Yozma yodgorliklarda nutq odobi, muomula madaniyati masalalari. "Qobusnoma","Qutadg’u bilig" asarlari tahlili


Download 17.55 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi17.55 Kb.
#1190807
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Yozma yodgorliklarda nutq odobi, muomula madaniyati masalalari. “Qobusnoma”,”Qutadg’u bilig” asarlari tahlili
1.O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o’ziga xos mavqyega egadir. Sharqda , jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya’ni va’zxonlik “Qur’on”ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma’nosi va undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, “Nutq odobi”, “Muomala madaniyat” nomlari bilan yuritilib kelingan “nutq madaniyati” tushunchasi juda qadimlan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ib Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Maxmud Koshg’ariy, Maxmud Zamaqshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So’fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozgan. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining ,,Geodeziya” asarida har bir fanning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.
Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy xulosalar chiqarish mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: “ Qanday qilib ta’lim olish, qanday so’rash va qanday javob berish (masalasiga) kelganimizda bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman…”
Kaykovus tomonidan 1082-1083 –yillarida yaratilgan qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan “Qobusnoma” da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomus fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo’lib, uning 6-7- boblari so’z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o’quvchini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So’zlaganda o’ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko’z oldiga keltirib, gaplashish kerakligini, kishi kamtar bo’lishi, o’zini xalq orasida oddiy tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko’p gapirish donolik belgisi emasligini shunday ifodalaydi: “ Ey farzand, agar har nechakim suxandon bo’lsang, o’zingni bilg’ondan kamroq tutg’il, to so’zlash vaqtida nodon va beburt bo’lib qolmag’aysan. Ko’p bilib, oz so’zlag’il va kam bilib ko’p so’z demag’il . Nima uchunki, aqlsiz shundoq kishi bo’ladur- u ko’p so’zlar. Debdularki, homushlik salomatlik sababidir, chunki ko’p so’zlaguvchi oqil kishi bo’lsa ham, avom uni aqlsiz deydilar.”
Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkey xalqlarning X// asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo’lgan”Qutadg’u bilig” (“ baxt keltiruvchi bilim”) asarida so’zlarni to’g’ri tanlash va to’g’ri qollash haqida: “ Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur “ degan edi. Qisqa so’zlash so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida:
Ugush so’zlama so’z biror so’zla oz
Tuman so’z tugunini bu bir so’zla yoz,
deydi. Mazmuni: so’zni ko’p so’zlama, kamroq so’zla. Tuman (ming) so’z tugunini shu bir so’z ila yech. Gapirishdan maqsad so’zlovchi ko’zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchilarga to’g’ri, ta’sirchan yetkazishdan iborat.
Adib Ahmad Yugnakiy (12-13)ham so’zlaganda nutqni o’ylab , shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so’zlarni ishlatmaslikka,mazmundor so’zlashga chaqiradi.Noto’g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so’zlovchini ogohlantiradi:
O’qub so’zla so’zni eva so’zlama ,
So’zung kizla keldin, boshing kizlama,
Mazmuni:(so’zni o’qib so’zla ,shoshilib gapirma, kerarsiz yaramas so’zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma ).
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko’rsatmalarda sodda va o’rinli gapirish, qisqa va mazmundor so’zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to’g’ri , rost va dadil gapirish , yolg’onchilik , tilyog’lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda so’z boradi.

O’rta Osiyo notiqligining o’ziga xos xususiyatlari shundan iborat rdiki, u, enh avvalo , o’sha davr tuzumuning manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda tuzumining manfaatlarga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini nadimlar, qissago’ylar , masalgo’ylar , badiha go’ylar, qiroatxonalar, muammogo’ylar , voizlar , go’yandalar, maddohlar , qasidaxonlar drb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi.
Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling