Your Title Here


Download 0.67 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1125122
Bog'liq
Mehnat va ish h-WPS Office


Mehnat va ish haqini hisobga olish

Your Title Here


1
2
3
Reja:
Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari.
Mehnatga haq to'lash shakllari
Mehnat muhofazasi haqida tushuncha

1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Ish vaqtining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish
Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o'z vaqtida hamda to'g'ri aks ettirish.
Hisoblangan ish haqini kalkulatsiya obyektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash.
Ish haqi va mehnatga haq to'lashning ilg'or usullarini amalga oshirish.
Mehnatga haq to'lash fondining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
2.Mehnatga haq to'lash shakllari. Xalq xo'jaligida ishchi mehnatiga ta'rif tizimi asosida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga muvofiq haq to'lanadi. Ish haqi ikki shakldan iborat:
1. Ishbay
2. Vaqtbay
Amalda ishbay ish haqi shaklining oddiy,
mukofot, akkord tizimlari qo'llaniladi.
Oddiy ishbay–ishlab chiqarilgan mahsulot
sonini ishbay narxiga ko'paytirish yo'li bilan
ish haqi aniqlanadi.
Ishbay mukofot shaklida ishchi asosiy ish
haqidan tashqari ma'lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishganligi uchun mukofot oladi. Ishbay ish haqining shu tizimi amalda keng qo'llaniladi.
Ishbay akkord shaklida ish haqi summasi ishlab chiqarilishi lozim bo'lgan ish uchun belgilanadi. Ishbay akkord tizimi asosan, ma'muriy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo'llaniladi.
Oddiy vaqtbay shaklida muhandis, texnik xodimlar, xizmatchilar amaldagi ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi.
Vaqtbay mukofot shaklida asosiy ish haqidan tashqari mukofot to'lanadi. Rahbar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar mehnati uchun oylik belgilangan oklad asosida to'lanadi. Hisobot oyidagi hamma ish kunini to'liq ishlagan bu toifadagi xodimlar mehnati oylik okladi miqdorida to'lanadi.
3. Mehnat muhofazasi haqida tushuncha.
Mehnat muhofazasi—ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta'minlovchi qonunlar tizimi hamda ularga muvofiq keladigan ijtimoiy–iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigiyenik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalaridir.
E'tiboringiz uchun RAHMAT
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling