Globallashuv universallashuv jarayonida sifatida.
Falsafa qrmusiy lug’atida «Internatsionalizm, baynalmialchi-lik (lotlSHer - aro, payop -xalq) - turli millat, irqdagi kishi-larning xalqaro birdamligini ifodalovchi tushuncha. Bu tushuncha K. Marks tomonidan o’ylab topilmagan, u tomonidan fikrga kiri-tilmagan, faqat sobiq ittifoq davrida mutloqlashtirilgan edi...»16 degan ma‘lumot keltiriladi.To’g’ri, «internatsionalizm» insoniyatning ongli faoliyati boshlanibdiki, u tabiiy jarayon sifatida kechib kelmoqda. Ammo uning xuddi shunday nomlanishi har doim ham bo’lgan edi degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Aslida, uning ilmiy iste‘molga kirib kelishi ishchilar sinfi tomonidan burjua-ziyaga qarshi kurashdagi yakdillikni vujudga keltirish mafkurasi bilan bog’liqdir.«Integratsiya» tushunchasiga esa falsafa qisqacha izoqli lug’ati-da quyidagicha ta‘rif keltiriladi: «Integratsiya (lotin, 1p1e8eg -to’la, butun, buzulmagan, butunlik) - umumiyat, birlikka erishishga yo’naltirilgan jarayon yoki faoliyat natijasi»|7dir. Falsafa qomu-siy lug’atida «Integratsiya» (lotincha t1e§eg - butun): 1) ayrim qism va elementlarni bir butunga birlashtirish; 2) turli mamlakatlar-ning birlashmalari, tor doiradagi iqtisodiy-siyosiy guruqlar qo’shilishi degan ta‘riflar uchraydi. Integratsiyaning shakllari ilmiy, siyosiy, madaniy, xalqaro va qokazo turlarga bulib o’rgani-ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |