Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Muhokama-insho – inshoning muhim turidir. Inshoning bu 
turida o‘quvchilardan qiyoslash, ma’lum bir voqea-hodisaga baho 
berish, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, o‘zining haqligini isbotlash 
kabilar talab etiladi. 
Muhokama-insho induktiv yoki deduktiv usul asosiga qurilgan 
bo‘lishi mumkin. Induktiv usulda yaratilgan insholarda avval ilgari 
surilayotgan fikrni asoslashga xizmat qiladigan dalillar, isbotlar 
keltirilib, so‘ngida umumiy xulosalar beriladi. Deduktiv usulda esa 
xulosadan dalil va asoslarga boriladi.
Tavsifiy insholar muhokama inshoning bir ko‘rinishidir. Tavsifiy 
insho – voqelik, narsa-hodisa mohiyati batafsil, ko‘zga tashlanadigan 
belgilaridan tortib eng mayda, yashirin qirralarigacha atroflicha tahlil 
etiladigan yozma ish turidir. Tavsifiy insholar o‘quvchidan o‘qilgan 
badiiy asar, ko‘rilgan kinofilm qahramonlari haqida shaxsiy fikr-
mulohazalarini bayon etishni talab etadi. 
Tavsifiy insho ham kirish, asosiy, xulosa qismlaridan iborat 
bo‘ladi. 


18 
Kirish qismida tavsif predmeti va obyekti, asosi bayon etiladi. 
Asosiy qismda predmet, obyektning farqli belgilarini topish: 
shaxslar portreti, hayot tarzi, xatti-harakatlari, fe’l-atvori, asosiy 
mashg‘uloti, kimlar bilan muloqotda bo‘lishi, jonsiz narsalarda esa 
o‘lchami, o‘ziga xos belgilari, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, asosiy 
farqli jihatlari, predmet, obyektning xususiyatlarini yoritish maqsadga 
muvofiqdir. 
Xulosa qismida narsa-hodisa, voqelikning asosiy jihatlari 
umumlashtiriladi. 
Mulohaza-insholar.
Muhokama inshoning yana bir turi 
mulohaza insholardir. Mulohaza inshoning maqsadi o‘quvchini 
aytilgan fikrga ishontirish, muayyan masala haqidagi qarashlarini 
o‘zgartirish yoki mustahkamlashdan iborat. Shu sababli mulohaza 
inshoning asosini aniq shakllantirilgan, tushunarli va har tomonlama 
asoslangan bir asosiy fikr tashkil etadi. Mulohaza yuritish turli dalillar 
bilan asosiy fikrni tushuntirib yoki isbot qilib berishdir. Odatda, 
mulohazalardan so‘ng xulosa chiqariladi. 
Mulohaza insholarda isbotlanishi talab qilingan fikr aniq bo‘lishi 
kerak. 
To‘liq mulohaza insholar uch qismdan tashkil topadi. Bular: 

tezis – isbotlanishi kerak bo‘lgan fikr, mulohaza; 

dalil – fikrni isbotlashga xizmat qiluvchi faktik material

xulosa – mohiyatan tezisning ma’lum ma’nodagi takrori, 
biroq umumlashma tavsiyalar bilan yangi darajaga olib chiqilgan 
hukm. 
Mulohaza-insholarning mavzusi ham munozara shaklida bo‘ladi. 
Masalan, “Qaysi kasb muhim?”, “Sharq madaniyat beshigidir”, 
“Dilkash (Dilmurod, Nilufar v.h.) haqmi?”, “Botir (Sohib, Olim v.h.) 
haqiqiy do‘stmi? kabi mavzularda yoziladigan matnlar shu tipdagi 
insholar bo‘lib, o‘quvchi qo‘yilgan munozarali savolga shaxsiy 
munosabatini bildiradi va o‘z nuqtayi nazarini asoslashga intiladi. 
O‘qituvchi insho mavzusini sinf o‘quvchilarining hayotidan, gazeta va 
jurnallarda e’lon qilingan munozarali maqola va xabarlardan tanlashi 
mumkin. 
Mulohaza-insho muqaddimasi o‘quvchini suhbatga jalb qilish
masalaning mohiyati va muhimligini aniqlash maqsadida belgilangan 
qismdir. Muqaddimani kiritish ixtiyoriy hisoblanadi. 


19 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling