Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – aniqlik va to‘g‘rilik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq mantiqning buzilishiga olib keladi. Manitqiy izchillikning buzilishi esa tinglovchi va o‘quvchiga aytilayotgan fikrning to‘g‘ri yetib bormasligi, ba’zan umuman tushunilmasligiga olib keladi. Nutq mantiqiy bo‘lishi uchun nafaqat lisoniy omillar, balki nolisoniy omilllar ham ahamiyat kasb etadi. Bunda so‘zlovchi yoki yozuvchidan tilni yaxshi bilishdan tashqari keng dunyoqarashga, mulohaza yuritayotgan mavzu doirasida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.
Nutq mantiqiyligining asosiy sharti – bu leksik-semantik va sintaktik normaga amal qilishdir. So‘z tartibiga amal qilish ham muhim. Xullas, yaxlit bir tizimda, fikriy izchillikda tuzilgan nutqni mantiqiy nutq deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |