baholadilar va ularga keyingi ishlarida muvafaqqiyat tiladilar.
Guruh yig’ilishi qaror qiladi:
1. Urganch shahar Urganch davlat universitetida "Qovoq sayli"mavzusida o’tkazilgan tadbirmuhokamasiga qaratilgan ishlari amalga oshirilganligi qayd qilinsin.
2.Shu tartibdagi tadbir ishlarini muntazam olib borilishi yoʻlga qoʻyilsin.


UrDUTabiiyfanlarfakulteti
"Biologiya" kafedrasi tyutori: M.Jumaniyozova


Kotiba: A.Gulmirzayeva
Download 11.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling