Yozma ish. Saqlanish qonulari


Download 52.97 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi52.97 Kb.
#1019520
  1   2
Bog'liq
1. s.q.-1.1 (yozma ish)


Yozma ish. Saqlanish qonulari 1.1. (s.q.-1.1)
1. Uzunligi 6 m va massasi 10 kg bo'lgan zanjir yerda yotibdi. Zanjirning bir uchi uning uzunligiga teng balandlikka ko'tarildi. Bunda necha joul mexanik ish bajarilgan?
2. Yuk F=24 N kuch bilan o'zgarmas tezlikda ko'tarilayotgan bo'lsa, qurilmaning FIK necha foiz?
3. Yuqoriga tik otilgan jismning h=15 m balandlikdagi kinetik energiyasi shu balandlikdagi potensial energiyasining uchdan bir qismiga teng. Jism qanday boshlang'ich tezlik bilan otilgan?
4. 10 m balandlikdan (boshlang'ich tezliksiz) erkin tushayotgan 0,5 kg massali jismning kinetik va potensial energiyalari yig'indisi qanday (J)? g=10 m/s2.
5. Bikrliklari k1 = 0 ,5 kN/m va k2= l kN/m bo‘lgan ikkita prujina ketma-ket ulangan. Agar deformatsiya natijasida birinchi prujina x1=2 cm ga cho'zilgan bo’lsa, prujinalar potensial energiyalarining nisoati W1/W2 qanday?
6. Rasmda ko'rsatilgan 50 kg massali yashikni turg'izib qo'yisn uchun kamida necha joul ish bajarish kerak? Massa hajm bo'yicha tekis taqsimlangan. g=10 m/s2.
7. Ko'l suvida turgan 120 kg massali solning bir uchidan ikkinchi uchiga massasi 60 kg bo'lgan odam harakat qilmoqda. Agar u sol ustida 6 m yurgan bo'lsa, sol qanday masoiaga (m) siljiydi? Suvning qarshiligi yo'q deb hisoblang.
8. O'q miltiq stvolidan v tezlikda uchib chiqdi. Agar miltiqning massasi o'qning massasidan 500 marta katta bo’lsa, bunda miltiq qanday tezlik oladi?
9. Gorizontal tekislikda massalari m1 va m2 bo'lgan ikkita aravacha bir xil yo'nalishda υ1 va υ2 tezliklar biian harakatlanmoqda. To'qnashganaan keyin ular birlashib qolib υ tezlik bilan harakatlanadi. Bu hol uchun impulsning saqlanish qonuni qanday ko'rinishga ega bo'ladi?
10. Massasi m1 bo'lgan uzun aravaning bir chetida massasi m2 bo'lgan bola turibdi. Agar bola arava bo'ylab unga nisbatan υ tezlik bilan harakatlansa, arava qanday tezlik bilan harakatlanadi?
11. 2υ va υ teziik bilan bir-biriga tomon harakatlanayotgan ikkita bir xil shar mutlaq noelastik to'qnashdi. To’qnashishdan keyingi tezlikni toping.
12. Relslarga parallel ravishda 500 m/s tezlik bilan uchayotgan 100 kg massali snaryad massasi 10 t bo'lgan tinch turgan qumli platformaga urildi va qumga kirib qoldi. Platforma qanday tezlik bilan harakatlanadi?
13. Massalari 6 kg va 18 kg bo'lgan sharlar o'zaro noelastik to'qnashgandan so’ng to’xtab qolishlari uchun ularning to'qnashuvgacha bo'lgan tezliklari nisbati υ1/υ2 qanday bo'lishi lozim?
14. Bir xil massali va bir tomonga harakatlanayotgan ikki shar to'qnashgandan so'ng birgalikda 0,75u tezlik bilan harakatlanadilar. Agar sharlardan birining to'qnashuvgacha tezligi u bo’lsa, ikkinchi sharning to'qnashuvgacha tezligi qanday bo'lgan?
15. Jismning impulsi 100 kg∙m/s, kinetik energiyasi 200 J bo'lsa, jismning massasi va tezligi qanday?


Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling