Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalari fanidan 1-kurs sirtqi bo‘lim talabalari uchun 1-mustaqil ish topshiriqlari
Download 15.82 Kb.
|
mustaqil topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2-ilova) Samarqand tibbiyot kolleji direktori N. Allayorovga Sug‘diyona massivi 14-uy, 9-xonadonda yashovchi Amirova Marhabodan
- Ariza beruvchi: Amirova M. 30.09.2022. Fan o’qituvchisi: N. Valiyeva
Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalari fanidan 1-kurs sirtqi bo‘lim talabalari uchun 1-mustaqil ish topshiriqlari I. Adabiyotlar ro`yxati: 1. M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Yo. Odilov. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. “O‘zbekiston nashriyoti”, Toshkent, 2020. -528 b. 2. I.Saifnazarov, A.Muxtarov T.Sultonov, D.Ernazarov. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma. TDIU, 2019. 3. Lester, James D. Writing research papers: a complete guide. Pearson, fifteenth edition, Global edition, 2017. 419-pages. 4. Barbara Gastel, Robert A. Day. How to Write and Publish a Scientific Paper. Greenwood, Eighth Edition, 2016. 346-pages. 5. Бушенева Ю.И. Как правильно написать реферат, курсовую и дипломную работы: Учебное пособие для бакалавров. Дашков и К, 2014. 140-ст. 6. Alice Oshima, Ann Hogue. Longman Academic Writing Series 4: Essays, with Essential Online Resources 5th Edition. Pearson Education ESL, 2016. 368-pages. 7. R. Dadabayeva, Sh. Nasridinova, N. Shoaxmedova, L. Ibragimova, Sh.Ermatov. Axborot – kommunikasion texnologiyalar va tizimlar. -T.: “Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. 2017.-552 bet. II. Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar. Reja: 1. Matn ustida ishlash. a) Matnni o’qish; (1-ilova) b) Matnda tagiga chizilgan so’zlarni fonetik tahlil qiling; (1-ilova) c) Matn tarkibidagi so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajrating; (1-ilova) 2. “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida tadbir tashkil qiling. Tadbirning bayonnomasini tayyorlang. 3. Quyidagi ariza matni bilan tanishing va uni buyruqlashtiring.(2-ilova) III. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, jumladan, matnni o’qib, matn tarkibidagi belgilangan so’zlarni fonetik jihatdan to’liq tahlil qilib, belgilangan so’zlarni asos va qo’shimchalarga to’g’ri ajrata olsa 13-15 ball bilan baholanadi. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 9-12 ball qo’yiladi. Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo’lsa, 6, 7, 8 ball qo’yiladi. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 3, 4, 5 ball qo’yiladi. Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 1, 2 ball qo’yiladi. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman. Topshirish muddati: 20.11.2022. Soat: 23:59. Omadlar tilayman!!! (1-ilova) Vatan — tug‘ilgan tuprog‘imiz, bolaligimiz o‘tgan chang ko‘chalar, yaqinlarimiz, ustozlarimiz, do‘stlarimizni har kuni ko‘rish imkoni bo‘lgan muqaddas go‘sha. O‘zbekistonda tug‘ilganmiz — bu eng buyuk baxt. Televizor yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali notinch yurtlarni, aholisi ko‘chalarda sarson bo‘layotgan, ayollari, bolalari bir burda nonga zor ellarni ko‘rib, beixtiyor tinchligimizga shukr qilaman. Vatan tuyg‘usini har qadamda his qilaman. har tong osoyishta uyg‘onganimda, oilam bag‘rida salomat yashayotganim — bularning bari yana bir bor Vatanni sevishga, shu yurtning tuprog‘ini e’zozlashga turtki beradi. Ona O‘zbekistonim, jonajon o‘lkam, 30 yoshing muborak. Ilohim doimo gullab, yashnayver! (2-ilova) Samarqand tibbiyot kolleji direktori N. Allayorovga Sug‘diyona massivi 14-uy, 9-xonadonda yashovchi Amirova Marhabodan ARIZA Meni farmaseftika bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman. Arizaga oliy tibbiy ma’lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma’lumotnomani ilova qilyapman. Ariza beruvchi: Amirova M. 30.09.2022. Fan o’qituvchisi: N. Valiyeva Download 15.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling