Youtube O‘quv Markazi


Download 13.46 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.46 Kb.
#251715
Bog'liq
loyiha haqida


Loyiha yo‘nalishi: IT va Ta’lim Aloqa uchun: +99893-936-9123

Asilbek Zarifov Ixtiyor o‘g‘li



Youtube O‘quv Markazi.

21-asr globallashuv asrida borgan sari insonlar raqamli olam va uning imkoniyatlariga tom ma’noda maftun bo‘lishmoqda. Davlatimiz miqyosida Qashqadaryo viloyati aholi soni bo‘yicha eng yirik viloyatlardan biri hisoblanadi. Aholi soni qanchalik ko‘p bo‘lsa ishsizlik va kam daromadlik ham shu tariqa boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Men taqdim etayotgan ushbu loyiha avvalo ishsiz qatlamdagi yoshlarni ish bilan ta’minlash va qolaversa kam daromad oilalarga bir muncha daromad olib kelish maqsadini ko‘zlaydi.



Youtube – butun dunyo bo‘yicha keng foydalaniladigan video hosting, Youtube yana 5 yildan so‘ng televideniyani reklama bozoridan siqib chiqaradigan gigant platforma hisoblanadi. Youtubeda insonlar ko‘ngil ochar videolar, o‘quv kurslar va boshqa foydali narsalarni ko‘rishlari mumkin. Qolaversa youtube platformasida video mualliflari o‘z kanallarini ochib qiziqarli va foydali content yaratgan holda daromad topishlari mumkin. Men taklif etayotgan loyiha esa aynan kanal mualliflarini tayyorlash va ularni daromad topish darajasiga chiqarishga qaratilgan. Ushbu loyihada biz viloyatimiz tumanlaridan iqtidorli va ishsiz yangilik qilishga intiladigan yoshlarni jalb qilib ularga kontent yaratish, efir madaniyati, kanalni noldan daromad topishgacha olib borish kabi kerakli ko‘nikmalarni shakllantiramiz. Ushbu ko‘nikmalarni o‘rganish uchun maksimal 2 oy vaqt talab etiladi. Biz 2 oy davomida viloyatimizda joylashgan IT park bilan hamkorlikda tahminan 60 ga yaqin creative ijodkorlarni yetishtirib chiqarishimiz mumkin. Bundan kelib chiqsak har bir yilda 400 ga yaqin yoshlar va kam daromad oilalar ish bilan ta’minlanishi bir so‘z bilan aytganda to‘kin hayot kechirishiga erishishimiz mumkin.

Youtube orqali o‘rtacha 1000 ta obunachiga ega bo‘lgan kanal muallifi youtube reklama orqali oyiga tahminan 100$ dan 150$ gacha daromad qiladi. Bundan kelib chiqsak kichik kanal muallifi 1 mlndan 1.5 mlngacha daromad qiladi demak bizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m ekanligini inobatga olsak bu juda yaxshi natija. Qolaversa 1 yilda 400 ga yaqin kanal muallifi tayyorlash orqali biz har oy davlatimizga 60.000$ ga yaqin valyuta kirib kelishiga erishishimiz mumkin. Loyiha yillik 720.000$ valyuta investetsiyasini olib kirishini hisobga olsak mening fikri ojizimcha kelajak loyihalaridan biri bo‘la oladi.



Sizda savol tug‘ilishi mumkin Kanallar soni keskin oshsa bu daromad pasayishiga sabab bo‘ladimi degan. Amerika miqyosida 1 mlndan ortiq kanal mualliflari va 2.5 mlnga yaqin kanal mavjud. Kanal ko‘pligi daromad ortishiga sabab bo‘ladi. Nega? Deysizmi. Kanallar soni davlatimizda qanchalik ko‘paysa reklama narxlari shu taqlid ko‘payadi.
Download 13.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling