Yozgi mavsumga tayyorgarlik avjida


Download 5.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2017
Hajmi5.91 Kb.
#11141
background image
Yozgi mavsumga tayyorgarlik avjida 

 

Samarqand  viloyatida  bolalar  oromgohlarini  yozgi  dam  olish  mavsumiga 



tayyorlash  jarayonida  sog‘lomlashtirish  maskanlari  faoliyatini  yanada  yaxshilash, 

ularning  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  oromgohlarga-avvalo,  kam 

ta’minlangan, 

ko‘p 


bolali 

oilalar 


farzandlarini, 

Mehribonlik 

uylari 

tarbiyalanuvchilarini  jalb  etish  yuzasidan  keng  ko‘lamli  chora-tadbirlar  amalga 



oshirilmoqda. 

Samarqand  viloyat  hokimi  va  viloyat  Kasaba  uyushmalari  tashkilotlari 

birlashmasi Kengashi rayosatining Qo‘shma qaroriga hamda “Sog‘lom ona va bola 

yili”  Davlat  dasturi  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  joriy  yilning  yozgi 

sog‘lomlashtirish  mavsumini  namunali  tashkil  etish  va  o‘tkazish  yuzasidan 

“Samarqandtrans  markazi”  tasarrufidagi  “Do‘stlik”  bolalar  sog‘lomlashtirish 

oromgohini  tayyorlash  bo‘yicha  mukammal  chora-tadbirlar  rejasi  ishlab  chiqilib, 

ushbu reja asosida ishlar olib borilmoqda. 

Jumladan,  ushbu  oromgohda  2016-yilgi  dam  olish  mavsumida  jami  300  ta 

avtotransportchilarning  farzandlari  hamda  Samarqand  shahridagi  mehribonlik  uyi 

tarbiyalanuvchilarining  40  nafari  homiylik  asosida  dam  olishlari  ko‘zda  tutilgan. 

Bu oromgohda ta’tilni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, dam olish mobaynida 

mehnat, media, intellektual va sport o‘yinlari, turli sport musobaqalari, ma’naviy-

ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, taniqli adiblar, san’atkorlar va mashhur sportchilar 



ishtirokida suhbat, uchrashuv va festivallar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Download 5.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling