Yoyilishi arab tilining ilm fan tiliga aylanishi


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana07.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1439059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Husen Hayrullayevich Jõrayev (2)

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
2 – SON / 2022 - YIL / 15 - OKTYABR 
www.bestpublication.org
293 
faoliyat koʻrsata boshladi, Toshkent Islom universiteti tashkil qilindi (1999), uning 
tarkibida Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ishlab turibdi. 
Islom tarixi, manbalari, aqidalari, marosimlari, Qurʼoni karim, Muhammad hayoti 
va faoliyati, paygʻambar hadislarini oʻrganish, tadqiq qilish Islomshunoslik fanining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Bu sohadagi tadqiqotlar Islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, 
Movarounnahrda Islom va uning yozma manbalari paydo boʻlgandan buyon olib 
boriladi. Musulmon dini tarixi va Qurʼonni oʻrganish Amerikada (G. Grunebaum, X. 
Gibb, M. Vott va boshqa), Yevropada (I. Goldsiyer, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), 
jumladan, Rossiyada (A. E. Shmidt, V. V. Bartold, I. A. Krachkovskiy va boshqa) 19-
asr oʻrtalaridan keng tus oldi. Shoʻrolar davridagi tadqiqotlarda Islomga, asosan, 
yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshildi. Islomning 
insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida 
yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulugʻ allomalarning merosini xalqqa 
yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon oʻgʻli, mufti Ziyovuddinxon ibn Eshon 
Boboxon, Alixontoʻra Sogʻuniy, marhum shayxlar Ismoil Maxdum (1893 — 1976), 
Abdugʻani Abdullo (1928-1999) va Yusufxon Shokirov (1926-2000)larning xizmati 
kattadir. 20-asr oxirlaridan boshlab mamlakatimizda Islom boʻyicha obʼyektiv 
tadqiqotlar olib borish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonlik olimlar Islom 
manbashunosligi, Qurʼon tarjimasi va tafsiri, Islomdagi mazhablar, oqimlar, mashhur 
muhaddis va faqihlar, xalqaro Islom tashkilotlari, diniy bagʻrikenglik, diniy 
ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M. A. Usmonov, shuningdek, N. 
Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, Z. Husniddinov, Z. Islomov, U. 
Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Moʻminov, A. Azimov, R. 
Obidov va boshqalar). 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling